G‘aznachilikda yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha taqdimot tayyorlang.
Narx monitoringini tashkil etish tartibini sxemada tushuntiring.
Elektron auktsion savdolarning narxlarni boshqarish va nazorat qilish, shartnomalarni tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlaridagi ahamiyati haqida esse yozing.
BOB. G‘aznachilikda moliyaviy majburiyatlar va xarajatlar to‘lovini boshqarish
Reja
Moliyaviy majburiyatning shakllanishi, maqsadi, xususiyatlari
III guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish hamda xarajatlar to‘lovi.
IVguruhxarajatlaribo‘yichamoliyaviymajburiyatlarniro‘yxatdano‘tkazishvahisobga olish hamdaxarajatlarto‘lovi.
Moliyaviy majburiyatning shakllanishi, maqsadi, xususiyatlari
Moliyaviy majburiyat esa ana shu shartnomaga muvofiq tovarlar yetkazib berilganidan (ishlar bajarilganidan, xizmatlar ko‘rsatilganidan) keyin vujudga keladi. Byudjet Kodeksida belgilab qo‘yilishicha, “moliyaviy majburiyatlar – byudjet tashkilotlarida va byudjet mablag‘lari oluvchilarda ularga pul mablag‘larini o‘tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar”1 hisoblanadi.
Moliyaviy majburiyatlarni G‘aznachilikda ro‘yxatga olishdan ko‘zlanganasosiy maqsad - qabul qilingan yuridik majburiyatlar, tasdiqlangan byudjet va xarajatlar smetasi ko‘rsatkichlari doirasida xarajatlarni amalga oshirishni ta’minlash hamda byudjet tashkilotlarining kreditor qarzdorliklarini nazorat qilish.
Moliyaviy majburiyatning yuzaga kelishi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishini talab etadi. Masalan, tovarlar yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lgan schet-fakturalar,ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi qabul qilib olish-topshirish dalolatnomalari, ish haqi qaydnomalari(vedomostlar) va boshqa shu kabi hujjatlar. Mazkur hujjatlar tegishli vakolatga
1 O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi. 3-modda. O‘RQ-360-son.
ega bo‘lgan mas’ul shaxslar tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi shart.
Moliyaviy mavjburiyatlarning shakllanishi yuzasidan nazariyotchi olimlar o‘z fikrlarini bildirganlar. Po‘latov D.H. tomonidan –“Moliyaviy majburiyatlar - byudjet tashkilotlarida va byudjetdan mablag‘ oluvchilarda ularga pul mablag‘larini o‘tkazib berish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar bo‘lib, ular qabul qilingan yuridik majburiyatlar va xarajatlarni to‘lash uchun berilgan ruxsatnomalar doirasida hisobvaraq-fakturalari hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan qabul qilinadi hamda ro‘yxatdan o‘tkaziladi”1 deyilgan. Qosimova G.A.ning fikricha, “Moliyaviy majburiyat – shartnomaga muvofiq tovarlar yetkazib berilgan (ishlar bajarilgan, xizmatlar ko‘rcatilganidan) keyin vujudga keladi. Moliyaviy majburiyatning yuzaga kelishi tegishli hujjatlar bilan tacdiqlanishi talab etiladi. Masalan, schyot fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi olish-topshirish dalolatnomalari, ish haqi qaydnomalari (vedomostlar) va boshqa shu kabi hujjatlardir”2. Musayeva A.I.ning fikricha, “Moliyaviy majburiyatlar – ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar, shuningdek sud qarorlari bo‘yicha to‘lovlar, yig‘imlar, badallar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan tashqari, oldin tuzilgan shartnomalar va yuridik majburiyatlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar doirasida qabul qilinadi”3.
Moliyaviy majburiyatlar qabul qilingan yuridik majburiyatlar va xarajatlarni to‘lash uchun berilgan ruxsatnomalar doirasida hisobvaraq- fakturalari hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan qabul qilinadi hamda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
1 Po‘latov D.X. Davlat budjetining g‘azna ijrosi. T.: Moliya, 2016. 288 b.
2 Qosimova G.A. G‘aznachilik: O‘quv qo‘llanma. T.: Iqtisod-moliya, 2015. 500 b. 165 b.
3Musayeva I.A.”Yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olishning umumiy qoidari” ma’ruza matn.2016. 4 b.
Birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar, shuningdek Byudjet Kodeksining 122-moddasi o‘ninchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlar yuridik majburiyatlarni qabul qilishga doir buyurtmalar asosida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi1. Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish chog‘ida G‘aznachilik tomonidan amalga oshiriladigan nazorat quyidagilarni o‘z ichiga oladi (1-rasm):