D tashmuxamedova



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə101/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

Buyurtmachilar elektron auktsionda ishtirok etishi tartibi
Buyurtmachilar davlat xaridlarida ishtirok etish uchun avvalo, ro‘yxatdan o‘tishi zarur va shaxsiy kabinetga ega bo‘ladi. Byudjet buyurtmachilari dxarid.uzex.uz, korporativ buyurtmachilar exarid.uzex.uz saytiga kirishlari lozim. Auktsionda ishtirok etish uchun buyurtmachi xarid.uz saytiga kirib, “E’LON JOYLAShTIRISh” tugmasi bosiladi va “Reja jadval” bandi tanlanadi.
Reja jadvalda quyidagi qatorlar to‘ldiriladi:

  • Mavsum (yil yoki chorak).

  • Tovar kategoriyasi.

  • Buyurtma nomi.

  • Tovar miqdori.

  • O‘lchov birligi.

  • Savdo o‘tkazilish oyi.

  • Moliyalashtirish manbai.

Davlat xaridlarini o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon moderatsiyadan o‘tkaziladi. Lotda savdo boshlanadigan oy ko‘rsatilishi shart.
Elektron auktsionda ishtirok etishning talabi- byudjet xaridlarining qiymati bir shartnoma bo‘yicha qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 barobariga teng miqdordan oshib ketmasligi kerak. Korporativ xaridlarda esa eng kam oylik ish haqining 5000 barobariga teng miqdordan oshib ketmasligi kerak. Har bir lotga faqatgina bitta tovar joylashtiriladi.
Auktsion mexanizmida ishtirok etish tartibi
Auktsion mexanizmi har ikki buyurtmachi uchun deyarli bir xil. Buyurtmachi zarur reja-javdalni tanlagan holda auktsion o‘tkazilishi haqida e’lon joylashtiradi. Buning uchun shaxsiy kabinetning “E’lon joylashtirish” bo‘limiga kirib, quyidagi qatorlar to‘ldiriladi:

  • Reja jadval tanlash.

  • Tovar kategoriyasi.

  • Tovar nomi.

  • Tovar soni.

  • O‘lchov birligi.

  • Bir dona uchun boshlang‘ich narx.

  • Batafsil ma’lumot.

  • Alohida sharoitlarni tanlash (ruxsat tusidagi hujjatlar mavjudligi).

  • Etkazib berish muddati.

  • Elektron pochta.

  • Telefon/faks raqami.

  • Etkazib berish manzili.

  • Zarur bo‘lganda fayl yoki rasmni yuklash.

Byudjet buyurtmachilari qo‘shimcha tarzda quyidagi qatorlarni ham to‘ldirishlari shart:

  • Xarajatlar moddasini tanlash.

  • Buyurtmachining G‘aznachilikdagi hisobraqamini tanlash.

Kiritilayotgan barcha ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘g‘riligiga buyurtmachi mas’ul.

Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin