10-BOB. G‘aznachilik faoliyati nazorati Reja:
Davlat moliyaviy nazoratida g‘aznachilik faoliyati nazoratining tutgan o‘rni
G‘aznachilikda xarajatlar smetalarini ro‘yxatga olish asosida nazoratni tashkil etish
G‘aznachilikda narxlar monitoringini tashkil qilish
G‘aznachilik ijrosi nazoratini amalga oshirishni takomillashtirish
Davlat moliyaviy nazoratida g‘aznachilik faoliyati nazoratining tutgan o‘rni
G‘aznachilik tizimi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga mos holda davlat xarajatlarini samarali boshqarishga yo‘naltirilgan tashkiliy-huquqiy munosabatlarning yig‘indisidan iborat. Bu munosabatlar davlat byudjetining daromad va xarajatlari bo‘yicha amaliyotlarni qamrab olganligi sababli, O‘zbekiston sharoitda davlat moliyasini boshqarishning asosini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining milliy G‘aznachiligi tizimi Davlat byudjetining G‘azna ijrosi jarayonida byudjet mablag‘larini maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash hamda nazoratni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan.
Har qanday kompaniya, tashkilot va davlat tashkilotlarida ichki nazoratni shakllanishiga bir qator omillar sabab bo‘lgan. Birinchidan, resurslarni cheklanganligi moliyaviy resurslarni tejab sarflashni taqozo etadi. Ikkinchidan, moliyaviy mablag‘lar qanchalik oqilona sarflansa korxona ixtiyorida aylanma mablag‘lar ko‘payadi, bu esa ishlab chiqarish hajmini oshirish va investitsiya hajmini ko‘paytirish imkoniyatini beradi. Boshqa tomondan esa investitsiya jalb etilgan taqdirda investorga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarni sifati ta’minlanadi.100
100 Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc. New Jersey, 2010.
Moliyaviy nazoratni tashkil etishda uning turlarini to‘g‘ri belgilash muhim hisoblanadi. Shu jihatdan moliyaviy nazoratni 3 turga bo‘lish maqsadga muvofiq hisoblanadi: byudjet moliyaviy nazorati, moliyaviy-xo‘jalik(tadbirkorlik, tijorat) nazorati, mustaqil audit101 (1-rasm).
Byudjet moliyaviy nazorati
|
Moliyaviy- xo‘jalik
(tijorat, tadbirkorlik nazorati)
|
Mustaqil audit
|
Taftish va tekshirish natijalarini kamomad hamda
o‘g‘irliklar sodir bo‘lganda yuqori tashkilotga taqdim etish
|
Auditorlik
firmasining maslahat xizmatlari
|
1-rasm. Moliyaviy nazorat turlari
Davlatimizning milliy me’yoriy hujjatlari va xalqaro standart va tavsiyalarda ichki nazorat to‘g‘risida bir qator ta’riflar keltirilgan. Mazkur ta’riflar ma’lum bir tizimning maqsadi, xususiyatlari va tuzilmasidan kelib chiqqan holda shakllantirilgan. Albatta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda va davlat byudjetidan mablag‘ oluvchilarda ichki nazorat tizimi har xil bo‘lishi mumkin, biroq asosiy maqsad yagonadir, bu - moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanilgan holda maqsadga erishishdir.
Dostları ilə paylaş: |