D tashmuxamedova


Tenderlar o‘tkazishdan asosiy maqsad



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə112/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

Tenderlar o‘tkazishdan asosiy maqsad - xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilishga yo‘naltiriladigan davlat byudjeti, davlat byudjetida jamlanadigan byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar mablag‘laridan, hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar va xorijiy grantlardan foydalanish samaradorligini oshirish, xarid qilinadigan xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar sifatini oshirish hisoblanadi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lsa yoki xorijiy grantlar va kreditlar taqdim etilishida boshqacha shartlar belgilangan bo‘lsa, bunday hollarda mazkur Nizom tartibi qo‘llanilmaydi.


Bitta kontrakt bo‘yicha 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko‘proq summaga tovar yetkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi) rejalashtirilganda tender savdolari o‘tkaziladi. Bundan kam summadagi kontraktlar eng yaxshi takliflarni konkurs asosida tanlab olish yo‘li bilan tuziladi.
O‘tkazish usullariga ko‘ra tenderlar ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin.
Tender turi xarid qiluvchi tashkilot, ya’ni buyurtmachi tomonidan belgilanadi.
Ochiq tenderlarda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha yuridik shaxslar qatnashishi mumkin.
Yopiq tenderlar istisno hollarda Vazirlar Mahkamasining tegishli iqtisodiyot komplekslari bilan kelishgan holda, buyurtmachi oldindan belgilab qo‘ygan tashkilotlar ishtirokida o‘tkaziladi, bu tashkilotlarga taklifnomalar jo‘natiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari byudjet mablag‘lari oluvchilari tomonidan sotib olinganda, Moliya vazirligining 2007-yil 9-apreldagi 798-sonli xati asosida narxlar monitoringi amalga oshiriladi.
Bunda G‘aznachilik hududiy bo‘linmalari tomonidan byudjetdan mablag‘ oluvchilar xarid qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha narxlar monitoringi Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilinadigan asosiy iste’mol mahsulotlarining oylik o‘rtacha narxlari to‘g‘risidagi ma’lumot asosida olib boriladi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida Moliya Vazirligi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotda ko‘rsatilgan narxlardan ortiq bo‘lgan narxlarda tuzilgan shartnomalar G‘aznachilik hududiy bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatga olinmaydi.
Kelgusida G‘aznachilikda byudjet tashkilotlari tomonidan sotib olinuvchi tovarlar narxlari to‘g‘risida elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, uni tuzish va yangilab borishda Respublika tovar xomashyo birjasidagi narxlar kotirovkasini, Davlat Bojxona Qo‘mitasi ma’lumotlar bazasini, respublikadagi yuqori mavqega ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar va ixtisoslashtirilgan reklama nashrlari ma’lumotlarini hisobga olish tavsiya etiladi.



Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin