|
Takrorlash uchun savollar
|
səhifə | 114/139 | tarix | 13.12.2023 | ölçüsü | 5,5 Mb. | | #176243 |
| Бюджет ғазна ижроси n
Takrorlash uchun savollar
Davlat moliyaviy nazorati tarkibida g‘aznachilik faoliyati nazoratining o‘rni qanday?
G‘aznachilik nazorati va ichki nazoratning qanday bog‘liqligi mavjud?
G‘aznachilikda moliyaviy nazoratning qaysi usullaridan foydalaniladi?
Dastlabki moliyaviy nazorat g‘aznachilikning qaysi funksiyalari asosida amalga oshiriladi?
G‘aznachilik byudjet tizimi byudjetlari ijrosining joriy nazoratini qay tartibda amalga oshiradi?
G‘aznachilik organlarining qaysi vakolatlari byudjet ijrosi nazorati bilan bog‘liq?
Xarajatlar smetalari g‘aznachilik organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishining maqsadi nima?
Xarajatlar smetalarini g‘aznachilik organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishining tartibi qanaqa?
Nima uchun yuridik majburiyatlarni G‘aznachilikda majburiy tarzda ro‘yxatga olish tartibi joriy etilgan?
G‘aznachilikda narx monitoringini amalga oshirish mexanizmlari haqida nima bilasiz?
Tenderlar haqida nima bilasiz, ularning maqsad va vazifalari, zarurligi va ahamiyati nimada?
Muqobil narxlarni belgilash qaysi usullar orqali amalga oshiriladi?
Narxlar monitoringi natijalari byudjet xarajatlari ijrosiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
G‘aznachilik tizimi nazoratini amalga oshirishning qanday muammolari mavjud?
G‘aznachilik nazoratini samarali tashkil etish uchun qanday choralar belgilanmoqda?
BOB yuzasidan topshiriqlar
G‘aznachilik byudjet tizimi byudjetlari ijrosining joriy nazoratini amalga oshirish tartibi haqida slayd tayyorlang.
G‘aznachilik organlarining byudjet ijrosi nazorati bilan bog‘liq funksiyalarini tavsiflang.
G‘aznachilikda byudjet ijrosining dastlabki nazorati va joriy nazoratini amalga oshirilishini chizmalarda ifodalang.
Dostları ilə paylaş: |
|
|