D tashmuxamedova


-BOB. G‘aznachilik yagona axborot tizimi Reja



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə115/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

11-BOB. G‘aznachilik yagona axborot tizimi Reja:


    1. Byudjet g‘azna ijrosini ta’minlashda g‘aznachilik yagona axborot tizimining ahamiyati.
    2. G‘aznachilik dasturiy majmuasining faoliyati mexanizmi.


    3. Byudjet g‘azna ijrosini ta’minlashda “UzASBO” avtomatlashtirilgan tizimi xususiyatlari.
    4. G‘aznachilikda axborot tizimidan foydalanish yuzasidan xorij tajribalari.





    1. Byudjet g‘azna ijrosini ta’minlashda g‘aznachilik yagona axborot tizimining ahamiyati

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, byudjet tizimi va byudjet jarayonini boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish ushbu mamlakatlarda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda. Byudjet tizimi katta hajmdagi axborot oqimlari kesishuvining markazi hisoblanadi. Byudjet jarayonining axborot oqimlari oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilgani holda, ularni soddalashtirilgan tarzda qayta ishlash va avtomatlashtirish uchun bir tizimga solish va tartibga keltirish talab etiladi. Shu sababli mamlakatimiz hukumati tomonidan bu muammoning muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimini shakllantirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilingan va maxsus dasturlar ishlab chiqilgan.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi bu axborotlarni tezlik bilan qayta ishlash uchun mo‘ljallangan iqtisodiy-matematik metodlar, modellar, dasturlar va texnologik vositalar yig‘indisidir.
Byudjet jarayonini boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari real vaqt rejimida byudjet jarayoni (shu jumladan, byudjet ijrosi) axborot oqimlarining kompleks hisobini olib borish va iqtisodiy tahlilini amalga oshirish imkonini beradi, ma’lumotlarning haqqoniyligi va tezkorligini oshiradi va operativ tarzda tegishli oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon yaratadi113.
Tabiiyki, mamlakatimizda byudjet jarayonini boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini tashkil etish va rivojlantirish bosqichma- bosqich amalga oshirilayotgan bo‘lib, byudjet jarayonini boshqarishni to‘liq avtomatlashtirish, ya’ni real vaqt (on-line) rejimida byudjet jarayoni axborot makonini yaratish maqsad qilib qo‘yilgan.
G‘aznachilik faoliyatida daromadlarni byudjetlarning turli pog‘onalari o‘rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning smeta xarajatlari ijrosini amalga oshirish va Davlat byudjeti ijrosi hisobotlarini tayyorlashni inobatga olgan holda Davlat byudjetining kassa ijrosi bajariladi. Tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarni ogohlantirishni ta’minlaydigan yagona g‘aznachilik hisobi yuritiladi hamda hududiy g‘aznachilik hisoblarini tatbiq qilish orqali Davlat byudjeti mablag‘lari boshqariladi.
G‘aznachilikni samarali faoliyat ko‘rsatishining asosiy shartlaridan biri zamonaviy kompyuterlar texnologiyasi va aloqa tizimidan foydalanishdir. Shuning uchun bugungi kunda g‘aznachilik ishini axborotlar bilan ta’minlash tizimisiz tasawur etib bo‘lmaydi. Shuni aytib o‘tish kerakki, g‘aznachilik organlarini zamonaviy kompyuterlar texnologiyasi va aloqa uzatish vositalari bazasida axborotlar bilan ta’minlash g‘aznachilikni joriy etish bilan birga parallel ravishda olib boriladi. G‘aznachilik organlarining barcha bosqichlarini, byudjetdan mablag‘ oluvchilarni va byudjet mablag‘i taqsimlovchilarining o‘zaro aloqasini elektron axborotlar bilan ta’minlaydigan va avtomatlashtirilgan tizimga rahbarlikni amalga oshiradigan axborot bo‘limi ishlaydi.





113 Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc. 2010 New Jersey
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ko‘pgina moliyaviy, analitik va boshqaruv operatsiyalarni va ularning talablariga javob beradigan egiluvchan va samarali axborot tiziminining faoliyati ish boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimi joriy qilingan resurslardan maksimal foydalanish, iloji boricha ishlovchining savollariga javob berishi, axborotlarni saqlash uchun tarkiblashtirilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun bunday axborot tizimini tarkiblashtirishda tizim modullarini yaratish arxitekturasini loyihalashtirishda, eng awalo, axborot tizimining arxitektura konsepsiyasi ko‘rib chiqildi. Har bir murakkab tizimni joriy qilishning asosiy aspekti uning axborot arxitekturasini yaratish hisoblanadi. Odatda, bunday murakkab axborot tizimlari yuqori darajada o‘zaro aloqada o‘zi alohida tizim bo‘lgan komponentlarning yig‘indisi sifatida loyihalashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligining axborot tizimi arxitekturasi – axborot texnologiyalari qo‘yilgan maqsadga erishishni qo‘llab-quvvatlaydigan aniq maqsadni ifodalaydi, bu maqsadga erishish uchun axborot tizimi qanday ishlarni qilishi kerakligini ko‘rsatadigan moduldir114.
O‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjeti ijrosini g‘aznachilik bilan to‘liq qamrab olish ishlari respublika hududlaridagi g‘azna organlarini o‘zida mujassamlashtirgan markazlashgan elektron dastur asosida barcha darajadagi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini aniq rejimda ishlaydigan Yagona G‘azna hisobvarag‘idan amalga oshiriladigan tizim bo‘ladi. G‘aznachilikning axborot tizimini yaratish va qayta ko‘rib chiqish muhim ahamiyatga ega. Davlatning barcha moliyaviy operatsiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazadigan bo‘g‘in bilan birgalikda yangi kompyuterlashtirilgan va avtomatlashtirilgan g‘aznalik tizimini yaratish; barcha to‘lov operatsiyalarini ro‘yxatga olish; ajratmalari taqsimlash uchun byudjetning ijro tizimini joriy qilish; byudjet mablag‘larini ishlatish vakolatlariga nisbatan aj- ratmalari ishlatishni nazorati hamda byudjet ijrosiga aloqador barcha zaruriy hisobotlarni tayyorlash; g‘aznaning turli bo‘g‘inlari o‘rtasida elektron aloqa



114 Pulatov D., Nurmuxamedova B. G‘aznachilik: Darslik. T.: Iqtisod-Moliya, 2014. 314 b.
tizimini joriy qilish masalalari g‘aznachilik tizimini joriy qilishning muhim vazifalaridir.
G‘aznachilikning axborot tizimining xizmatchi qismlari quyidagilardan iborat:

  • ma’lumotlar xavfsizligi va himoyasi;

  • informatsion xizmatlar;

  • idoralararo munosabatlar;

  • tizim administratorligi.



1-rasm. G‘aznachilikning axborot tizimining xizmatchi qismlari



Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin