D tashmuxamedova


G‘aznachilik dasturiy majmuasining faoliyati mexanizmi



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə118/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

G‘aznachilik dasturiy majmuasining faoliyati mexanizmi





117 O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2850-son (22.12.2016) bilan ro‘yxatga olingan “Budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari”
«O‘RMV» AT majmuaviy dasturining turli modullari orasida tegishli informatsiyalar bilan almashinuv jarayonlari modullararo mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu mexanizmlar paketning o‘zak qismida hamda modul tizimining alohida sozlash tizimlarida joylashtirilgan. Modul paketining o‘zak qismi normativ-spravochnik tipidagi informativ blokka ham ega. Ushbu informativ blok negizida bajariladigan operatsiyalar klassifikatori, G‘aznachilik hamda bank bo‘linmalari haqidagi spravochniklarda saqlab qo‘yiladi.
“Daromadlarni boshqarish” moduli yordamida davlat byudjetiga kelib tushadigan soliq to‘lovlari va boshqa xil majburiy to‘lovlarning turlari va ularning qaysi byudjet bo‘g‘iniga tushirilishi lozimligiga qarab ro‘yxatga olib borish, belgilab qo‘yilgan normativlarga muvofiq turli darajali byudjetlarga tushiriladigan mablag‘larning kundalik taqsimlanishi haqida ma’lumotlar olish, yagona g‘azna hisobraqami (YaG‘HR)ga tushayotgan mablag‘lar haqidagi kundalik ma’lumotlarni jamlash, byudjetga kundalik kelib tushgan soliq to‘lovlari va ularning taqsimoti haqida ma’lumotlar bilan tanishib borish mumkin bo‘ladi.
Davlat byudjetining daromadlar qismiga tushadigan mablag‘lar jumlasiga amaldagi qonunchilik me’yorlariga muvofiq joriy etilgan soliq to‘lovlari hamda boshqa xildagi majburiy to‘lovlar (ular haqidagi to‘liq ma’lumot DMBAT dasturiy majmuaning spravochniklarida saqlanadi) kiritiladi. Soliq to‘lovchi subyektlar byudjetga to‘lanadigan to‘lovlarni barcha bank bo‘linmalarida amalga oshirishlari mumkin, o‘z navbatida mazkur bank bo‘linmalari qabul qilingan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahridagi Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazi (HKM) da ochilgan YaG‘HRga tegishli maxsus hisobraqamiga o‘tkazib beradi. Byudjetga to‘lanadigan to‘lovlar naqd pul ko‘rinishida yoki pul o‘tkazish yo‘llari bilan amalga oshirilishi mumkin. To‘lov operatsiyalari pul o‘tkazish yo‘li bilan bajarilganida zimmasidagi majburiyatlarini bajaruvchi subyektning zarur rekvizitlari (daromadlar kirim qilinadigan shaxsiy hisobraqamining kodi, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (INN), kirim operatsiyalarining administratori (DSI, Bojxona organi)ning kodi, to‘lovlar qachon
amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumot, YaG‘HRning hisob-kitob raqami ochilgan agent-bankning kodi) aks ettirilishi shart.
Moliya vazirligi G‘aznachiligining bo‘linmalari “Daromadlarni boshqarish” modulining sozlovchi mexanizmlariga, qanday ish tartibiga sozlanganiga qarab, agent-bank beradigan ma’lumotlarni avtomatik tarzda yoki mexanik tarzda bajariladigan operatsiyalar yordamida qabul qilib olib, so‘ngra olingan ma’lumotlar tegishli tartibda ishlanganidan keyin turli darajali byudjetlar bo‘yicha taqsimlab beradilar. Tushgan daromadlarni turli darajali byudjetlar o‘rtasida taqsimlab berish operatsiyasi amaldagi qonunchilik me’yorlariga muvofiq daromadlarni byudjetlar o‘rtasida taqsimlash normativlariga asoslanib tayyorlangan maxsus spravochniklarga tayangan holda avtomatik tarzda bajariladi118.
Davlat byudjetining kirim qismiga tushiriladigan mablag‘larni turli darajali byudjetlar o‘rtasida taqsimlab berish jarayonlari amaldagi normativlarga mos ravishda bajarilishi, shuningdek, “DMBAT” majmuaviy dasturining tegishli spravochniklari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘ladigan soliq summalarini to‘g‘ri belgilab berilishi ustidan qat’i nazorat o‘rnatish uchun G‘aznachilikning bo‘linmalarida mas’ul xodimlar tayinlanib, ular normativ-spravochnik materiallariga taalluqli o‘zgarishlarni muntazam ravishda kuzatib borishi lozim.
Davlat byudjetining kirim qismiga tushadigan mablag‘lar G‘aznachilikning YaG‘HRga kelib tushgani haqida ma’lumot olinganidan keyin to‘plangan barcha daromadlar summasi haqidagi ma’lumotlar generatsiyalanib (bir yerga jamlanib), tahlil qilinadi va shundan keyin jamlangan mablag‘lar darajasiga qarab tegishli byudjetlar o‘rtasida taqsimlanadigan byudjet mablag‘lari miqdori aniqlanadi, buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha muayyan operatsiyalar bajariladi, avtomatik tarzda G‘aznachilikning YaG‘HRga kelib tushgan absolyut summalar hamda har





118 Pulatov D., Nurmuxamedova B., “G‘aznachilik” Darslik. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2014. 314 b.
xil byudjetlarga ajratilgan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar shakllantirilib saqlab qo‘yiladi.
Ushbu modul G‘aznachilikning YaG‘HRga kelib tushgan mablag‘larni qayd qilish va ular bilan bog‘liq turli xil kassa operatsiyalarini bajarish bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beradi:

  • G‘aznachilikning YaG‘HRga kelib tushgan kirimlar hisobini yuritish (jumladan, kundalik tartibda YaG‘Hga kelib tushgan summalar hamda turli xil byudjetlarga qayerdan va kimning nomidan kelgani aniqlanmagan mablag‘lar haqidagi tegishli ma’lumotlarni tahlil qilish va ishlash);

  • belgilangan me’yordan ortiq miqdorlarda ilgariroq byudjetga o‘tkazilgan mablag‘larni qaytarib berish hamda turli xil byudjetlarga qayerdan va kimning nomidan kelgani aniqlanmay qolgan mablag‘larni egasini aniqlab qaytarib berish;

  • soliqning biror-bir turi bo‘yicha belgilangan me’yordan ortiq miqdorlarda byudjetga o‘tkazilgan mablag‘larni boshqa turdagi soliq to‘lovlari bo‘yicha mavjud qarzdorlik hisobiga o‘tkazib tafovut o‘rnini qoplash (amalda bo‘lgan turli xil soliq to‘lovlari bo‘yicha balans hosil qilishga xizmat qiladi), shuningdek, tasniflanib ulgurilmagan kirimlarni turli xil darajadagi byudjetlarga ajratib berish.

  • mamlakat miqyosida yig‘iladigan soliq va boshqa xildagi majburiy to‘lovlarni turli darajadagi byudjetlarga o‘tkazib berish imkonini beradi; eng muhimi, to‘planadigan mablag‘larni bir xilda quyi darajali byudjetdan yuqoridagisiga va aksincha, yuqori darajadagi byudjetdan quyi darajadagi byudjetlarga o‘tkazib bera oladi;

  • o‘zaro hisob-kitoblarni qayd etish asosida barcha kassa operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni jamlash uchun qulaylik tug‘diradi, bunday imkoniyatning yaratilishi oqibat natijada aniq maqsadga yo‘naltirilgan loyihalar bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirish vaqtida tomonlarning o‘zaro hisob-kitoblarini qayd etish imkonini beradi;

  • dastur ish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni aniqlab tuzatish imkonini ham beradi;

  • byudjetga kelayotgan kirimlarni hamda ularni qaytarib berish bilan bog‘liq kassa operatsiyalari bo‘yicha turlicha hisobotlar tayyorlanadi, shuni hisobga olib, turli xil hisobotlarni tayyorlash mumkin bo‘ladi;

  • modul tizimi negizida normativ-spravochnik ma’lumotlarini o‘rnatish va sozlash imkonini beradi (ushbu modul asosidagi funksional vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun yuqorida aytib o‘tilgan spravochniklar tizimga kiritib qo‘yilishi kerak);

  • modul tizimi negizida memorial orderlar haqidagi (jumladan, analitik buxgalteriya hisoblariga oid yozuvlar qayd etiladigan jamlangan (yig‘ilgan, terma) memorial orderlarning tuzilgan vaqti, qayd qilish raqami haqidagi tegishli ma’lumotlarni) spravochnik o‘rnatilishi mumkin bo‘ladi;

  • buxgalteriya hisoblar rejasining tuzilishi bilan bog‘liq jarayonlar (xususan, byudjetning kirim qismi bo‘yicha hisobga olinadigan barcha kassa operatsiyalarini bajarishga doir turli xildagi analitik materiallarning ro‘yxati)ga oid rasmiy yozishma materiallari bo‘yicha spravochnik o‘rnatishga imkon beradi.

Tizim bo‘yicha turli xil ma’lumotlarni qabul qilib olish hamda masofaga uzatish uchun maxsus “Ma’lumotlarni qabul qilib ular bilan ishlash, uzatish” deb nomlangan modul ham yaratilgan. G‘aznachilikning turli bo‘linmalari hamda agentlik vazifasini bajaruvchi bank tizimi o‘rtasida operativ tarzda kerakli ma’lumotlar bilan almashinuv jarayonini yo‘lga qo‘yish uchun maxsus kommunikatsiya tizimlari yordamida yoxud kuryerlar vositasida ta’minlanadigan aloqa tizimi o‘rnatilishi kerak. Bunday aloqa tizimidan foydalanish vaqtida agentlik vazifasini bajaruvchi bank tomonidan yozib beriladigan rasmiy hujjatlarning ko‘chirma nusxasi G‘aznachilikka elektron variantda yuboriladi. Ayni vaqtning o‘zida agentlik vazifasini bajaruvchi bank tomonidan yozib beriladigan rasmiy hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini jamlab qo‘yiladigan, harakati nazorat qilinadigan va o‘zaro aloqadorlik munosabatlarida bo‘lgan har ikki tomondan yuboriladigan rasmiy hujjatlar jumlasiga avtomatik tarzda kiritiladi. Yuqorida aytib o‘tilgan operatsiyalarning avtomatik tarzda bajarilishini
“Ma’lumotlarni qabul qilib ular bilan ishlash, uzatish” deb nomlangan modul ta’minlab beradi.
Davlat byudjetining daromad va xarajatlari moddalar bo‘yicha amalga oshirilgan kassa operatsiyalariga asoslanib “Bosh kitob” deb nomlangan modul tomonidan G‘aznachilikda yuritiladigan Bosh kitobda qayd etilishi uchun alohida ma’lumot tayyorlanadi. Bu xildagi ma’lumotlar har kuni kun davomida muntazam ravishda G‘aznachilikka yuborib turiladi. G‘aznachilik tarkibiga kiruvchi barcha bo‘linmalardan kerakli ma’lumotlarni yig‘ib olganidan keyin har kun davomida bir marotabadan jamlangan ma’lumotlar Bosh kitobda qayd etiladi va bajarilgan ishlar asosida joylarga tasdiqlangan ma’lumotlar yuboriladi. Yaratilgan modul kommunikatsiya tizimidagi aloqalar nisbatan yomon ishlaganida, G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalaridan yuboriladigan ma’lumotlarning kelishi nisbatan sust kechganida ham bir maromda ishlab turishga qodir.
G‘aznachilikning har bir hududiy bo‘linmasidan keladigan, u yerda amalga oshirilgan kassa operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarga asoslanib hisobotlarni generatsiyalovchi alohida modul yordamida har xil hisobotlar (byudjetning daromad qismiga kelib tushgan tushumlar, daromadlarning turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlanishi, byudjetning xarajat qismi bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalar, byudjetdan xarajatlari amalga oshirilgan loyihalar, shuningdek, har qanday yig‘ma va konsolidatsiyalangan hisobotlar) tayyorlash imkoniyati bo‘ladi. Tatbiq etilayotgan informatsion tizim yuqorida aytib o‘tilgan asosiy funksiyalardan tashqari, byudjetdan xarajatlari amalga oshiriladigan tashkilotlarga byudjetdan tashqari manbalardan ajratib beriladigan mablag‘larning qabul qilinishi va sarflanishi haqidagi to‘liq ma’lumotlarni avtomatik tarzda hisobga olib keyinchalik nazorat qilib borishga imkoniyat yaratib beradi.

Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin