Internet resurs manbalardan foydalangan holda mamlakatimizda byudjet jarayonini boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini tashkil etish va rivojlantirish bosqichlarini aks ettiradigan jadval, blok-sxema yoki chizma tayyorlang va qisqacha izoh yozing. Unda har bosqichda qabul qilingan me’yoriy- huquqiy hujjatlar va amalga oshirilgan tadbirlar sharhini keltiring.
“Global integratsiyalashgan axborot tizimi” (GIAT) va “O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi axborot tizimi”ning uyg‘unlashuvini aks ettiruvchi taqdimot tayyorlang va himoya qiling.
Xorijiy davlatlarning birontasi misolida byudjet tasnifi tarkibini o‘rganing va O‘zbekiston Respublikasi byudjet tasnifi bilan solishtirma tahlilini ko‘rgazmali misollarda taqdimot ko‘rinishida amalga oshiring.
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning “UzASBO” avtomatlashtirilgan tizimi xususiyatlari, afzalliklari, imkoniyatlarini aks ettiradigan ma’lumotli jadval tayyorlang.