D tashmuxamedova


rasm. Rossiya Federatsiyasi Federal G‘aznachiligida byudjet ijrosi jarayoniga ta’sir ctuvchi omillar121



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə125/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

rasm. Rossiya Federatsiyasi Federal G‘aznachiligida byudjet ijrosi jarayoniga ta’sir ctuvchi omillar121


Rossiya Markaziy banki, Moliya vazirligi va Federal G‘aznachilik Bosh Boshqarmasi bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasi Hukumatiga taqdim qilish uchun 2000-yilda «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida» va «Elektron hujjat to‘g‘risida» Federal qonun qabul qilindi. Bu loyihalarda «Elektron raqamli imzo» tushunchasining huquqiy mazmuni ochildi. Ko‘rsatilgan loyihalarda «Elektron raqamli imzo» tushunchasi elektron ma’lumotlarning bir qismi va o‘zida hujjat rekvizitlarni mujassamlashtirgan hujjat sifatida aniqlandi. Bu qonunlar qabul qilinishi bilan turli sohalardagi faoliyatlarda elektron hujjatlardan keng miqyosda foydalanish, davlatning boshqaruv va moliya-kredit sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun umumiy qonuniy bazani shakllantirish yakunlandi.

121 Ждачиков П. A. Казначейство. Автоматизированные бизнес-технологии управления финансовымы потоками. Учебное пособие. – M.: «Висшей школы экономики». 2010. - 363 с.
Rossiya Federatsiyasida G‘aznachilikni turli bo‘linmalari faoliyatini avtomatlashtirish uchun daromadlar hisobini yuritishda, soliq to‘lovchilardan tushgan tushumlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlashda davlat byudjeti ijrosining «Kazna» PPP (пакет прикладных программ) daromad moduli yaratilgan va amaliyotga kiritildi.
Rossiya Federatsiyasi G‘aznachiligining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat122:

  • byudjet va byudjetdan tashqari fondlarni holati to‘g‘risida yuqori ijro organlariga hisobot berish borasida axborot tizimida ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish;

  • turli darajadagi byudjetlarni tashkillashtirish, amalga oshirish va nazorat qilishni kassaning yagonaligi prinsipiga asosan g‘aznachilik hisobraqamlarida daromadlar va xarajatlarni boshqarish;

  • byudjetlararo munosabatlar hamda byudjetdan tashqari jamg‘armalarning moliyaviy munosabatlarini tartibga solish, jamg‘arma mablag‘larining tushumi va ularning ijrosi yuzasidan nazorat qilish;

  • davlat moliyaviy resurslarining qisqa muddatli prognozi hamda ushbu resurslardan tasdiqlangan byudjet parametrlari doirasida axborot tizimida tezkor boshqaruvni amalga oshirish;

  • Rossiya Federatsiyasining Banki va boshqa biriktirilgan banklari bilan birgalikda ichki va tashqi qarzlarni boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatish;

  • g‘aznachilikka oid tegishli qo‘llanma va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish, byudjet tasnifi loyihasini tayyorlash.

Qozog‘iston Respublikasi hukumatining 1999-yil 28-sentabrdagi 1464-sonli
«Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to‘lovlarni Qozog‘iston Respublikasi Milliy bankining litsenziyasini olgan, shu ko‘rinishdagi bank operatsiyalarini bajara oladigan Bank-Agentlar ikkinchi bosqichdagi banklardan to‘lash tartibini takomillashtirishning chora-
122 Jdanchikov P. A. Kaznacheystvo. Avtomatizirovannie biznes-texnologii upravleniya finansovimi potokami. Uchebnoe posobie. – M.: «Visshey shkoli ekonomiki». 2010. 363 c.
tadbirlari to‘g‘risi-da»gi qaroriga muvofiq yo‘riqnoma ishlab chiqildi va Qozo- g‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2000-yil 17-noyabr-dagi 488-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlandi. Mazkur yo‘riqnoma Qozog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida 2000-yil 18-dekabrda 1333-sonli bilan ro‘yxatdan o‘tdi. Qozog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasiga va Qozog‘iston Respublikasining «Mehnat to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to‘lovlarni Bank-Agentlar orqali oluvchilarning xohishiga asosan mablag‘larni ularning shaxsiy hisobraqamiga yoki kartschyotlarga o‘tkaziladi. Ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to‘lovlarni oluvchi o‘ziga hisoblangan summani shaxsiy hisobraqamiga yoki kartschyotlarga o‘tkazilishi to‘g‘risida yakka holda Bank-Agentlar bilan shartnoma tuzadi. Shartnoma ikki nusxada bo‘lib, birinchisi Bank-Agentlarda qoladi, ikkinchisi oluvchiga beriladi. Bank-Agentlar mazkur tartib bo‘yicha oluvchilarning barcha savollariga javob beradi. Bank-Agentlar orqali ish haqi, stipendiya, pensiya. nafaqa va boshqa pullik to‘lovlarni oluvchi o‘ziga hisoblangan summani shaxsiy hisobraqamiga yoki kartschyotlarga o‘tkazilishidagi xizmatlar uchun to‘lov davlat byudjetidan to‘lanadi. Oluvchi davlat tashkilotiga o‘zining ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to‘lovlarini Bank-Agentlarga o‘tkazish to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning sanasini, raqamini va Bank- Agentning rekvizitlarini ko‘rsatgan holda. ariza taqdim qiladi. Mazkur davlat tashkilotlari oluvchiga xizmat ko‘rsatish uchun Agentlik Kelishuvini tuzadi va unga imzo chekishga huquqi bo‘lgan rahbar lavozimidagilar imzosining nusxasini taqdim qiladi. Ular o‘rtasida elektron imzolar ham almashadi. Bunda oluvchining individual shaxsiy hisobraqami nomeri, uning familiyasi, ismi va otasining ismi, hisoblangan summa kabi rekvizitlar mavjud. Mazkur davlat tashkilotlarining rahbarlari oluvchilarini ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to‘lovlarni Bank-Agentlar orqali ularning shaxsiy hisobraqamiga yoki kartschyotlarga o‘tkazilishi to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlaydigan javobgar shaxslarni aniqlaydi. Mazkur davlat tashkilotlari Agentlik Kelishuvini tuzgandan keyin ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to‘lovlarni
o‘ziga hisoblangan summani shaxsiy hisobraqamiga yoki kartschyotlarga o‘tkazilishini xohlagan oluvchilarning ro‘yxatini taqdim qiladi.
Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, byudjetning ijrosi jarayonida g‘aznachilikdan foydalanish alternativ usullardan biridir. G‘aznachilik asosida byudjet mablag‘laridan foydalanishda ularni iqtisod qilish, nazoratni kuchaytirish, soliq to‘lovchilarning pulini talon-taroj qilish hollarining oldini oladi. Shuningdek, byudjet tashkilotlarining rahbarlarini ajratilgan byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishga rag‘batlantiradi.
Boshqa mamlakatlardagi g‘aznachilik tizimini joriy etilishi va rivojlanishida davlat moliya-axborot tizimini joriy etish davlat moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradiki, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi. Mazkur tizimni joriy etish bilan byudjet bajarilishini kuzatish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qulaylik yaratish, byudjet mablag‘larini maqsadsiz sarflanishidan himoyalash va byudjetni rejalashtirish va prognozlashtirish sifatini oshirish mumkin.
Ukraina davlat tizimini boshqarishni takomillashtirish borasida, boshqa hamdo‘stlik davlatlar qatorida, davlat byudjeti ijrosining g‘azna tizimi joriy qilingan. Unga yuklatilgan eng muhim vazifalar qatorida G‘azna davlat mablag‘lari to‘lovlarini kechiktirmaslikni ta’minlash, davlat byudjeti ijrosining daromad va xarajat qismlari hisobotlarini amalga oshirishda chalkashlik va yanglishishlarning oldini olish.
Umuman olganda, bu davlat byudjeti ijrosini unumli va samarali ta’minlanishini nazarda tutadi. Oldinga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirilishida Ukraina Milliy (Markaziy) banki Ukraina g‘aznachiligining agenti sifatida barcha davlat mablag‘larini birlashtirilishini ta’minlaydi. G‘aznachilik tomonidan o‘zining alohida to‘lov tizimi ishlab chiqilgan.
G‘aznachilik Milliy bankidagi o‘zining korrespondent hisobi orqali Milliy Elektron To‘lovlar Tizimiga a’zo sifatida, barcha to‘lovlarini shu tizim orqali amalga oshiradi. Shu maqsadda Milliy bankda maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqilgan Ukraina G‘aznachiligi byudjet taqsimlovilari majburiyatlari hisobini balansdan
tashqari maxsus hisoblarda olib boradi. G‘aznachilik hisob tizimida barcha g‘aznachilikda sodir bo‘lgan to‘lovlar va kelib tushgan mablag‘larni va sarflarni aks etishi ta’minlanadi. G‘azna Yagona Hisobi Ukrainada 2001-yildan amal qila boshlagan.
Ukraina G‘aznachiligining o‘ziga xosligi davlat byudjetining g‘aznachilik ijrosi va banklar orqali ijrosi bir-birini to‘ldirgan holda amalga oshiriladi. Ish o‘rinlarining Avtomatlashtirish va texnik ta’minoti Markaziy bankning Elektron To‘lov Tizimi G‘aznachilikning markaziy apparati va uning hududiy bo‘limlarini o‘z tarkibiga oladi. Shu bilan birga Milliy bank Elektron Tizimidan farqli ravishda g‘aznachilikning ichki to‘lov tizimi yaratilgan va u g‘aznachilikning tuman va shahar bo‘limlarida amal qiladi.
Braziliyada amaldagi davlat moliya axborot tizimi ham e’tiborga loyiq. Axborot tizimi barcha davlat jarayonlarini hisoblashga imkoniyat beradi (byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning harakati). Byudjet jarayonlarining barcha bosqichlari, byudjet va moliyaviy limitlar doirasidan chiqib ketayotgan har qanday jarayonlarni taqiqlaydigan tizim tomonidan ro‘yxatga olinadi va avtomatik ravishda nazorat qilinadi.Tizim avtomatik ravishda reyestrni tuzadi va to‘liq moliyaviy va hisob-kitob ma’lumotni tayyorlaydi. G‘aznachilik kotibiyati axborot tizimi orqali keng vakolatlarga ega va mavjud limitlarning qat’i nazoratini olib boradi.
Yuqorida bayon etilgan barcha o‘zgarishlar, yangiliklar va mexanizmlar byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlashga, byudjet mablag‘larining ularning so‘nggi iste’molchilariga yetib borish yo‘llarini osonlashtirishga, bu yo‘lda byudjet mablag‘larining yo‘qolib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka, byudjet tashkilotlarining ularga mol yetkazib beruvchi kontragentlar bilan munosabatlarining ochiq-oydin, shaffof bo‘lishini ta’minlashga, barcha byudjet tashkilotlarining elektron auktsion savdolar tizimida teng huquqli hamkor sifatida ishtirok etishini yengillashtirishga xizmat qilishi shubxasiz.

Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin