D tashmuxamedova


G‘aznachilikda axborot tizimidan foydalanish yuzasidan xorij tajribalari



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə124/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

G‘aznachilikda axborot tizimidan foydalanish yuzasidan xorij tajribalari


Xorijiy mamlakatlarda g‘aznachilik har chorakda turli darajadagi davlat boshqaruv organlarining qoplanmagan qarzlarini, byudjet tashkilotlarining va davlat muassasalarining qarzlarini qo‘shib, barcha qoplanmagan qarzlar ro‘yxatini tasdiqlaydi va nashr qiladi. Bunday ro‘yxat har bir qarzlar bo‘yicha quyidagi axborotlarni beradi:

  • qarzdor nomi;

  • shart-nomadagi boshlang‘ich summa;

  • qoplanmagan qismining hajmi;

  • foiz stavkasi; to‘lov muddati;

  • joriy moliya yilida qarz uchun oylik to‘lovlar hajmining prognozi;

  • kelgusi moliya yilida qarz uchun oylik to‘lovlarning hajmi prognozi;

  • boshqa zarur axborotlar.

G‘aznachilik har chorakda davlat zayomlari bo‘yicha qarzlar ro‘yxatini tasdiqlaydi va nashr qiladi. Bunday ro‘yxat har bir qarzlar bo‘yicha quyidagi axborotlarni beradi:

  • qarzdor nomi;

  • zayomning boshlang‘ich summasi;

  • to‘lanmagan qismining hajmi;

  • foiz stavkasi;

  • to‘lov muddati;

  • joriy moliya yilida qarz uchun oylik to‘lovlar hajmining prognozi;

  • kelgusi moliya yilida qarz uchun oylik to‘lovlar hajmining prognozi;

  • boshqa zarur axborotlar.

Mazkur hisobotlarni tayyorlash uchun barcha davlat boshqaruvi organlari va davlat tashkilotlari g‘aznachilik tomonidan belgilangan shaklda va muddatda zarur
axborotlarni g‘aznachilikka taqdim qiladi. Federal byudjetning daromadlari va xarajatlari ijrosida byudjet ijrosi jarayonidagi g‘aznachilik texnologiyasi tahlil qilindi, davlat moliyasini boshqarish tizimining mintaqa darajasida g‘aznachilik organlari faoliyatida qator omillar aniqlandi. Federal G‘aznachilik organlari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan qator omillar tizimlashtirildi.



    1. Yüklə 5,5 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin