G‘aznachilikningaxborottizimini(AT)modernizatsiyaqilishqismig‘aznachilikningdasturiymahsulotlarinitanlab,sotibolish,moslashtirish/parametrlashtirish,integratsiyalash,sinovdano‘tkazishvaboshlang‘ichma’lumotlardasturlarinijoylash,axborottexnologiyalarijihozlariva telekommunikatsiyalar (ishlab chiqarish, nusxa ko‘chirish, ma’lumotlarni saq-lash, tarmoq va pochta serveslari, ishchi stansiyalar, tarmoq printerlari va globaltarmoq(LAN/WAN),kommutatorlarvamarshratizatorlar)sotibolishhamda g‘aznachilikningaxborottizimixodimlarivaoxirgifoydalanuvchilarnio‘qitishnio‘zichigaoladi.115 G‘aznachilik axborot tizimining quyidagi axborot tizimlari bilan o‘zaro aloqalari ta’minlanadi:
Moliya vazirliging global uyg‘unlashgan axborot tizimi.
Markaziy Bankining axborot tizimi.
Davlat Soliq qo‘mitasining axborot tizimi.
Davlat Bojxona qo‘mitasining axborot tizimi.
davlat maqsadli jamg‘armalari axborot tizimi.
byudjet tashkilotlarining axborot tizimi.
Mamlakatimizda Davlat moliyasini boshqarish(DMB)ni isloh etish strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri – davlat byudjeti g‘azna ijrosining avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va takomillashtirish hisoblanadi. Bu strategik vazifani bajarish maqsadida “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi” dasturiy majmuasi yaratildi va bugungi kunda u davlat boshqaruvining barcha pog‘onalarida byudjet ijrosini boshqarishning samarali va istiqbolli avtomatlashtirilgan axborot tizimiga aylanib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-721-sonli Qaroriga muvofiq ravishda mamlakatimiz hududlarida “Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha negizida amaldagi davlat moliya tizimining faoliyatini qamrab oluvchi informatsion tizimni takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda g‘aznachilik tizimi faoliyatining quyidagi modullari ishlab chiqildi(2-rasm):