Byudjet tashkilotlari bo‘ysunuviga ko‘ra respublika byudjeti va mahalliy (viloyat, tuman, shahar) byudjetlardan mablag‘ bilan ta’minlanadilar, ularning joriy faoliyati byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlashning o‘rnatilgan tartibiga asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tashkilotlar mustaqil ravishda o‘z moliyaviy rejalarini xarajatlar smetasi shaklida qonunchilik bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadilar.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilar byudjet xarajatlarini amalga oshirish uchung‘aznachilikbo‘linmalarigaquyidagilarni:
byudjet mablag‘lari bo‘yicha:
doimiy xarajatlar smetalari moliya organlarida ro‘yxatga olinguniga qadar – birinchi chorak uchun oylar kesimida moliya bo‘limlarida ro‘yxatga olingan vaqtinchalik xarajatlar smetalari nusxalarini;
doimiy xarajatlar smetalari moliya organlarida ro‘yxatga olingandan so‘ng
— moliya organlarida ro‘yxatga olingan, oylar kesimida doimiy xarajatlar smetalarini;
byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha — moliya organlarida ro‘yxatga olingan, byudjetdan tashqari mablag‘larning kelib tushishi va ishlatilishining cheklanishi oylar kesimida ko‘rsatilgan vaqtinchalik va aniqlangan xarajatlar smetalari nusxalarini taqdim etadilar (kelib tushishi va sarflanish yo‘nalishi cheklanmagan byudjetdan tashqari mablag‘lar turlari bundan mustasno).
Byudjetdan mablag‘ oluvchilar byudjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalari nusxalarini va ularga ilovalarni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Zaxira jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi zaxira jamg‘armasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimligi zaxira jamg‘armalari mablag‘lari hisobiga va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarni, ular moliya organlarida o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olinganidan so‘ng, g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim qiladilar.
Kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlarning oylar kesimidagi yoyilmasiga aniqliklar qurilishlarning manzilli va titul ro‘yxatlarining aniqlanishi asosida kiritiladi.
G‘aznachilik bo‘linmalari byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjet tasnifining tegishli bo‘lim, bob va paragraflari bo‘yicha xarajatlarini quyidagi hollarda to‘xtatish huquqiga ega:
byudjetdan mablag‘ oluvchilarning tegishli moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan hisobotlarni taqdim etmagan hollarda (moliya organlari tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalarini byudjetdan mablag‘ oluvchilarning hisobot topshirmaganligi to‘g‘risidagi yozma bildirishnomasi bo‘yicha), tegishli byudjetdan mablag‘ oluvchilarning rahbarlarini xabardor qilgan holda;
tegishli moliya organlari tomonidan tegishli byudjetlarning vaqtinchalik va doimiy daromadlar va xarajatlar yoyilmalari belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda — ular taqdim etilgunga qadar muddatga;
tegishli byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan xarajatlar smetalari belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda — ular taqdim etilgunga qadar muddatga;
yoyilmada ko‘rsatilgan byudjetlar xarajatlari summasi va smetalarda ko‘rsatilgan xarajatlar summasining yig‘indisi o‘rtasida farqlar aniqlanganda — farqlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etgungacha muddatga;
byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan ajratilgan byudjet mablag‘larini o‘zgartirishga so‘rovnoma kelishish uchun taqdim qilinganda — ular tomonidan so‘rovnoma asosida tayyorlangan smetaga tegishli barcha o‘zgartirishlarni va ularning o‘zaro muvaffaqiyatli solishtirishlarni yoki tegishli moliya organining kiritilayotgan o‘zgartirishni rad etganligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomasi taqdim etilgunga qadar muddatga;
moliya organlari tomonidan ajratilgan byudjet mablag‘larini o‘zgartirishga taqdimnoma kelishish uchun taqdim qilinganda — ular tomonidan
taqdimnomalar asosida tayyorlangan smetalarga tegishli barcha o‘zgartirishlarni va ularning o‘zaro muvaffaqiyatli solishtirishlari yoki tegishli moliya organining kiritilayotgan o‘zgartirishlarni rad etganligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomasi taqdim etilgunga qadar muddatga;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Bunda, xarajatlarning to‘xtatilishi ajratilgan byudjet mablag‘larining kamaytirilishi nazarda tutilayotgan bo‘lim, bob va paragraflar va xarajatlar moddalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlarining yoyilmasiga, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalariga, qurilishlarning manzilli va titul ro‘yxatlari (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro‘yxati)ga o‘zgartirishlarning kiritilishi moliya organlari tomonidan byudjetdan mablag‘ oluvchilar va buyurtmachilar bilan birgalikda, ushbu o‘zgartirishlar uchun so‘rovnomalar va taqdimnomalar tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari bilan kelishilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Ajratilgan byudjet mablag‘lari qoldiqlari summalarining qabul qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlar, shuningdek amalga oshirilgan kassa xarajatlarining ajratilgan byudjet mablag‘lari qoldiqlari summalaridan oshishiga olib keladigan miqdorlarda byudjet mablag‘larining kamaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ajratilgan byudjet mablag‘larining kamaytirilishi byudjetdan mablag‘ oluvchilar va ularning mahsulot yetkazib beruvchilari bilan o‘zaro yuridik majburiyatlarni bir xilga kamaytirish hollarida amalga oshirilishi mumkin.
Ajratilgan byudjet mablag‘lari ko‘paytirilgandan so‘ng, byudjetdan mablag‘ oluvchilar va ularning mahsulot yetkazib beruvchilar bilan shartnomalariga tomonlar yuridik majburiyatlarining bir xilda ko‘payishini nazarda tutadigan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Tegishli byudjet mablag‘larining taqsimlovchilari (oluvchilari) tashabbusi bilan byudjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalariga o‘zgartirish kiritilgan
hollarda, ular tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan so‘rovnomalar imzolash uchun g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etiladi.