3-rasm. O‘tkazilish vaqti bo‘yicha moliyaviy nazoratning shakllari
Byudjet moliyaviy nazoratining maxsus uslublari: doimiy monitoring- kuzatuv, markazlashgan topshiriqlar bo‘yicha tekshirish, xarajatlar smetasining ijrosi yuzasidan hujjatli taftish, xo‘jalik faoliyati tahlili singari usublarga bo‘linadi. Oraliq vazifalarni bajarish uchun muqobil tekshirish, pul mablag‘lari va moddiy boyliklarni ro‘yxatga olish, miqdor hisobni tiklash va boshqalardan foydalaniladi.
G‘aznachilik tizimiga o‘tishgacha bo‘lgan davrda byudjet ijrosi jarayoni 2 bosqichni o‘z ichiga oladi: byudjet tushumlarini taqsimlash va byudjet mablag‘larini davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar hisobraqamlariga o‘tkazish. Davlat byudjeti mablag‘larining keyingi taqdiri butunlay foydalanuvchilarning ixtiyoriga bog‘liq. Davlat byudjeti mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanilishini esa buxgalteriya hisoboti orqali tekshirish mumkin.
4-rasm. Moliyaviy nazoratning usullari107

Davlat moliyaviy nazoratida g‘aznachilik faoliyati nazorati vazifalari mavjud:
qisqa fursatlarda davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko‘rsatkichlarini aniqlash;
davlat moliyasining holati to‘g‘risidagi tezkor axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish;
davlat byudjetining ham daromadlari, ham xarajatlari qismi kassali ijrosining har kungi detallashtirilgan monitoringini o‘tkazish;
tasdiqlangan byudjet mablag‘lari doirasida byudjet tashkilotlarining tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish bosqichida (shartnomalar, kontraktlar tuzish) dastlabki nazorat qilish;
107 Vahobov A. V., Malikov T.S., Moliya. Darslik. Toshkent Moliya instituti. – Toshkent: “Noshir”, 2012.
– 712 bet.
Dostları ilə paylaş: |