D tashmuxamedova



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə105/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

Ichki nazorat tizimi - xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va samarali yuritish, aktivlar va hisob hujjatlarining saqlanishini ta’minlash, xato va firibgarlik holatlarini oldini olish va aniqlash, buxgalteriya yozuvlarining aniq va to‘liqligi va o‘z vaqtida ishonchli moliyaviy ma’lumotlarni tayyorlash maqsadida qabul qilingan tashkiliy tadbirlar, usullar va amallar (ichki nazorat vositalari) yig‘indisidir. G‘aznachilik ijrosi davomida byudet mablag‘larining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan limitlar doirasida ishlatilishining dastlabki va joriy nazorati – yuridik va moliyaviy majburiyatlarning majburan g‘aznachilik bo‘linmalarida shakllantirilishi asosida amalga oshiriladi.



101 Ibragimov A., Sugirbayev B. Budjet nazorati va auditi: O‘quv qo‘llanma T.: infoCOM.UZ, 2010.
Ichki nazorat ta’rifi qayd etilgan bir qator xalqaro standartlar va tavsiyalar mavjud. Xususan SOSO (Committee of Sponsoring of the treadway commission) tavsiyalarida ichki nazoratni shunday ta’riflagan - “Ichki nazorat bu – tashkilot oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishga ishonch hosil qilish borasidagi tashkilotning barcha darajadagi tuzilmalari va xodimlari ishtirok etadigan jarayon”102.
Yana shunday ta’rif keltiriladiki, ichki nazorat – bu direktorlar kengashi, menejment va personal tomonidan maqsadga erishishni kafolatli ta’minlashga qaratilgan jarayon bo‘lib, u faoliyatning samaradorligiga, moliyaviy hisobotning ishonchliligi va tegishli qonunlar talablari va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etish kabi kategoriyalarga yo‘naltiriladi103.
Mazkur hujjatda ichki nazoratning komponentlari sifatida nazorat muhiti, risklarni baholash, nazorat jarayonlari, informatsiya va kommunikatsiya hamda monitoring qayd etilgan.
G‘aznachilik bo‘linmalarida ichki nazoratni tuzilmalarini shakllantirish va amalga oshirishga Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan maqsad, vazifa va funksiyalar ham asos hisoblanadi.
G‘aznachilik tizimida ichki nazorat – hududiy bo‘linma faoliyati samaradorligini va natijaviyligini oshirishga, g‘aznachilik operatsiyalarini amalga oshirishda qonunchilikka va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga qat’i rioya qilinishini ta’minlashga, lavozim majburiyatlarini maqbul tarzda taqsimlanishiga, risk, xato va kamchiliklarni oldini olishga, tezkor aniqlashga, ishonchli buxgalteriya hisobini yuritilishiga va hisobotlarni sifatli tuzilishiga yo‘naltirilgan monitoring, jarayonlar, tadbirlar va tuzilmalar majmuasidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimiz G‘aznachilik tizimida ichki nazorat tizimini takomillashtirish orqali davlat byudjeti mablag‘laridan samarali va





102 Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc. New Jersey, 2010.
103 Акперов И.Г. и др. Казначейская система исполнения бюджета в Российской Федератции: Учебное пособие. И.А.Коноплева, С.П.Головач. – M.: Финансы и статистика, 2007. С. 352.
tejab foydalanish, g‘aznachilik operatsiyalari jarayonidagi har qanday ko‘rinishdagi risklarni oldindan aniqlash va tezkor bartaraf etishga imkoniyat yaratadi.
Mamlakatda byudjet-soliq tizimini tuzish bilan birga, davlat moliyasini samarali boshqarish asosiy masala hisoblanadi. Ma’lumki, boshqaruv - bu ma’lum bir ijobiy natijaga erishish uchun uslublar va tamoyillar yig‘indisi orqali bir obyektga maqsadga muvofiq ta’sir etishdir, desak bo‘ladi. Inson faoliyatining barcha sohalariga, jumladan, davlat moliya sohasiga ham boshqaruv jarayoni taalluqlidir104.
Davlat moliyaviy nazorati iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarining iqtisodiy faoliyatidagi yangi hodisalarni yoritib beradi, ushbu faoliyatni takomillashtirish maqsadida uning qonunchiligini belgilaydi.




Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin