D tashmuxamedova


Xorijiy tajribalar asosida g‘aznachilik tizimini takomillashtirish



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə136/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   139
Бюджет ғазна ижроси n

Xorijiy tajribalar asosida g‘aznachilik tizimini takomillashtirish


yo‘nalishlari
Milliy g‘aznachilik tizimining asosiy vazifalaridan biri davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishdir. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, davlat moliyasi tarkibiga kiruvchi, “g‘aznachilik” deb ataluvchi organ
o‘ziga yuklatilgan funksiyadan kelib chiqib, turli majburiyatlarni bajaradi. G‘aznachilikning tuzilishi va vazifalari mamlakatning tarixiy va madaniy urf- odatlaridan, shuningdek, iqtisodiy holatidan kelib chiqib belgilanadi.
G‘aznachilik ayrim mamlakatlarda passiv ahamiyatga ega. U faqat tasdiqlangan byudjet mablag‘larini ajratish bilan shug‘ullansa, majburiyatlar limitini belgilash va xarajatlar to‘lovini amalga oshirsa yoki oldindan belgilangan mezonlar asosida alohida xarajatlarni ishlab chiqishga ruxsat bersagina, faol ahamiyatga ega. G‘aznachilik davlat qarzlarini boshqarishning turli darajalarida ishtirok etadi va nihoyat, hisob funksiyasi bajarilishiga ham javob berishi mumkin. Davlat moliyasini boshqarishning va g‘aznachilik tashkiliy tuzilishining yagona modeli mavjud emas, g‘azanchilikning bo‘limlari, boshqarmalari va aniq funksiyalari turli mamlakatlarda farqlanadi.G‘aznachilik funksiyasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Uning tashkiliy tuzilishi agarda AQShda Moliya vazirligi Departamenti, Frantsiyada Moliya vazirligi Boshqarmasi, Angliyada mustaqil mahkama, Avstraliyada esa vazirlik darajasida ko‘rinishiga ega.

          1. jadval

Rivojlangan mamlakatlarning davlat to‘lovlarini amalga oshirish


uslubiyati136






Mamlakatlar



Tavsiflar












Avstraliya



Moliya vazirligi to‘lovlarni cheklar chiqarish yoki mablag‘larni g‘aznachilikning yagona hisobraqami (G‘YaH)


- Avstraliya uyushmasining davlat hisobraqamidan chiqarish orqali amalga oshiradi.










Frantsiya

Moliya vazirligining davlat hisob xizmati hududiy kassa boshqarmalariga to‘lovlarni chek chiqarish yoki pul
mablag‘larini G‘YaHdan ko‘chirish orqali amalga oshiradi.










Germaniya

Xuddi Frantsiya amaliyotiga o‘xshaydi, lekin mablag‘larni
o‘tkazish elektron shaklda amalga oshiriladi.










Yaponiya





Tarmoq vazirliklarining nazoratchilari to‘lovlarni cheklar yoki Yaponiya bankida ochilgan G‘YaHdan ko‘chirish
orqali amalga oshiradi.










136 Eshnazarov T. G‘aznachilikning yagona hisobvaragi: nazariya va amaliyot. Moliya. 2009 y. 1-son. 41 b.

Angliya

Tarmoq vazirliklari to‘lovlarni cheklar yoki G‘YaHdan ko‘chirish orqali (Angliya bankidagi bosh g‘azna
hisobraqami orqali) amalga oshiradi.

AQSh

AQSh G‘aznachiligi to‘lovlarni cheklar chiqarish yoki
mablag‘larni G‘YaH - Nyu-York Federal zaxira bankining g‘azna hisobraqami orqali amalga oshiradi.



Qayd etilgan mamlakatlarning barchasida to‘lovlar nazorati g‘aznachilikning yagona hisobraqami orqali amalga oshiriladi. Bu hisobraqamning aniq ko‘rinishi turli mamlakatlarda turlichadir. Yuqorida qayd etilgan mamlakatlarning qariyb barchasida g‘aznachilik amalga oshirilgan xarajatlari nazoratini markaziy bankda ochilgan yagona hisobraqami orqali, ya’ni bosh kitobi tizimi orqali nazorat qiladi. Bu mamlakatlarda davlat to‘lovlari 4-jadvalda aks ettirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan mamlakatlar G‘aznachilik Yagona Hisobraqami tuzilishi jadvalda keltirilgan. (5-jadval)
Berilgan jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Frantsiya va Germaniyada G‘aznachilik Yagona Hisobraqami hududiy kassa boshqarmalari hisobraqamini o‘z ichiga oladi, Yaponiya G‘aznachilik Yagona Hisobraqami Yaponiya bankining hisobraqamini qamrab oladi. Angliyada tarmoq vazirliklari G‘aznachilik Yagona Hisobraqami mablag‘dan to‘la hajmda foydalana oladi, ammo jamlanma daromad fondidan bu hisobraqamlarga mablag‘larni ko‘chirish, jamlanma har kunlik balans va ularning hisobi g‘aznachilik nazorati ostida bo‘ladi.
Angliyada AQSh kabi soliq-byudjet sohasidagi asosiy javobgarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri g‘aznachilikka yuklatilgan. Germaniyadan tashqari boshqa barcha mamlakatlarda byudjet muassasalari o‘z hisobini yuritadi, ammo ularning tizimi to‘liq markaziy hisob tizimiga birlashtirilgan, bu tizim Moliya vazirligi tomonidan boshqariladi. Mamlakatda Moliya vazirligi barcha byudjet muassasalariga hisob yuritish borasida to‘liq xizmat ko‘rsatadi. Bu xizmat to‘lovlarni amalga oshirishning barcha bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Yaponiya banki hukumat uchun parallel ravishda byudjet-soliq sohasidagi barcha hisob-kitoblarni yuritadi, shuningdek, Moliya vazirligi umumiy buxgalteriya hisobi va hisobotini boshqarish

va tartibga solish bo‘yicha javobgar. Bu borada Yaponiya dunyoda yagona davlat hisoblanadi.





          1. jadval

Rivojlangan mamlakatlar G‘aznachilik yagona hisobraqami tuzilishi137





Mamlakatlar






G‘aznachilik yagona hisobraqami tuzilishi



Avstraliya Frantsiya
Germaniya

Yagona hisobraqam
Yagona hisobraqam, hududiy hisobraqam Yagona hisobraqam, hududiy hisobraqam




Yaponiya

Yagona hisobraqam. U bir vaqtning o‘zida davlat boshqaruvi




Angliya




organlari bilan bog‘liq bo‘lgan moliya muassasalariga xizmat ko‘rsatadi
Yagona hisobraqam

AQSh

Yagona hisobraqam, tijorat banklaridagi g‘aznachilik, soliq va
ssuda hisobraqamlari

Ko‘rib chiqilayotgan mamlakatlar g‘aznachiligining institutsional asoslarini o‘rganishda qanday byudjet masalalariga javob berishini va byudjet ijrosini kim nazorat qilishini aniqlab olishimiz lozim. Bu borada Angliyaning amaldagi modeli e’tiborni tortadi. Mamlakatda g‘aznachilik byudjet masalalarining barcha jihatlariga javob beradi, kadrlar masalalari bilan shug‘ullanadi, byudjet ijrosi bo‘yicha nazoratni tashkil etish, shuningdek, mavjud resurslar boshqaruvi jarayonini ham o‘z ichiga oladi.


Tadqiqot jarayonida o‘rganilgan davlatlarning barchasida moliyaviy aktivlarni boshqarish siyosati tarmoq departamentlari, boshqarmalari va vazirliklari



137 Eshnazarov T. G‘aznachilikning yagona hisobvarag‘i: nazariya va amaliyot // Moliya. 2009-y. 1-son. 43 b.
tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur davlatlarda byudjet ijrosi quyidagilarni nazarda tutadi:

      • soliqlar va boshqa tushumlarni yig‘ishni;

      • bank bilan o‘zaro aloqani (tushumlarni bank orqali yig‘ishda);

      • daromad tushumlari nazoratini;

      • turli darajadagi davlat boshqaruv organlari o‘rtasida tushumlarni taqsimlashini.

AQSh va Avstraliyada davlat byudjeti daromadi ijrosida g‘aznachilik faol rol o‘ynaydi. U o‘zining soliq va bojxona boshqarmalari orqali bank tizimi bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, barcha soliq va bojxona bojlarini yig‘ishga javob beradi.
G‘aznachilik Avstraliyada soliq boshqarmasi soliqlar to‘lovlari bo‘yicha tushumlarni ta’minlaydi. Angliya va Frantsiyada g‘aznachilik soliqlar va bojxona to‘lovlarini yig‘ishda ishtirok etmaydi. U faqatgina jamlanma fondga va g‘aznachilikning yagona hisobraqamiga kelib tushgan jami tushumlarni kuzatadi.
Byudjetning xarajat bo‘yicha ijrosida AQSh, Avstraliya va Angliya g‘aznachiligi passiv rol o‘ynaydi. Bunda byudjet assignovaniyalari doirasida to‘lovlarni va nazoratni tarmoq departamentlari amalga oshiradi. Frantsiyada byudjetning xarajat qismi bo‘yicha nazoratni Byudjet direktorati olib boradi. Fikrimizcha, byudjetning joriy holatida, agar xarajatlar xuddi majburiyatlar va to‘lov topshiriqnomalarini qabul qilish, to‘lovlarni amalga oshirish bosqichlaridagidek qattiq nazorat qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
G‘aznachilikni struktura sifatida byudjet ijrosi bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqishda quyidagilarni ta’kidlash kerak: g‘aznachilik byudjet ijrosi bilan bog‘liq masalalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashmaydi, u faqatgina byudjet muassasalariga dasturlarni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratadi yoki byudjet ijrosi jarayonida ancha faol ishtirok etishi mumkin. Masalan, u majburiyatlar chegaralarini o‘rnatishga va xarajatlar to‘lovini yoki oldindan belgilangan mezon asosida aniq xarajatlarni ishlab chiqishga ruxsat berish huquqiga ega.
G‘aznachilikka moliyaviy boshqaruv bo‘yicha asosiy majburiyatlar yuklatilgan. Mablag‘larni boshqarish uning muhim va asosiy faoliyati hisoblanadi.
U hukumatning hisobraqamiga barcha tushumlar va to‘lovlarni shuningdek, tushumlarni yig‘ish jarayonidagi operatsion faoliyatni va to‘lovlarni amalga oshirish jarayoni nazoratini ta’minlaydi. AQSh va Angliyada g‘aznachilik buxgalteriya hisobi metodikasini o‘rnatadi, umumiy hisob, muassasalarga yo‘riqnoma, oylik va yillik moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javob beradi. Ko‘rib chiqilgan davlatlarning barchasida g‘aznachilik ichki nazorat va audit bilan shug‘ullanadi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Angliya, Frantsiya, Germaniya va boshqalar) g‘aznachilik tizimi tahlili shuni ko‘rsatadiki, G‘YaHni Markaziy bankda ochish g‘aznachilikni tashkil etishning asosiy talablaridan biridir. Milliy bankda G‘YaHidan foydalanish davlatning bo‘sh turgan mablag‘larini bir joyga yig‘ish, ulardan samarali foydalanish, naqd pul oqimlarini boshqarish va kassa to‘lovlarini vaqtida hech qanday majburiyatlar jalb qilmasdan amalga oshirish imkonini beradi.
Rossiyada Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan 2008-yildan boshlab “Axborotlashgan Jamiyatni rivojlantirishi Strategiyasi” joriy etilmoqda. Mazkur strategiyani maqsadi Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy madaniy va diniy jihatdan jamiyatini rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish, davlat boshqaruv tizimi zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali takomillashtirishdir.
Kanadada «Elektron hukumat» asosiy vazifasi xarajatlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish va byudjet mablag‘laridan foydalanishda samaradorlikka erishishdan iborat. Shuning uchun bu borada taraqqiy etgan mamlakatlar, jumladan, Kanadada joriy etilgan «Elektron hukumat» axborot tizimini o‘rganish muhimdir. O‘zbekiston uchun Kanadaning «Elektron hukumat» tajribasini o‘rganishning ahamiyati katta. «Elektron hukumat»ni tuzish uchun Kanada hukumati tomonidan 2000–2006-yillarda 34ta vazirlik va idoralar qamrab olingan. Dasturining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:

  • fuqarolarga 130 dan ortiq hukumat xizmatlarini elektron ko‘rinishda taqdim etishi;

  • foydalanuvchilarga elektron xizmatlarga cheksiz foydalanish imkoni berish;

  • xizmatchilarni tezkor yetkazish va o‘tkazuvchi loyihalarni ishlab chiqish;

  • shaxsiy ma’lumotlarni va axborotlarni himoyalash infrastrukturasini yaratish;

  • «Elektron hukumat» faoliyati uchun standart va me’yoriy cheklovlar ishlab chiqish.

Kanadada 2003-yil sentabrdan mazkur dasturni boshqarish ishlarini G‘aznachilik Soveti va Hukumat xizmatlari va jamoatchilik ishlari vazirligi bajardi. 2001-yil sentabrdan dasturni boshqarish uchun G‘aznachilik Soveti boshchiligida maslahatlar guruhi jalb etildi, uning tarkibiga Kanada iqtisodiyotining turli sohalaridan vakillar kiritildi.
Dasturni boshqarishining asosiy e’tibori, uni amalga oshirish rejasi va amalga oshirish jarayonini monitoring qilishdir. 2003-yilga qadar bu va axborot texnologiyalari boshqarmasi amalga oshirgan bo‘lsa, keyinchalik hukumat xizmatlari vazirligiga o‘tdi. Ular «Elektron hukumat»ning aniq bir tashkilotda amalga oshirilishiga javobgardirlar.
Hozirgi paytda devonxona asosiy e’tiborni olti yil davomida to‘plangan tajribalarni targ‘ib etish yakuniy natijaga yo‘naltirilgan tatbiq etish vositalarini topishga qaratmoqda, davlat sektorida axborot va axborot texnologiyalarini boshqarish masalalari bo‘yicha vakolatni kengash va davlat sektori xizmatlarini tashkil etish masalalari bo‘yicha kengashdan iborat. Dasturning samaradorligini baholash uchun 11 turdagi ko‘rsatgichlar ishlab chiqildi, bu ko‘rsatkichlar uch asosiy yo‘nalishga bo‘lingan: axborot sifati; elektron xizmat sifati; elektron aloqa sifati. Rossiya Federatsiyasida 2007-yil 6-martda “Federal g‘aznachilik va uning hududiy organlari axborotlariga ruxsat berilishini ta’minlash haqida” gi Federal g‘aznachilik buyrug‘i bilan federal g‘aznachilik faoliyatiga doir axborotlarga fuqarolar va tashkilotlarning kirishi umumiy talablar asosida o‘rnatilgan.

          1. jadval

“Elektron hukumat” dasturini baholash ko‘rsatkichlari138





Axborot


Xizmat


Yetkazib berish



Qulaylik

Zaruriy xizmatning
mavjudligi

Himoyalanganlik

Ochiqlilik




Samaradorlilik

Ishonchlilik

Foydalilik va qulaylilik

Innovatsiyaviyligi

Kanada tajribasi asosida Federal G‘aznachilik fuqarolarga hujjatlarning skaner tasvir texnologiyasi asosida xizmat qiladi. Bu texnologiyaning qulayligi shundan iboratki, fuqarolar hujjatining aynan haqiqiy nusxasini olishadi. Barcha hujjatlar Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi, Federal G‘aznachilikdan hujjatlarni skaner qilish orqali olinadi va ularning 100 % “tiniq”ligiga erishiladi. Kanadaning “Elektron hukumat” tajribasi shuni ko‘rsatadiki global elektron axborot tizimini yaratish uzoq muddatga mo‘ljallangan strategik rejalarni ishlab chiqishni talab etadi. Moliya vazirligi G‘aznachiligida asosiy e’tibor g‘aznachilikda axborot ochiqligini ta’minlovchi turli uslub va texnologiyalarni yaratilishiga qaratiladi.


Kanada internet saytlarini monitoring qilish uslubini respublikamizda keng qo‘llanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu texnologiya Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy organlarida internet saytida axborotlar ochiqligini yagona yondoshuv asosida monitoring qilish imkoniyatini beradi.
G‘aznachilik organlari tomonidan bajariladigan vazifalarning murakkabligi va ko‘p qirraligi shundaki, g‘aznachilik faoliyatini joriy qilish bilan g‘aznachilik organlari o‘z ishlarida zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalaridan foydalanadi. Bu esa byudjet ijrosi jarayonida nafaqat bank tizimini bog‘laydi, balki, bu jarayonlarda turli darajadagi moliya organlari, byudjet tashkilotlari, tarmoq idoralari, davlat maqsadli jamg‘armalari



138 Qo‘chqorov T., Xaydarov M. “Davlat byudjeti g‘azna ijrosining axborot tizimi”. – T.: “IQTISOD- MOLIYA”. 2010. -82 b.
va byudjetdan tashqari fondlar, bank, bojxona, soliq organlarining o‘zaro aloqasi o‘rnatiladi.G‘aznachilik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har kunlik asosida yagona g‘aznachilik hisobraqamida va hududiy g‘aznachilik hisobraqamlarida mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi. Byudjetdan mablag‘ oluvchilarga ular uchun G‘aznachilikda yoki uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisobraqamlaridan ko‘chirmalar, ularning xarajatlarini qoplashga byudjet mablag‘lari o‘tkazilganligini tasdiqlaydigan to‘lov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi va manbalar bo‘yicha tegishli byudjetlar daromadlari tushumi hisobi yuritiladi. Moliya organlarining topshirig‘i bo‘yicha yuqori byudjetlarda nazarda tutilgan rejali dotatsiyalar, subvensiyalar, byudjet ssudalari summasini va boshqa to‘lovlarni quyi byudjetlarning g‘aznachilik hisobraqamlariga o‘tkazadi.
Rivojlanish strategiyasini amalga oshirish hujjatining loyihasiga binoan G‘aznachilik Davlat byudjeti ijrosi tizimiga asta-sekin o‘tish, G‘aznachilik va uning joylardagi bo‘linmalari tizimini rivojlantirishga oid tadbirlar rejalashtirildi. Bu tadbirlar byudjetning daromad va xarajat qismlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda aniq bosqichlarga bo‘linishi mumkin. Mazkur strategiyani amalga oshirish quyidagilarni nazarda tutadi:

  1. Yüklə 5,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin