D tashmuxamedova


byudjet daromadlari ijrosi sohasida



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə137/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   139
Бюджет ғазна ижроси n

byudjet daromadlari ijrosi sohasida:


  • bajarilayotgan ish hajmidan va bu bo‘linmalarning qo‘shimcha xodimlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish;

  • davlat byudjeti g‘azna ijrosi elementlari sonini ko‘paytirish maqsadida respublika mintaqalarida bu elementlarni joriy qilish natijalarini tahlil qilish va o‘rganish, xususan, byudjet daromadlarini ijrosi g‘aznachilik tizimining funktsional tartibini yanada takomillashtirish. Buning uchun dasturiy ta’minotni va normativ-huquqiy hujjatlarning hamda boshqa uslubiy hujjatlarni mukammallashtirish;

  • g‘aznachilik bo‘linmalarini kerakli kompyuter va boshqa texnik vositalar, aloqa vositalari hamda dasturiy mahsulotlar bilan ta’minlashini kuchaytirish;

  • daromadlarni byudjetning turli darajalari o‘rtasida taqsimot qilish funksiyalarini bank muassasalaridan bosqichma-bosqich G‘aznachilik bo‘linmalariga o‘tkazish;

  • Davlat byudjetiga tushadigan soliq va bojxona tushumlarini Davlat byudjeti g‘azna ijrosiga o‘tkazish;

  • G‘aznachilik bilan soliq organlari va banklarning o‘zaro harakatini aniq tartibini ishlab chiqish;

  • Davlat maqsadli fondlariga daromadlarni tushish ustidan nazoratni olib boruvchi tashkilotlarni G‘aznachilik bilan o‘zaro harakat tartibini ishlab chiqish hamda ular o‘rtasida axborot almashinuvi dasturiy ta’minotini yanada takomillashtirish;

  • amalda faoliyat ko‘rsatayotgan byudjetdan tashqari fondlar va davlat maqsadli jamg‘armalari nazoratni tashkil etish;
  1. byudjet xarajatlari ijrosi sohasida:


  • byudjetdan mablag‘ oluvchilarning banklardagi hisobvaraqlarini yopish va ularning shaxsiy hisobvaraqlarini Davlat byudjeti g‘azna ijrosining axborot tizimida ochish;

  • G‘aznachilik bo‘linmalarining byudjetdan mablag‘ oluvchilarga naqd pul berish bo‘yicha maxsus hisobvaraqlar bilan ishlaydigan banklar bilan o‘zaro munosabatlar tartibini yanada takomillashtirish;

  • g‘aznachilikda tarmoqli va hududiy boshqarish organlariga Davlat maqsadli fondlar mablag‘larini sarf qilish bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarni ochish;

  • Davlat byudjeti g‘azna ijrosi elementlarini joriy qilish natijalarini umumlashtirish va Davlat byudjeti g‘azna ijrosi tartibini va dasturiy komplekslarni ko‘paytirish;

  • byudjet majburiyatlari (shartnomalar va byudjetdan mablag‘ oluvchilarning hamkorlari oldida paydo bo‘ladigan yuridik majburiyatlarini asoslovchi hujjatlar) hisobini olib borish tizimini yanada takomillashtirish hamda byudjetdan mablag‘ oluvchilarning moliyaviy majburiyatlari hisobini olib borishni mukammallashtirish;

  • O‘zbekiston Respublikasi byudjeti hisobvaraqlardagi pul mablag‘larini kundalik jamlama balansini tuzish bilan markazlashtirilgan holda boshqarish tizimini yaxshilash.

Xorijiy mamlakatlar tajriblaridan shuni xulosa qilish mumkinki, g‘aznachilikning «amerika modeli» davlat pul mablag‘larini, davlat qarzlarini,
moliyaviy aktivlarini boshqarishda, byudjetni ijro etishda, nazorat funksiyasini amalga oshirishda ancha keng vakolatga ega. AQShdagi g‘aznachilik modelini o‘rganib, g‘aznachilikning «o‘zbek modeli»ni yaratish va buni uzoq muddatli dastur sifatida qabul qilish lozim.



Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin