Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun samarali faliyat qiluvchi davlat zarur. Davlat jamiyatga va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun me’yoriy va institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o‘z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun moddiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi. Shu vazifalardan kelib chiqqan holda davlatning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
Bozor xo‘jaligining institutsional asoslarini shakllantiruvchi qonuniy hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish, amalga oshirish va takomillashtirish.
Makroiqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash,iqtisodiyotni samarali boshqarish va tartibga solish.
Asosiy ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish, aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash.
Milliy manfaatlarni himoya qilgan holda, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonlarini boshqarish va tartibga solish.
Davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasi va milliy havfsizligini ta’minlash.
Tabiat muhofazasi va ekologik muvozanatni ta’minlash bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish va sh.k47.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakat iqtisodiy salohiyatining oshib borishi bilan davlatning kuch-qudrati, uning o‘z funksiyalarini kengaytirib borish imkoniyati ortib boradi. Zero, 2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarida belgilangan vazifa - makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolishda byudjetxarajatlarningijtimoiyyo‘naltirilganinisaqlabqolganholdaDavlatbyudjetiningbarchadarajalaridamutanosiblikni ta’minlashbelgilangan48. Davlat o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek, rivojlanishning har bir bosqichida dolzarb bo‘lgan strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o‘z qo‘lida to‘plamog‘i va maqsadga muvofiq sarflamog‘i obyektiv zaruriyatdir. Aynan shu obyektiv zaruriyatning mavjud bo‘lishi davlat byudjetixarajatlariningmavjud bo‘lishini taqozo etadi.
Davlat byudjeti xarajatlari YaIMning qayta taqsimlanishi natijasida davlatbyudjetidajamlanganpulmablag‘lariningmaqsadgamuvofiqqaytataqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog‘liq byudjet qonunchiligi bilan tartibgasolinadigan pulmunosabatlariyig‘indisidir49. Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibiga kiruvchi davlat maxsus fondlari bilan birgalikda esa xarajatlar ushbu davrda YaIM ning o‘rtacha 32-34 foizini tashkil qilgan.
47 Pulatov D.X., Nurmuxamedova B.I. G‘aznachilik. Darslik. T.: Sano-standart, 2014. 372 b.
48 “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni.
49 Колесов А.С. Буджетний процесс: сушчност и совершенствование // Финанси. № 11. 2010. С 8.
Mazkur ko‘rsatkichlarning birmuncha yuqori bo‘lishi O‘zbekiston ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyotga ega ekanligidan hamda davlatning iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarga ta’siri ko‘lami kuchli ekanligidan dalolat beradi.
Byudjet kodeksining 112-moddasida byudjet tizimi byudjetlari ijrosida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari daromadlari vaxarajatlarining yoyilmasi50yuritilib:
byudjet tasnifiga muvofiq tuzilgan daromadlar va xarajatlar prognozining ularning tasdiqlangan parametrlariga muvofiqligini;
daromadlar va xarajatlar parametrlari ijrosining monitoringini ta’minlash maqsadida tuziladi.
Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining daromad qismi tegishli byudjet daromadlarining byudjet tasnifiga muvofiq oyma-oy bo‘lingan yillik hajmlaridan tashkil topadi.
Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining xarajat qismi tegishli byudjet xarajatlarining byudjet tasnifiga muvofiq oyma-oy bo‘lingan moliya yili uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida tuziladigan yillik hajmlaridan tashkil topadi.
Daromadlar va xarajatlar yoyilmasi:
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti bo‘yicha – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan;
tumanlar va shaharlar byudjetlari bo‘yicha – tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan;
davlat maqsadli jamg‘armalari bo‘yicha – davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan tuziladi.
50 O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 112-moddasi.
1-rasm.Daromadlar va xarajatlar yoyilmasini tuzish vakolatining