Byudjet tizimi byudjetlarining xarajatlari daromadlar va xarajatlar yoyilmasida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida hamda byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan muddatlarda, daromadlarning tushishi hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarga turli darajadagi byudjetlardan byudjet mablag‘larini ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar mustasno.
Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi jarayonida byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar:
quyidagilar munosabati bilan foydalanilmay qolgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning:
byudjet tashkilotlarining tarmog‘i, shtatlari va kontingentlari bo‘yicha reja bajarilmaganligi;
byudjet tashkilotlarining tasdiqlangan shtat jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari to‘ldirilmaganligi;
kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar moliya yili yakuni bo‘yicha to‘liq o‘zlashtirilmaganligi;
byudjet tashkiloti va byudjet mablag‘lari oluvchilar faoliyati to‘xtatib turilganligi, to‘xtatib turilgan davr uchun;
davlat moliyaviy nazorati bo‘yicha tadbirlar davomida aniqlangan, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tasdiqlangan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan ortiqcha va qonunga xilof ravishda byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning;
moliya yili boshiga tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralarining;
dotatsiyalar va subsidiyalarni to‘lash uchun mo‘ljallanib, zarurat qolmagan summalariga kamaytiriladi.
Byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni kamaytirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi51.
Byudjet tizimi byudjetlarining kassaxarajatlariniamalgaoshirishG‘aznachilik bo‘linmalari byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning buyurtmalari bo‘yicha to‘lovlarni ularda byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar, yuridik va moliyaviy majburiyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda,
51O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 120-moddasiga asosan.
shuningdek byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larining qoldiqlari doirasida amalga oshiradi.