D tashmuxamedova


Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlarini amalga oshirish ruxsatnomalari



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə55/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlarini amalga oshirish ruxsatnomalari


G‘aznachilik organlari tomonidan bajariladigan vazifalarning murakkabligi va ko‘p qirraligi shundaki, g‘aznachilik faoliyatini joriy qilishda zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalaridan foydalanadi. Bu esa byudjet ijrosi jarayonida nafaqat bank tizimini bog‘laydi. Balki, bu jarayonlarda turli darajadagi moliya organlari, byudjet tashkilotlari, tarmoq idoralari, davlat maqsadli jamg‘armalari, byudjetdan tashqari fondlar, bank, bojxona, soliq organlarining o‘zaro aloqasi o‘rnatiladi.
G‘aznachilikning axborot tizimi har bir byudjet tashkiloti bo‘yicha uning xarajatlari va tushumlari to‘g‘risida doim tezkor ma’lumot olishga imkon beradi. G‘aznachilik byudjetning ijrosi jarayonini yaxshilaydi, yuqori boshqaruv organlarini byudjet ijrosi haqida yanada kengroq axborotlar bilan ta’minlaydi.
G‘aznachilikda byudjet tashkilotlari kelgusida to‘lov xabarnomalarini banklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri berish o‘rniga g‘azna bo‘limlariga nazorat uchun jo‘natiladi, g‘azna nazorati faqat muvofiqlashtiruvchi nazorat bo‘ladi, g‘azna mazkur to‘lovni amalga oshirish uchun haqiqatda to‘lov xabarnomasi to‘g‘ri asoslanganligini smetalar, kassa limitlari bilan tekshiradi. Byudjet tasnifi bo‘yicha kassa hisoboti g‘azna tomonidan amalga oshiriladi. Banklar solishtirish uchun operatsiyalar bo‘yicha har kuni hisobot berib boradi. Shartnomaviy majburiyatlar va solishtirish natijalarini g‘azna jurnallarida ro‘yxatdan o‘tkazilib boriladi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarga ular uchun G‘aznachilikda yoki uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisobraqamlaridan ko‘chirmalar, ularning xarajatlarini qoplashga byudjet mablag‘lari o‘tkazilganligini tasdiqlaydigan to‘lov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi va manbalar bo‘yicha tegishli byudjetlar daromadlari tushumi hisobini yuritadi. Moliya organlarining topshirig‘i bo‘yicha yuqori byudjetlarda nazarda tutilgan rejali dotatsiyalar, subvensiyalar, byudjet ssudalari summasini va boshqa to‘lovlarni quyi byudjetlarning g‘aznachilik hisobraqamlariga o‘tkazadi. Byudjet tashkilotlari va buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar doirasida va maqsadga muvofiq tuzilishi ustidan qattiq nazorat qilish asosida shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi. Byudjet tashkilotlarini, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib boradi, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx- navo yechimi qoidalariga ko‘ra, vositachilik xizmatlaridan voz kechishni nazarda tutadi.
Schyot-fakturalar va tovarlar yetkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi) holatini tasdiqlaydigan yoki byudjetdan mablag‘ oluvchilarga soliqlar, yig‘imlar hamda byudjetga va byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar uchun byudjet mablag‘larini o‘tkazish majburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlar asosida byudjet mablag‘i oluv- chilarning moliyaviy majburiyatlari hisobini yuritadi.
Xorijiy mamlakatlar tajribalari shuni ko‘rsatadiki, “Rossiya Federatsiyasida ayrim holatlarda (davlat boshqaruv organlari va mas’ul shaxslarning noqonuniy qarorlari asosida yuridik va jismoniy shaxslarga zarar etkazilganligi uchun byudjetdan kompensatsiya berish to‘g‘risida sud qarori mavjud bo‘lsa) byudjet hisobraqamlaridan G‘aznachilik Departamenti ruxsatnomalarisiz xarajatlar uchun mablag‘larni o‘tkazishga ruxsat beriladi»1.
G‘aznachilikda to‘lovlarni amalga oshirish byudjet mablag‘lari oluvchi- larning yuridik majburiyatlari asosida moliyaviy majburiyatlarni bajarilishi deb tushuniladi.
Hozirgi kunda respublikamiz barcha hududlarida Hududiy g‘azna hisobraqami ochilgan bo‘lib, g‘aznachilik tizimining joriy etilishi bilan mahalliy byudjetlarda bo‘ladigan kassa uzilishlarni oldi olinmoqda, bu bilan mablag‘larning o‘z vaqtida va manzilli moliyalashtirish ta’minlanmoqda, amalga oshirilgan xarajatlar va daromadlar to‘g‘risida tezkor axborot olinmoqda. G‘aznachilik organlari byudjet tashkilotlari va oluvchilar uchun muhim rol o‘ynaydi. Byudjetdan mablag‘ oluvchilar tasdiqlangan tartibda g‘aznachilik or- ganlarida shaxsiy hisobvaraq ochadilar, bu hisoblarda davlat byudjeti tomonidan ajratilgan mablag‘ saqlanadi.

Davlat byudjetning barcha xarajatlari har bir byudjet oluvchi uchun o‘zining qat’i yo‘nalishiga ega. Bu yo‘nalish byudjet tasnifi kodlariga ega: bob, bo‘lim, bo‘linma, maqsadli bo‘linma, xarajat turi. Shundan kelib chiqqan holda,
1 Zolotareva A. Sovershenstvovanie protsedur razrabotki, utverjdeniya, ispolneniya i kontrolya za ispolneniem Gosudarstvennogo byudjeta: Monografiya. M., 2008. S. 31.
har bir byudjet oluvchiga bir necha shaxsiy hisobraqami ochiladi. Har bir hisobraqam bo‘yicha iqtisodiy tasnifga asosan bir necha yo‘nalish beriladi. G‘aznachilikda byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjet mablag‘laridan qonunga muvofiq maqsadli foydalanishi ustidan yakuniy nazoratni Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari amalga oshiradi. Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning rahbari va bosh buxgalteri qonunga muvofiq to‘g‘ri rasmiylashtirganlik, yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar asosliligi, tovarlar yetkazib berilishini va yetkazib beruvchilardan qarz mavjudligini tasdiqlaydigan birlamchi hujjatlarning haqqoniyligi uchun javobgar bo‘ladi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, g‘aznachilik bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan eng asosiy vazifalar qatoriga byudjetdan mablag‘ oluvchilar shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga qat’i muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish, xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’i summalar doirasida tovarlar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi)larning bevosita hisobraqamlariga byudjetdan mablag‘ oluvchilar nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash kiradi. Biroq byudjetdan mablag‘ oluvchining xarajatlar smetasida belgilangan mablag‘ doirasida shartnoma imzolanmaydigan va imzolanadigan yo‘nalishlarda yuridik majburiyatlar qabul qilingan yoki ushbu yuridik majburiyatlarning ikkinchi ko‘rinishi yuzasidan tovarlar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi)lar taqdim qilgan turli hisob-kitob hujjatlari asosida moliyaviy majburiyatlar qabul qilingan sharoitlarda to‘lovlarni amalga oshirish uchun mablag‘ tanqisligi muammosini ko‘pincha ushbu paytda tegishli mahalliy byudjetda vaqtinchalik kassa uzilishlari oqibatida yetarli mablag‘ bo‘lmasligi omili keltirib chiqishi holati amaliyotda ko‘p kuzatilishi barchamizga ma’lum. Shu sababli byudjetdan mablag‘ oluvchining xarajatlar smetasida belgilangan
mablag‘ doirasida shartnoma imzolanmaydigan yoki imzolanadigan muayyan xarajat turining ma’lum bir davr (yil yoki oy) uchun summasidan shu davr bo‘- yicha sarflanishi mumkin bo‘lgan qismini xarajatlar smetasidan emas, balki mahalliy byudjet bo‘yicha kutilayotgan daromadlar prognozi asosidagi kassali rejalashtirishdan (soddaroq aytganda, mavjud imkoniyatdan) kelib chiqib oldindan belgilab qo‘yish tartibi iqtisodiyotda majburiyatlarning bajarilmay qolishi, xo‘jalik aloqalari va to‘lov intizomi buzilishi, nizolar va ular asosida ortiqcha moliyaviy sanktsiyalar yuzaga kelishi, shuningdek, debitorlik qarzlarini undira olmagan tomonning soliqlarni o‘z vaqtida to‘lay olmaslik va boshqa masalalarda qiyinchiliklarga duchor bo‘lishi kabi bir qator salbiy holatlarning oldini oladi.
Davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar pul oqimini rejalashtirishning asosiy maqsadi Davlat byudjeti pul mablag‘larini boshqarish uchun asoslangan hisob-kitoblar ko‘rinishida poydevor bo‘lib xizmat qilish bo‘lsa, o‘z navbatida Davlat byudjeti pul mablag‘larini boshqarishning maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • byudjetlarning daromadlar va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishlarini operativ bartaraf etish;

  • byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish;

  • hududiy (respublika) g‘azna hisobvaraqlari (HG‘H (RG‘H))dagi pul mablag‘laridan samarali foydalanish.

Nizomga ko‘ra aniq belgilab berilgan tushuncha – kassali rejalashtirish- ning mazmuni tushumlarning hajmi va manbalari, shuningdek, to‘lovlarning yo‘nalishi va maqsadlari bo‘yicha respublika va mahalliy byudjetlar kassa rejalarini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladigan hududiy (respublika) g‘azna hisobvaraqlari orqali o‘tadigan pul mablag‘larining aylanmasini rejalashtirish va boshqarishdan iborat.
Davlat byudjeti ijrosi uchun yangi jarayonni ifodalovchi tushunchalardan biri – xarajatlar to‘lovi ruxsatnomasi (tayinlash sertifikati) (XTR) – xarajatlar
to‘lovi ruxsatnomasida ko‘rsatilgan vaqt davridan boshlab, uning doirasida byudjetdan mablag‘ oluvchi yuridik majburiyatni qabul qilishi mumkin bo‘lgan g‘aznachilik bo‘linmasi tomonidan byudjetdan mablag‘ oluvchiga beriladigan byudjetdan ajratilgan mablag‘lar summasini aks ettiradigan hujjat.
Respublika va mahalliy byudjetlarning yillik kassali rejalashtirilishi tegishli byudjetlarning oylik daromadlar va xarajatlar yoyilmasiga asosan amalga oshiriladi. Nizom orqali joriy kassali rejalashtirilish bilan bog‘liq amaliyotga kiritilgan yangiliklardan biri sifatida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan byudjetdan mablag‘ oluvchilarga XTR berilishi asosida respublika va mahalliy byudjetlar ijrosi amalga oshiriladigan sharoitda ushbu ikki darajadagi byudjetlarning oylik daromad prognoziga asosan kassali rejalashtirilishi uchun zarur axborot – kutilayotgan daromadlar tushumi to‘g‘risidagi tezkor (operativ) ma’lumotlardan foydalanilishini alohida ta’kidlab o‘tish kerak.
Hozirgi kunda byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda byudjetlarning daromadlar va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishlarini bartaraf etish uchun G‘aznachilik bo‘linmalari tegishli byudjet bo‘yicha mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda o‘zlari uchun belgilangan quyidagi imkoniyatlardan samarali va o‘z o‘rnida foydalanishlari muhim ahamiyat kasb etadi:

  • g‘azna hisobvaraqlaridagi aylanma kassa mablag‘larini belgilangan tartibda ishlatish;

  • tegishli byudjetlar tomonidan byudjet ssudalari olinishi tashabbusi bilan chiqish;

  • mablag‘larni jalb qilishda qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa manbalardan (respublika byudjeti bo‘yicha) foydalanish.

Daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi kassa uzilishlarini bartaraf etish maqsadida XTR faqat tegishli davrda HG‘H (RG‘H)ga tushishi kutilayotgan summalar doirasida beriladi.

Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin