rasm. Xarajatlar smetasida nazarda tutilgan tarmoq ko‘rsatkichlari tarkibi
Tashkilotlar tomonidan berilgan buyurtmalar markazlashtirilgan buxgalteriyalar tomonidan tegishli tashkilotlarning vakillari ishtirokida oldindan ko‘rib chiqiladi hamda jamlanma xarajatlar smetasini tuzishda hisobga olinadi.
Markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuzilgan jamlanma xarajatlar smetasining loyihalari tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Markazlashtirilgan buxgalteriyalar tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning xarajatlar smetasi tashkilotlar bilan markazlashtirilgan buxgalteriyalar bosh (katta) hisobchilari yoki iqtisodchilari ishtirokida tuziladi.
Byudjet mablag‘larini taqsimlovchining jamlanma xarajatlar smetasi byudjet mablag‘larini taqsimlovchining bosh buxgalteri (uning o‘rinbosari) va moliya-iqtisod bo‘linmasi boshlig‘i (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalari bo‘yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda byudjet mablag‘larini taqsimlovchining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik muassasalari bo‘yicha xarajatlar smetalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bosh buxgalteri va moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i tomonidan imzolanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
Kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlarning smetalari buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan qurilishlarning manzilli ro‘yxatlari va obyektlarning titul ro‘yxatlari asosida tuziladi.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini byudjet mablag‘larini taqsimlovchining jamlanma xarajatlar smetalarini tasdiqlash joriy moliya yilining 10-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun byudjet tashkilotlarining va
byudjet mablag‘lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya yilining 25-dekabrigacha tuziladi, tasdiqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Vaqtinchalik xarajatlar smetasida nazarda tutiladigan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar o‘tgan moliya yilining oxirgi choragidagi byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan ortiq bo‘lmasligi lozim. Vaqtinchalik xarajatlar smetasida nazarda tutiladigan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar qonun
hujjatlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar summasiga aniqlashtirilishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan xarajatlar smetasida birinchi chorak uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar vaqtinchalik xarajatlar smetasida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan kam bo‘lmasligi kerak.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, joriy moliya yilining 1-aprelidan e’tiboran byudjet tashkiloti va byudjet mablag‘lari oluvchining byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan xarajatlari xarajatlar smetasi ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar to‘xtatib turiladi.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish hamda tasdiqlash byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari uchun belgilangan tartibga o‘xshash tartibda amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasining daromad qismi moliya yili boshidagi mablag‘lar qoldig‘i hamda daromadlarning manbalar kesimidagi prognozidan tashkil topadi.
Qonun hujjatlariga muvofiq byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan xodimlar soni saqlab turilgan taqdirda, byudjetdan tashqari jamg‘armalar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasiga ko‘rsatilgan xodimlar soni bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan shtat jadvali ilova qilinadi.
Byudjet tashkilotining shtat jadvali 1-yanvar holatiga ko‘ra har bir byudjet tashkiloti bo‘yicha mazkur tashkilot uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha tuziladi.
Yangidan tuzilayotgan byudjet tashkilotining shtat jadvali, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, byudjet tashkiloti faoliyat ko‘rsata boshlashidan ikki oy oldin tuziladi va kuchga kiradi.
Lavozimlarning nomlari va xodimlar soni, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar, bazaviy stavkalar:
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida, namunaviy shtatlarda hamda qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tarif razryadlarida va bazaviy stavkalarda nazarda tutilgan lavozimlarga;
tasdiqlangan namunaviy shtatlarda nazarda tutilgan xodimlar soniga;
xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soniga, shu jumladan byudjet tashkilotlarining byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan saqlab turilgan boshqaruv xodimlari soniga;
davlat boshqaruvi organlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqaruv, xizmatlar ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari sonining o‘zaro nisbati normativlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ish haqining hisob-kitobi tarifikatsiya ro‘yxatlariga muvofiq amalga oshiriladigan lavozimlar shtat jadvaliga lavozimlarning har bir guruhi bo‘yicha stavkalar soni, oylik mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi ko‘rsatilgan, tarifikatsiya ro‘yxatining shtat jadvaliga ilova qilingan holda kiritiladi.
Ayrim byudjet tashkilotlari uchun tasdiqlangan namunaviy shtat normativlari va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar, bazaviy stavkalar mavjud bo‘lmaganda, ularning shtat jadvallariga kiritiladigan lavozimlarning nomi va xodimlar soni hamda ularning mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razryadlari, bazaviy stavkalari ushbu tashkilotlar tomonidan tashkilotning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra belgilanadi.
rasm. Shtatlar jadvallarini shakllantirish me’yorlari tarkibi
Byudjet tashkilotining shtat jadvali tashkilotning bosh buxgalteri (uning o‘rinbosari) va moliya-iqtisod bo‘linmasi boshlig‘i (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Byudjet tashkilotlarining shtat jadvallarini tasdiqlash joriy moliya yilining 10 martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Tashkilotlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetalari va shtat jadvallari ular moliya va g‘aznachilik organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin amalga kiritiladi.
Joriy yilning 1-apreligacha:
byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha tasdiqlangan jamlanma xarajatlar smetalari va jamlanma shtat jadvallari, shuningdek xarajatlar smetalari va shtat jadvallari – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning tasdiqlangan xarajatlar smetalari va shtat jadvallari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalarida;
– tumanlar va shaharlar byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning tasdiqlangan xarajatlar smetalari va shtat jadvallari – tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |