D tashmuxamedova



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə50/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

xarajatlarning birinchi – uchinchi guruhlari bo‘yicha – xarajatlarning moddalariga ko‘ra ajratib;

  • xarajatlarning to‘rtinchi guruhi bo‘yicha – xarajatlarning moddalariga ko‘ra ajratmasdan tuziladi.

    Xarajatlar smetasiga xarajatlarning moddalari bo‘yicha to‘rtinchi guruh xarajatlari yoyilmasi, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ustuvor ravishda kichik tadbirkorlik subyektlaridan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) guruhlarining ro‘yxati bo‘yicha xarajatlar yoyilmasi ilova qilinadi.
    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik muassasalari bo‘yicha xarajatlar smetalari har bir diplomatik muassasa bo‘yicha alohida-alohida xorijiy va milliy valyutalarda tuziladi.
    Xarajatlar smetasida tasdiqlangan byudjet mablag‘larini oluvchilarga yetkazish. Respublika va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar e’tiboriga byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning xarajatlar smetasida tasdiqlangan miqdori yetkaziladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi - xarajatlarni amalga oshirishdagi majburiyatlarni qabul qilishda byudjet tashkilotlariga byudjet majburiyatlari limitini belgilash va yetkazishdir. Byudjet majburiyatlarining limiti byudjet ijrosini amalga oshiruvchi byudjet mablag‘larini taqsimlovchi, oluvchi organlar uchun aniqlangan va tasdiqlangan byudjet majburiyatlarining yig‘indisidir.
    Boshqacha qilib aytganda, byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish rejasining hajmi davlatning byudjetdan mablag‘ oluvchiga byudjet majburiyatlarini qabul qilish huquqining berilishidir. Byudjet xarajatlarini kassali ijro etishda belgilangan tartibda va chegaralangan mablag‘lar doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetasiga asosan qabul qilingan byudjet majburiyatlarini to‘lovi amalga oshiriladi.



    53 O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 102-moddasiga ko‘ra.
    Davlat byudjetidan majburiyatlarning to‘lovi belgilangan tartibda ras- miylashtirilgan byudjet mablag‘i oluvchilarining taqdim qilgan va byudjet majburiyatlari ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar asosida xarajatlarning amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Ta’kidlab o‘tish kerakki, alohida mahalliy byudjetlarning xarajatlar tarkibi bir xil bo‘lmaydi, shu mintaqadagi turli darajada bo‘lgan xo‘jalik va idoralarning hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
    Davlat byudjetining to‘la hajmda moliyalashtiriladigan birinchi navbatdagi xarajatlarga ish haqi, ish haqidan ajratmalar, stipendiyalar, nafaqalar, ovqatlanish va dori-darmonlarni sotib olish uchun sarflanadigan xarajatlarni ko‘rsatish mumkin.







    Yüklə 5,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   139




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin