Yuridik majburiyatlar bo‘limida shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan shartnomalar I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar (YuMMR buyurtmalari) asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi.
Bunda «UzASBO» DMga ulangan buyurtmachilar YuMMR buyurtmasini «UzASBO» DMda shakllantiradi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga elektron shaklini yuboradi1.
«UzASBO» DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan elektron YuMMR buyurtmalari rasmiylashtiriladi, ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi, o‘zaro muvofiqligi va aslining saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun buyurtmachilar g‘aznachilik bo‘linmalariga mazkur shartnomaning ikkita asli va bitta nusxasini, ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali taqdim etadi. Bunda «UzASBO» DMga ulangan buyurtmachilar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi ma’lumotlarini «UzASBO» DMga kiritadi2.
Buyurtmachilarning «UzASBO» DM orqali elektron shaklda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan YuMMR buyurtmalari g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan bir ish kuni ichida mas’ul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda «O‘RMV» ATda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko‘rsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.
«UzASBO» DMga ulanmagan buyurtmachilar YuMMR buyurtmalarini qog‘oz shaklida ikki asl nusxada, unda ko‘rsatilgan summalarni to‘lashga to‘lov hujjatlari ilova qilingan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim qiladi.
G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmalarini qabul qilganlaridan so‘ng YuMMR buyurtmalariga qabul qilib olgan sanasini ko‘rsatgan holda o‘z imzolarini qo‘yadi.
G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari bir ish kuni mobaynida YuMMR buyurtmalarida ko‘rsatilgan summalarni xarajatlarni qoplashga tegishli
1 “O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar” O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 20-noyabr 2017-yildagi 159-son buyrug‘i asosida.
2 O‘sha manba
manbalarning (byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari) mavjudligiga, shuningdek ularga ilova qilingan to‘lov hujjatlaridagi summalarni YuMMR buyurtmalarida ko‘rsatilgan summalarga muvofiqligi yuzasidan tekshiradi.
Kamchiliklar bo‘lmaganida g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari tomonidan YuMMR buyurtmalari:
byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — YuMMR buyurtmalarining ikki asliga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va sanasini ko‘rsatgan holda «Ro‘yxatdan o‘tkazildi» shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha — YuMMR buyurtmalarining ikki asliga hisobga olish raqami va sanasini ko‘rsatgan holda «Buyurtma bo‘yicha to‘lovlar shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi» yozuvi bilan
«Hisobga olindi» shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish yo‘li bilan hisobga olinadi.
YuMMR buyurtmalarida kamchiliklar aniqlanganida, g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmasida kamchiliklarini ko‘rsatgan holda uni buyurtmachining mas’ul xodimigaqaytaradi.
Kamchiliklari ko‘rsatib qaytarilgan YuMMR buyurtmalari to‘g‘risidagi ma’lumot hisobi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan «O‘RMV» ATda elektron shaklda amalga oshiriladi.
YuMMR buyurtmasi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilganidan yoki hisobga olinganidan so‘ng buyurtmachilarning mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmasining ikki asliga qabul qilib olgan sanasini ko‘rsatgan holda o‘z imzosini qo‘yadi va YuMMR buyurtmasining bir asli buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytariladi. YuMMR buyurtmasining ikkinchi asli g‘aznachilik bo‘linmalarida saqlash uchun qoladi.