3-rasm. I guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va xarajatlar to‘lovi
To‘lov topshiriqnomalari g‘aznachilik bo‘linmalariga uch nusxada
taqdim qilinadi.
Birinchi nusxasi- buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to‘lov topshiriqnomalarining buyurtmachilarning g‘aznachilik bo‘linmalariga shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i
bo‘yicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi.
Ikkinchi nusxasi-to‘lov topshiriqnomalarining g‘aznachilik bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va YaG‘Hdan xarajatlar to‘lovini amalga oshirish uchun asos bo‘ladi.
Uchinchi nusxasi G‘aznachilik bo‘linmalarining «TO‘LANDI» belgisi bilan va to‘langan sana qo‘yilgan to‘lov topshiriqnomalarining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytariladi.
Bunda to‘lov topshiriqnomalarining:
«Mablag‘larni to‘lovchining nomi» ustunida g‘aznachilik bo‘linmasining nomi,
«Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘i» ustunida — YaG‘H,
«To‘lov maqsadi» ustunida — buyurtmachining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami,
STIRi va nomi,
byudjet tasnifining tegishli kodlari,
to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjat,
to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi.
To‘lov topshiriqnomasi N
|
|
Sana
|
|
|
To‘lovchi nomi
|
|
|
|
|
|
|
DEBET
|
|
|
|
|
|
|
To‘lovchining hisobraqami
|
|
|
To‘lovchining STIRi
|
|
|
|
|
To‘lovchining banki
|
|
|
To‘lovchining bank kodi
|
|
|
|
|
Summa
|
|
so‘m
|
tiyin
|
|
|
|
|
|
|
Oluvchining nomi
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi
|
KREDIT
|
|
|
|
|
|
|
Yagona g‘azna hisobvarag‘i
|
23 402 000 300 100 001 010
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Oluvchining banki
|
MB Toshkent sh. Bosh boshqarmasi HKKM
|
Oluvchining bank kodi
|
00014
|
Summa yozuvda
|
|
|
Daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i
Mablag‘lar Va- Na- Hudu- Da- Tash- manbai va lyuta zorat diy romad kiliy byudjet- kodi kali- tasnif turi tasnif larning ti kodi kodi
darajasi
To‘lov maqsadi
Tashkilot rahbari Bosh buxgalter
M.O‘. Tekshirildi Ma’qullandi Bank tomonidan ijro etildi
(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)
|
4-rasm. To‘lov topshiriqnomasi shakli1
Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari “Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosi Qoidalari”ga muvofiq bo‘lganda, g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari to‘lov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasiga «TEKShIRILDI» belgisini, to‘lov topshiriqnomalari qabul qilingan sanani va o‘zining imzosini qo‘yadi. To‘lov topshiriqnomalar Qoidalar talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari to‘lov topshiriqnomalarining orqa tomonida qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda ularni buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytaradi. To‘lov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasini g‘aznachilik bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari imzolari va g‘aznachilik bo‘linmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi.
G‘aznachilik memorial orderlari – bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan boshqa shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga mablag‘lar o‘tkazish uchun asos bo‘lib,
1O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016-yil 30-martda 2771-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qarorining 4-ilovasi asosida.
buyurtmachilar tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalariga uch nusxada taqdim qilinadi:
G‘aznachilik memorial orderlarining birinchi nusxasi – buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlanib buyurtmachilarning g‘aznachilik bo‘linmalariga shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi.
G‘aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasi - g‘aznachilik bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va buyurtmachilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan mablag‘larni o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
G‘aznachilik memorial orderlarining uchinchi nusxasi - G‘aznachilik bo‘linmalarining «TO‘LANDI» belgisi qo‘yiladi, to‘langan sana qo‘yiladi, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirma bilan birgalikda buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytariladi.
G‘aznachilik memorial orderlarining
«To‘lov maqsadi» ustunida-To‘lov turlari bo‘yicha ma’lumotnomaga asosan tegishli to‘lov kodi,
buyurtmachilarning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami,
STIRi va nomi,
byudjet tasnifining tegishli kodlari,
to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjat,
to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: |