III guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish hamda xarajatlar to‘lovi
III guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalari va qonun hujjatlariga muvofiq
hisobvaraq-faktura o‘rnini bosuvchi hujjatlar (bundan buyon matnda hisobvaraq-faktura deb yuritiladi) asosida qabul qilinadi.
III guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan hisobvaraq-fakturalar hamda moliyaviy majburiyatlarmavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida yuridik majburiyatlar va xarajatlarni to‘lashuchunruxsatnoma doirasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va hisobga olinadi.
Kapital qo‘yilma buyurtmachilari tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar olganlaridan so‘ngo‘nishkunidan kechikmasdan ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun ularning asli va nusxasini belgilangan shakldagi ikki asl nusxada Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma bilan birga tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim qilishi lozim.
O‘n ish kunidan kechikib taqdim qilingan hisobvaraq-fakturalar kapital qo‘yilma buyurtmachilarining kechikish sababi ko‘rsatilgan, kapital qo‘yilma buyurtmachisining rahbari va bosh buxgalteri imzolagan yozma tushuntirishi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi.
G‘aznachilik bo‘linmalari kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan buyurtma va hisobvaraq-fakturalar asosida ular taqdimqilinganidankeyingikundankechikmasdanmoliyaviy majburiyatlarni byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — mas’ul xodim tomonidan Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikki asliga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va sanasini ko‘rsatib «Ro‘yxatdan o‘tkazildi» shtampi va shaxsiy imzosini qo‘yish hamda g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli shaxsi tomonidan shaxsiy imzosi va
«Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish» muhrini qo‘yish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning biraslivahisobvaraq-fakturalarning asli kapital qo‘yilma buyurtmachilariga qaytariladi, Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikkinchiasli va hisobvaraq-fakturalarning nusxasi g‘aznachilik bo‘linmalarida saqlashuchunqoladi.
Agar hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha bajarilgan ishlar hajmi ishlarni bajarish jadvalidan ilgarilab ketish natijasida yuzaga kelgan hamda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan yoki hisobga olinadigan moliyaviy majburiyatlar tegishli yil uchun rejalashtirilgan mablag‘lardan oshsa, kapital qo‘yilma buyurtmachilari g‘aznachilik bo‘linmalariga tegishli hujjatlar bilan birga bosh buxgalterlari tomonidan imzolangan ma’lumotnoma taqdim etadi. Ushbu ma’lumotnomada tegishli hisobvaraq-faktura rekvizitlari hamda smeta doirasida joriy yil uchun qabul qilinishi lozim bo‘lgan moliyaviy majburiyat summasi ko‘rsatiladi. Bunda moliyaviy majburiyatlar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan kapital qo‘yilma buyurtmachilarining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan summa doirasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi.
Kapital qo‘yilma buyurtmachilarining «UzASBO» DM orqali elektron shaklda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan birishkuniichida mas’ul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda
«O‘RMV» ATda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko‘rsatilgan holda elektron tarzda kapital qo‘yilma buyurtmachilariga qaytariladi.
«UzASBO» DMga ulanmagan kapital qo‘yilma buyurtmachilari to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarini g‘aznachilik bo‘linmalariga qog‘oz shaklda taqdim qiladi.
Kapital qo‘yilma buyurtmachilarining xarajatlarto‘loviquyidagi talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
to‘lov hujjatida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami; kapital qo‘yilma buyurtmachisining nomi va STIRi; byudjet tasnifining tegishli kodlari; yuridik majburiyat yuzaga kelishiga asos bo‘lgan hujjat va hisobvaraq- faktura raqami va sanasi; avans (to‘lov) miqdori va to‘lov maqsadi to‘g‘riko‘rsatilganida;
qurilishlarning tasdiqlangan manzilli va titul ro‘yxatlari asosida va tegishli obyektlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardagi mavjud ajratilgan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari qoldig‘i doirasida;
agar to‘lov topshiriqnomasida yoki g‘azna memorial orderida ko‘rsatilgan summa g‘aznachilik bo‘linmasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan yuridik majburiyatga asosan oldin o‘tkazilgan mablag‘larni hisobga olgan holda to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘laridan oshmasa;
g) hisobvaraq-fakturalar, kapital qo‘yilma buyurtmachisining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarga (pudratchilarga) oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi solishtirish dalolatnomasi, shuningdek avans to‘lovlarini o‘tkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda;
d) to‘lov topshiriqnomasida yoki g‘azna memorial orderida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlari yuridik va moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlariga muvofiq bo‘lganida.