IV guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish hamda xarajatlar to‘lovi
Xarajatlar smetalarining IV guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalariasosidaqabul qilinadi. IV guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan hisobvaraq-fakturalar hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida yuridik majburiyatlar va xarajatlarni to‘lash uchun ruxsatnoma doirasidaro‘yxatdan o‘tkaziladi va hisobga olinadi1.
Buyurtmachilar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar olganidan so‘ng besh ish kunidan kechikmasdan ularni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun ularni asli va nusxasini ikki asl nusxada Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma bilan birga tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim qilishi lozim.
Besh ish kunidan kechikib taqdim qilingan hisobvaraq-fakturalar buyurtmachilarning kechikish sababi ko‘rsatilgan, buyurtmachining rahbari va
1“O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi Qoidalari” O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son buyrug‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami № 2580.
bosh buxgalteri imzolagan yozma tushuntirishi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi.
G‘aznachilik bo‘linmalari buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma va hisobvaraq-fakturalar asosida ular taqdim qilinganidan keyingi kundan kechikmasdan moliyaviy majburiyatlarni:
byudjetdanajratiladiganmablag‘larvaBMJmablag‘laribo‘yicha— mas’ul xodim tomonidan Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikki asliga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va sanasini ko‘rsatib «Ro‘yxatdan o‘tkazildi» shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish, shuningdek g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli shaxsi tomonidan shaxsiy imzosini va «Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish» muhrini qo‘yish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazadi;
- vazirliklar,davlatqo‘mitalarivaidoralarningbyudjetdantashqarijamg‘armalarimablag‘laribo‘yicha— mas’ul xodim tomonidan Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikki asliga hisobga olish raqami va sanasini ko‘rsatgan holda
«Hisobga olindi» shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish hamda vakolatli shaxs tomonidan shaxsiy imzosini qo‘yish yo‘li bilan hisobga oladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning bir asli va tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalarning asli buyurtmachilarga qaytariladi, Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikkinchi asli va tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq- fakturalarning nusxasi g‘aznachilik bo‘linmalarida saqlash uchun qoladi. Buyurtmachilarning «UzASBO» DM orqali elektron shaklda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari
g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan bir ish kuni ichida mas’ul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda «O‘RMV» ATda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko‘rsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.
Buyurtmachilarning xarajatlar to‘lovi quyidagi talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
to‘lov hujjatida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami, kapital qo‘yilma buyurtmachisining nomi va STIRi, byudjet tasnifining tegishli kodlari,
yuridik majburiyat yuzaga kelishiga asos bo‘lgan hujjat va hisobvaraq- faktura raqami va sanasi,
avans (to‘lov) miqdori va to‘lov maqsadi to‘g‘ri ko‘rsatilganida;
buyurtmachilarning xarajatlar smetasining IV guruhi tegishli moddalari bo‘yicha rejali mablag‘lar, shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari qoldiqlari summalari doirasida;
v) agar to‘lov topshiriqnomasida yoki g‘azna memorial orderida ko‘rsatilgan summa g‘aznachilik bo‘linmasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan yuridik majburiyatga asosan oldin o‘tkazilgan mablag‘larni hisobga olgan holda to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘laridan oshmasa;
g) hisobvaraq-fakturalar, buyurtmachining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi solishtirish dalolatnomasi, shuningdek avans to‘lovlarini o‘tkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda;
d) to‘lov topshiriqnomasida yoki g‘azna memorial orderida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlari yuridik va moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlariga muvofiq bo‘lganida.
To‘lov topshiriqnomalari g‘aznachilik bo‘linmalariga IV guruh xarajatlari bo‘yicha uch nusxada taqdim qilinadi:
Buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to‘lov topshiriqnomalarining birinchinusxasi, buyurtmachilarning g‘aznachilik bo‘linmalariga shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi;
To‘lov topshiriqnomalarining ikkinchinusxasig‘aznachilik bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va YaG‘Hdan xarajatlar to‘lovini amalga oshirish uchun asos bo‘ladi;
G‘aznachilik bo‘linmalarining «TO‘LANDI» belgisi bilan va to‘langan sana qo‘yilgan to‘lov topshiriqnomalarining uchinchinusxasishaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytariladi.
Bunda to‘lov topshiriqnomalarining:
«Mablag‘larni to‘lovchining nomi» ustunida - g‘aznachilik bo‘linmasining nomi,
«Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘i» ustunida — YaG‘H,
«To‘lov maqsadi» ustunida — buyurtmachining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami, STIRi va nomi, byudjet tasnifining tegishli kodlari, to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan yuridik va moliyaviy majburiyat yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi.
Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lganda, g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari to‘lov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasiga