Hududiy byudjetlar daromadlarini shakllantirish va xarajatlarini amalga oshirish tartibi
Hududiyg‘aznachilikorganlarifaoliyati
Hudud ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida g‘azna ijrosini samarali tashkil etish
Hududlarda byudjet g‘azna ijrosini tashkil etishning zarurligi,xususiyatlari
Har qanday davlatda boshqaruv tizimining xususiyatiga qarab, byudjet tizimining tarkibi qonuniy tarzda belgilanadi. Shunga ko‘ra federativ davlatlarda 3 bo‘g‘inli byudjet tizimi amal qiladi.
O‘zbekistonda iqtisodiy mustaqillikka erishish uchun muhim islohotlar boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qayd qilinishicha mamlakatda 2 bo‘g‘inli byudjet tizimi amal qiladi. Bularga Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar kirishi ko‘rsatilgan.
Davlat byudjet siyosati vazifalarini amalga oshirishda byudjet amaliyotida shakllanib borayotgan tendentsiyalar, qonuniyatlar qatorida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish lozim:
Davlat moliyasini boshqarish va davlatning moliyaviy resurs imkoniyatlari tarkibida davlat byudjeti mablag‘lari ahamiyatining o‘sishi;
Mahalliy byudjetlar majburiyatlarining ortishi, ular zimmasidagi byudjet xarajatlari ko‘lamining o‘sishi;
Mahalliy byudjetlar majburiyatlarining o‘sishi natijasida ular huquqlari va moliyaviy imkoniyatlarini oshirish muammosining keskinlashuvi.
byudjet bo‘g‘inlararo munosabatlarni muvofiqlashtirishning zamonaviy usullari, shakllari hamda tamoyillarini amal qilinishini ta’minlash ahamiyatining ortishi.
Byudjet tizimi taraqqiyotidagi ushbu qonuniyatlar mahalliy byudjet bo‘g‘inlari oldiga muhim vazifalarni qo‘yadi. Hududlar iqtisodiy salohiyati, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari mustaqilligi va mas’uliyatlarining ortishi hamda shu bilan bevosita manfaatdor bo‘lgan tegishli byudjet bo‘g‘inining samarali faoliyati, uning huquq va majburiyatlari to‘liq bajarilishini kafolatlaydi.
Xususan, Prezidentimizning “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi bo‘yicha dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida viloyatlar, tumanlar va shaharlarning kompleks va muvozanatli ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilandi:
sotsial-iqtisodiy jadal rivojlanishi, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral va xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;
hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish masshtablarni kengaytirish hisobiga hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasidagi farqini kamaytirish, eng avvalo sanoat va eksport salohiyatini o‘stirish yo‘li bilan qiyoslangan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish;
yangi sanoat ishlab chiqarish va servis markazlarini tashkil etish hisobiga shahar tipidagi kichik shaharlar va shaharchalarni aktiv rivojlantirish, yirik xo‘jalik birlashmalarning mablag‘larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
subventsion tuman va shaharlarni kamaytirish, sanoat va xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish;
sanoat va boshqa ishlab chiqarish obyektlarni joylashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush darajasini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.1
Byudjet tizimi taraqqiyotidagi ushbu qonuniyatlar mahalliy byudjet bo‘g‘inlari oldiga muhim vazifalarni qo‘yadi. Xududlar iqtisodiy salohiyati, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari mustaqilligi va mas’uliyatlarining ortishi hamda shu bilan bevosita manfaatdor bo‘lgan tegishli byudjet bo‘g‘inining samarali faoliyati, uning xuquq va majburiyatlari to‘liq bajarilishini kafolatlaydi.
Mamlakat byudjetining tarkibi avvalo uning davlat qurilishiga bog‘liqdir. Unitar tuzumga ega bo‘lgan mamlakatlarda byudjet tizimi ikki qavatli qurilmaga
— davlat byudjeti va mahalliy byudjetlarga ega bo‘ladi.
Federativ tuzumga ega bo‘lgan mamlakatlarda (AQSh, Germaniya) oraliq bo‘g‘in — shtatlar, o‘lkalar (viloyatlar) va ularga muvofiq ma’muriy tuzilmalarning shtatlari mavjud.
Byudjet tizimi — bu iqtisodiy munosabatlarga, davlat tuzilishiga va qonun normalariga asoslangan davlat, ma’muriy-hududiy tuzilishlarning, byudjet munosabatlarida mustaqil bo‘lgan davlat tashkilotlari va jamg‘armalarining majmuidir. Byudjet tizimi davlat moliyaviy tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari yig‘indisini, byudjet tizimi byudjetlarini
1O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi bo‘yicha dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni.
tuzish va tashkil etish prinsiplarini, ular o‘rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlarni o‘zida ifodalaydi.1