rasm. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tashkiliy tuzilishi 1
Bugungi kunga kelib davlat byudjeti g‘azna ijrosi bilan qamrab olinayotgan jarayonlarni hisobga oladigan bo‘lsak, g‘aznachilik orqali byudjet daromadlari va xarajatlari ijrosi, byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarning daromad va xarajatlari ijrosi, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari tushumi va sarfi ijrosi amalga oshirilayotganligini, bu bilan bog‘liq bo‘lgan ish hajmining ortib borayotganligini hisobga olib, G‘aznachilik amaliyot boshqarmalari bo‘linmalari shtatlari sonini qayta ko‘rib chiqish zarurligini e’tirof etish lozim.
PQ-594-son Qaror bilan shuningdek, G‘aznachilik hududiy bo‘linmalarining tashkiliy tuzilishi ham tasdiqlangan (3-rasm).
1 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risidagi nizom asosida tuzildi.
3-rasm.Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar G‘aznachilik boshqarmalarining tashkiliy tuzilishi95
95Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori. PQ-594-son. 28.02.2007.
Moliya vazirligi G‘aznachiligi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari quyidagi ishlarni bajaradi:
byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq byudjet tashkilotlari tomonidan naqd pul mablag‘lari bilan to‘lanadigan boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun g‘aznachilikning bank hisobraqamlariga mablag‘lar o‘tkazadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga sudning qarori bo‘yicha yagona g‘aznachilik hisobraqamidan yoki g‘aznachilikning boshqa hisobraqamlaridan mablag‘lar o‘tkazadi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi natijasida fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash uchun mablag‘lar o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har kunlik asosida g‘aznachilik hisobraqamlarida mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi;
byudjetdan mablag‘ oluvchilarga ular uchun g‘aznachilikda yoki uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisobraqamlaridan ko‘chirmalar, ularning xarajatlarini qoplashga byudjet mablag‘lari o‘tkazilganligini tasdiqlaydigan to‘lov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi;
moliya organlarining topshirig‘i bo‘yicha yuqori byudjetlarda nazarda tutilgan rejali dotatsiyalar, subvensiyalar, byudjet ssudalari summasini va boshqa to‘lovlarni quyi byudjetlarning shaxsiy g‘aznachilik hisobraqamlariga o‘tkazadi;
byudjet tashkilotlari va buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar doirasida va maqsadlarga muvofiq tuzilishi ustidan qattiq nazorat qilish asosida shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;
byudjetdan mablag‘ oluvchilar nomidan ro‘yxatga olingan shartnomalarda yoki boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko‘rsatuvchilar)ning bevosita bank hisobraqamlariga to‘lovlarni amalga oshiradi;
byudjet tashkilotlarini, jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib boradi, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini hamda qoidaga ko‘ra, vositachilik xizmatlaridan voz kechishni nazarda tutadi;
schyot-fakturalar va tovarlar yetkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi) holatini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar asosida byudjet mablag‘i oluvchilarning moliyaviy majburiyatlari hisobini yuritadi va boshqa ishlarni amalga oshiradi.
Bugungi kunda davlat byudjeti g‘azna ijrosini tashkil etish borasidagi Prezident qarorlarining ijrosi doirasida Osiyo taraqqiyot banki va boshqa g‘azna ijrosining yagona integratsiyalashgan axborot tizimini tashkil etish bo‘yicha chora- tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi.
G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari Byudjet mablag‘larini o‘tkazish (so‘zsiz undirish) uchun so‘rovnomalarini qabul qilganlaridan so‘ng so‘rovnomada kamchiliklar aniqlanmasa so‘rovnomalarining ikkala nusxasiga qabul qilib olgan sanasini ko‘rsatgan holda o‘z imzolarini qo‘yadi hamda bir nusxasini Byudjet mablag‘larini o‘tkazish (so‘zsiz undirish) uchun so‘rovnomani yuborgan moliya organiga qaytaradi. Byudjet mablag‘larini o‘tkazish (so‘zsiz undirish) uchun so‘rovnomada kamchiliklar aniqlanganida kamchiliklarni bartaraf etish uchun so‘rovnomaning ikkala nusxasini moliya organiga qaytaradi.
G‘aznachilik bo‘linmalari moliya organlarining Byudjet mablag‘larini o‘tkazish (so‘zsiz undirish) uchun so‘rovnomani qabul qilib olganidan so‘ng shu ish kunining o‘zida «O‘RMV» ATda mablag‘larni so‘zsiz undirish uchun
g‘anachilik memorial orderi shakllantiradi va g‘anachilik memorial orderi
«O‘RMV» ATda avtomatik tarzda bajariladi.
Buyurtmachilarning inkasso topshiriqnomalari va to‘lov talabnomalari O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizom(ro‘yxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) talablari doirasida rasmiylashtiriladi va g‘aznachilik bo‘linmasiga taqdim etiladi.
Bunda inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasining «Mablag‘larni oluvchining nomi» ustunida «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi», «Mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘i» ustunida – YaG‘H,
«To‘lov maqsadida» ustunida – to‘lov kodi, buyurtmachining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i hamda inkasso topshiriqnomasini yoki to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun asos bo‘lgan hujjatlar rekviziti ko‘rsatiladi.
Buyurtmachilar tomonidan inkasso topshiriqnomasi tegishli hujjatlar bilan birgalikda xizmat ko‘rsatuvchi g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagicha taqdim etiladi:
to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida xizmat ko‘rsatilganida besh nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markaziga taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining beshinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, YaG‘Hga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi;
bir hudud ichida hisob-kitoblarni amalga oshirishda (g‘aznachilik bo‘linmasi to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan bitta hududda (shahar yoki tumanda) joylashgan bo‘lsa) to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi;
hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda (g‘aznachilik bo‘linmasi to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan turli hududda (shahar yoki tumanda) joylashgan bo‘lsa) to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi.
Buyurtmachilar tomonidan to‘lov talabnomasi tegishli hujjatlar bilan birgalikda xizmat ko‘rsatuvchi g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagicha taqdim etiladi:
-to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida xizmat ko‘rsatilganida to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachiningtegishlivakolatlishaxslaritomonidanimzolanganvamuhrizibilantasdiqlanganto‘lovtalabnomasiningbirinchinusxasi - buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. To‘lovtalabnomasiningikkinchi,uchinchivato‘rtinchinusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markaziga taqdim etiladi. To‘lov talabnomasiningto‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi.
-oluvchi va to‘lovchiga turli banklarda xizmat ko‘rsatilganida to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to‘lovtalabnomasiningbirinchinusxasibuyurtmachiningg‘aznachilik bo‘linmasiga to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘libxizmat qiladi. To‘lov talabnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi.To‘lovtalabnomasiningto‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchibankbuxgalteriimzosivamazkurbuxgaltergabiriktirilganmuhrbilantasdiqlangan holdag‘aznachilikbo‘linmasiga qaytariladi.
G‘aznachilik bo‘linmasi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasi «Bank-mijoz» dasturiy majmuidan foydalangan holda elektron tarzda ijro etilganida buyurtmachi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasi ikki nusxada taqdim qilinadi. Bunda buyurtmachining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining
g‘aznachilik bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini va to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi nusxasi buyurtmachining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda buyurtmachining mas’ul xodimiga beriladi