D tashmuxamedova


Davlat xaridlarini amalga oshirishda G‘aznachilikning o‘rni



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə94/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

Davlat xaridlarini amalga oshirishda G‘aznachilikning o‘rni.





    1. O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini amalga oshirish mexanizmlari va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish.

      1. Davlat xaridi to‘g‘risida tushuncha. Uning obyektlari va subyektlari


Ma’lumki, davlat sektorining mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashdagi roli katta ahamiyatga ega. Uning uzluksiz va samarali faoliyati uchun tegishli tovarlar, xizmatlar va ishlar bilan o‘z vaqtida ta’minlab turish zarur bo‘ladi. Davlat xaridlari esa ayni shu maqsadda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.


Umuman, «xarid» o‘zi nima, degan savolning javobini esa hammamiz yaxshi bilamiz. Hayotiy zarur ehtiyojlarimiz uchun, kundalik ro‘zg‘orimiz uchun har kuni bo‘lmasayam kunora nimalardir xarid qilamiz. Hech narsa xarid qilmasdan, hech nimaga ehtiyoj sezmasdan yashash mumkin bo‘lmaganidek, davlat ham xalq oldidagi vazifalarini bajarish uchun har yili kerakli mahsulotlar va xizmatlarni xarid qiladi. Sodda qilib aytganda, davlatning ham o‘z ro‘zg‘ori bor. Faqat bu ro‘zg‘or tasavvurimizdagidan ancha katta. Uning xaridlari biz bozorga olib chiqadigan xarajatlar ro‘yxatidan bir necha million, balki milliard marta ulkan va murakkab bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat xaridlarining miqdori rivojlanish darajasi va iqtisodiy qudratiga qarab dunyoning turli davlatlarida turlicha. Bu xaridlar aksariyat mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning 10 foizidan 30 foizigacha bo‘lgan miqdorni yoki davlat byudjetining qariyb uchdan bir qismini tashkil qiladi. Davlat xaridlari – bu davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan tovarlar, bajariladigan ishlar va xizmatlarga aytiladi, ya’ni davlat xaridi davlat ehtiyojlari
uchun tovarlar va xizmatlarni qisman yoki to‘liq davlat mablag‘lari evaziga sotib olinishidir. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksida “davlat xaridlari – byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘lari hisobidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish” deb ta’rif berilgan.
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan tovarlar, bajariladigan ishlar va xizmatlarga quyidagilar kiradi:
tovarlarga xomashyo, materiallar, uskunalar, qattiq, suyuq va gaz holatidagi predmetlar, elektr energiyasi, shuningdek, tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar qiymati (agar u tovarning bahosidan yuqori bo‘lmasa) kiritiladi;
ishlarga – qurilish, ta’mirlash, bino, inshoot va obyektlarni qurish yoki ta’mirlash bilan bog‘liq faoliyat turlari, shuningdek, gruntlarni qazish, yangidan qurish, jihozlash, qurilish-montaj ishlari uchun qurilish maydonlarini tayyorlash va boshqa qurilish ishlari (masalan, geodeziya, burg‘ulash bo‘yicha ishlar, aero va sun’iy yo‘ldosh orqali sur’atga olish, seysmik tadqiqotlar o‘tkazish (agar ushbu xizmatlar bahosi asosiy ishlar bahosidan yuqori bo‘lmasa)) kiradi;
xizmatlarga – tovar va ishlarga taalluqli bo‘lmagan barcha xarid predmeti kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunida keltirilganidek, davlat xaridi – tovar (ish va xizmat)larni davlat buyurtmachilari tomonidan pulli asosda olish.
Elektron davlat xaridlari – elektron do‘kon va boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auktsion kabi maxsus axborot portalining dasturiy-texnik kompleksi orqali axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat xaridlarini amalga oshirish usuli. Davlat buyurtmachisi esa davlat xaridlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir.

Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin