Barcha kichik guruhlar «guruh bahosi» ustunini toldirib bo‘lgach, o'qituvchi tarqatilgan materialdan «to‘g‘ri javob» ustunini topish va u aytgan harakatlar ketma-ketligi bo‘yicha raqamlarni yozib chiqishni so‘raydi.
To‘rtinchi bosqich:
Endi, navbatdagi vazifa, «to‘g‘ri javob» ustunida berilgan raqamlardan «yakka baho» ustunida berilgan raqamlarni(yoki ak- sincha), ya’ni kattadan kichikni ayirgan holda farqni «yakka xato» ustuniga yozib chiqish kerakligini aytadi. So‘ngra, «yakka baho»
ustunidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab, jamini hisoblash kerak- ligini ko‘rsatadi. Xuddi shunday tartibda «to‘g‘ri javob» va «guruh bahosi» o'rtasidagi farq kattadan kichikni ayirish orqali bajariladi. Farqlar soni «guruh xatosi» ustuniga yoziladi. Yuqoridan pastga qarab qo‘shib, jami hisoblanadi.