§. O'qitishning muammoli-izlanish metodlari va ularni qo'llab ma’ruza o‘qish
Bugungi kunda metodlarni samarali qo'llashning muhim me- zonlaridan biri muammoli vaziyatni vujudga keltirish, muammoni kun tartibiga qo'ya bilishdir. Pedagoglarning fikricha, muammoli o'qitish talabaning mustaqilligini, fikrlash doirasini kengaytirishga olib keladi. Muammoli o'qitish talabalarni faol bilish jarayoniga undab, tafakkurni ilmiy tadqiqotga yo'naltiradi.
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o'ziga xos o'qitish sharoitida yuzaga keladi. Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u talaba tanish bo'lgan ma’lumotlar, bilganlari bilan yangi faktlar, hodisalar o'rtasida hamda muqobil tanlov zaruriyati vujudga kelishi natijasida qaror qabul qilishning qiyinchiligi oqibatida kelib chiqadi- gan vaziyatdir.
Muammoli vaziyatning vujudga kelishi talabalarning aqlini peshlaydi. Muammoning kelib chiqish sabablarini, yechimini to- pishga undaydi.
Muammoli savol qo'yib o'qitish talabalarning bilimlarni ongli va mustahkam o'zlashtirishiga, bilish faoliyatini jonlashtirishga, ilmiy izlanishga, tadqiqotga chorlaydi. Shuning uchun ham xoh ma’ruza, xoh amaliy mashg'ulot, seminar bo'lsin o'qituvchining muammo qo'yishi yoki muammoli vaziyat vujudga keltirishi katta ahamiyatga ega.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda muammolar qo'yilishi jihatidan quyidagi darajalarga bo'linadi: Muammoni o'qituvchining o'zi qo'yadi, uni shakllantiradi, talabalarni uni mustaqil ravishda yechimini topishga, yechish yo'lini qidirishga yo'naltiradi.
O'qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, talabalar muammoni mustaqil shakllantiradilar va yechimini izlaydilar.
O'qituvchi ma’lum bir muammoni ko'rsatmaydi, balki unga talabalarni ro'baro' qiladi, ularni mustaqil faoliyatga yo'naltiradi. Talabalarning o'zi mustaqil ravishda muammoni anglaydilar, uni shakllantiradilar va yechimini topishga harakat qiladilar.
O'qituvchi o'tilayotgan darsning shakli, o'tilayotgan fan, mavzu va uning xususiyatlariga ko'ra qanday muammo qo'yishni, muammoli vaziyat vujudga keltirishni o'zi hal qiladi. Mazkur metodning o'ziga xos jihati talabalar oldiga muammo qo'yilishidir.
Muammoli ma’ruza muammo qo‘yish orqal boshlanadi. Bu muammo esa o‘quv materialini bayon etish jarayonida ma’ruzachi tomonidan izchil va mantiqiy holda yechib beriladi yoki uni hal etish yo'llari ko'rsatiladi.
Muammo o'quv materialining aniq mazmuni bilan bog'liq bo'Iadi. Ta’lim jarayonida maqsadga erishish uchun muammoli o'qitishga qator talablar qo'yiladi:
muammoli o'qitish ta’lim oluvchilar ehtiyojlarini qondirish va faolligini oshirishga yo'naltirilishi;
taqdim etilgan muammoning ta’lim oluvchilar uchun aniq va tushunarli bo'lishi. Bular: