28 John Maurice Clark. 1918, Lawrence Abbott, Columbia University Press: 1955, Michael
Spence, 1976. Maurice Stucke, 2013
5 9
darajada muvofiqligini o ‘rganishga asoslansa, fransuzlar modelida
“ marketing bo‘yicha raqobat” y a ’ni korxonaning marketing faoliyatiga
ishlab chiqarish qay darajada muvofiqligi tekshiriladi. Raqobatbar-
doshlikni baholashning amerikacha modelining asosiy xususiyati esa
korxonaning bozorda egallab turgan mavqeyi va uning bozor
imkoniyatlari baholanadi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida esa raqobat-
bardoshlikning eng ishonchli k o ‘rsatkichi sifatida korxonalaming uzoq
vaqt davomidagi mahsuldorligi va samaradorligining saqlanib turish
qobiliyatiga ko‘ra baholash ko‘proq uchraydi29. Raqobatbardoshlikni
baholash nazariyalaridan chetlashmagan holda mahsulot raqobatbar-
doshligi bozor subyektining raqobatbardoshligining asosini tashkil
etadi degan fikr mukammal raqobat sharoitida u qadar to ‘g ‘ri emasligi
ilmiy adabiyotlarda keng talqin qilinmoqda30. Shuningdek, raqobat
nazariyalarida tovar raqobatbardoshligi, korxona raqobatbardoshligi,
tarmoq va mintaqa raqobatbardoshligi o ‘zaro bog‘liq va bir-birini
to ‘ldiruvchi bo ‘lganligi sababli, ulami baholashni o ‘zaro bog‘liq
uslublarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda31. Korxona raqobatbar
doshligi kengroq tushuncha sanaladi va ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlardan tashqari faoliyatning ko‘plab jihatlari: marketing,
menejment, moliya siyosati, brending imkoniyatlari, kommunikatsiya,
transport, logistika siyosati va boshqalami o ‘z ichiga oladi. Korxonalar
raqobatbardoshligini tahlil qilish davomida xalqaro raqobatbardoshlik
umumiy tamoyil va konsepsiyalarini qoMlash yetarlicha asoslangan
hisoblanishi fikrimizcha, bir mamlakat doirasida faoliyat yurituvchi
monopol korxonalar uchun muvofiqligini nazarda tutish lozim deb
hisoblaymiz.
Korxona raqobatdoshligiga to‘laqonli baho berishga asoslangan
samarali raqobat nazariyasi usulida mahsulot ishlab chiqarish, sotish va
moliyaviy boshqaruv tizimini yaxshi tashkil qilingan korxonaning
raqobatdoshlik darajasi yuqori hisoblanadi. M etodikada ekspertlaming
bosqichma-bosqich
taqqoslash
usuli
yordamida
aniqlangan
raqobatdoshlikning to ‘rt guruh ko‘rsatkichlari yoki mezonlariga:
korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini belgilovchi samaradorlik,
29 Birhan Getaneh. 2011 . p 11.
30 Nordas, H. K World and I, 7(1) 2014.
31 Lee, Juyoung 2013. Graduate Thses and Dissertations. Paper 13517.
6 0
korxonaning moliyaviy ahvolini belgilovchi samaradorlik, tovami
sotish va bozorda ilgari surishni tashkil qilish samaradorligi va
tovam ing raqobatdoshligiga asoslanadi. Korxonaning ikkita va faqat
ikkita asosiy funksiyasi mavjud: marketing va innovatsiya ekanligini
inobatga olinganda innovatsion faoliyat asosiy raqobatbardoshlik omili
sifatida k o ‘rilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz32. Korxona
raqobatbardoshligini uning operatsion samaradorligi va strategik
joylashtirish kabi muhim tarkibiy qismlardan iboratligi va uni
baholashning
asosiy
omili
sifatida
tashqi
muhim
omillariga
korxonaning moslashish indekslarini va ikkinchi bosqichda strategik
joylashtirish omillarini indekslarini hisoblash orqali raqobatbar-
doshlikni baholash usullari kiritilgan.
Fikrimizcha, yengil sanoat korxonalari
raqobatbardoshligini
baholashni 3 darajada: opertsion faoliyati, innovatsion faoliyati va
ulami korxonaning bozorga moslashishidagi ta’sirini belgilash orqali
amalga oshirilsa maqsadga muvofiq. Raqobatbardoshlikni baholash
bo'yicha keltirilgan usullaming aksariyatida korxona operatsion
faoliyatlari samaradorligiga asosiy u rg ‘u berilib uning moliyaviy
natijalariga (asosiy vositalar, aylanm a mablagMar va nomoddiy
aktivlar) asoslanilgan. Biroq, korxonalar faoliyatining mazmunan
bozorda faoliyat yuritilishini nazarda tutilganda uning marketing va
innovatsion faoliyatlari korxonaga foyda keltiruvchi o ‘ta muhim
omillar hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan taklif etilayotgan uslubiyot
korxona
raqobatbardoshligini
baholashning
samarali
ekanligini
ko‘rsatib beradi. Korxonaning bosh maqsadi ishlab chiqarish emas,
balki bozorda yuqori foyda va nufuzga intilish hisoblanadi. Bu
maqsadlar esa korxonaning marketing faoliyatini ifodalaydi va shunga
muvofiq holda ishlab chiqarishni tashkil etadi va uni bozorga moslab
olib boradi. Korxonaning barcha maqsadlari faqat tovarlar taklifiga
yo ‘naltirilganligini hisobga olinganda marketing faoliyati ana shu
jarayonlam i muvofiqlashturuvchisi ham deyish mumkin. Sababi, ishlab
chiqarish, savdo, ta ’minot, moliya - bulam ing barchasini ish faoliyati
maqsadli bozorga yo‘naltiriladi va marketing orqaligina o ‘z natijasini
oladi.
32
Drucker P.F. 2007, Management: tasks, responsibilities, practices, Transaction Publishers,
New Brunswick, N.J.; London.
61
Demak, korxona raqobatbardoshligining yakuniy maqsadi sifatida
uning bozorga moslashish holatini ifoda etuvchi ko‘rsatkichni qabul
qilish maqsadga m uvofiq deb hisoblaymiz.
Dostları ilə paylaş: |