D. V. Rasulova. Biznesni tadqiq etish usullari. 2019
5 .1-rasm. Bozor va ishlab chiqarishning o‘zaro munosabati Marketingni boshqarish bozomi barcha tashkil etuvchilami
(qismlarini) (xaridorlar, ulam ing talabi, tovarlar, narxlar, raqobatchilar)
tahlil qilishdan va baholashdan boshlanadi. Maqsad - olingan axborot
asosida firmaning bozorda o ‘zini qanday tutishi kerakligini ishlab
chiqish. Axborotning bozordan ishlab chiqaruvchilar tomon harakat-
lanishi marketing tadqiqotlari jarayonining mazmunini tashkil qiladi.
Keyinchalik ishlab chiqaruvchilar va bozorlar o ‘rtasidagi axborot
almashinuvi marketing kommunikatsiyalarining turlicha - reklama,
shaxsiy sotuv, public relations kabi shakllarida davom etadi.
Tijorat dunyosi - murakkab hodisa. Tadbirkor qanchalik boy tajri-
baga ega bo ‘lmasin, qanchalik beqiyos intuitsiyaga ega b o ‘lmasin har
qanday holatda ham unga dinamik tarzda rivojlanib borayotgan tovar
va xizmatlar bozori to ‘g ‘risida to‘liq va obyektiv axborot zarur bo‘ladi.
Kim marketing axborotiga egalik qilsa o ‘sha bozorda muvaffaqiyatga
erishadi.
Uzoq vaqt va katta m ablag‘ talab qiladigan menejerlar tomonidan
yangi tovar ishlab chiqarish, uni bozorga olib chiqish, raqobatbar
doshligini kuzatish va nihoyat, ishlab chiqarishni to ‘xtatish to ‘g ‘risida
qaror qabul qilish jarayoni, odatda, ishonchli va o ‘z vaqtida taqdim
etilgan m arketing axborotiga asoslanadi. Zamonaviy marketing
axborotga tayanadi.
M arketing faoliyati ikki oqim bilan bevosita b o g iiq bo‘lib,
birinchi oqim -firma faoliyati natijalari to‘g ‘risida axborot, ikkinchisi
bozor va atrof-muhit to ‘g ‘risidagi axborot oqimidir. Marketing
72
faoliyati ana shu ikki oqimga ta ’sir ko'rsatib, iste’molchilar talabini
maksimal darajada qondirish va firmalar foydasini ta’minlashga
qaratilgan.