D xolboyev, U. N. Ibragimov moliyaviy hisob


Mehnat ta’tili rezervi va to‘lovlari hisobi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/152
tarix14.12.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#179633
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   152
Moliyaviy hisob [@iqtisodchi kutubxonasi]

3.6. Mehnat ta’tili rezervi va to‘lovlari hisobi.
Ish haqi fondi va uni nazorat qilish
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning yil davomida bir 
maromda davom etmasligi hamda boshqa holatlar munosabati 
bilan xodimlarga mehnat ta’tili bir maromda berilmaydi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxiga xarajatlaming bir 
maromda kiritilishini ta ’minlash yuzasidan mehnat ta ’tiliga tegishli 
summaning yil davomida xarajatga kiritib borilishi bo‘yicha zaxira 
tashkil qilib borishni taqozo etadi.
Zaxira summasini tashkil etish buxgalteriya hisobida 8910 — 
«Kelgusi davr xarajatlari va to ‘lovlari rezervi» hisobvarag‘ida olib 
boriladi. Hisobvaraq passiv b oiib, kredit qoldig‘i mavjud zaxirani
50


va uning tashkil etilishini, debetdagi yozuvlar ushbu rezervdan 
Ibydalanilganligini bildiradi.
Ta’til uchun rezerv tashkil etilganda DT xarajat hisobvaraqlari 
KT 8910, ta ’til haqi hisoblanganda — DT 8910 KT 6710, ta’til 
uchun rezerv tashkil etilmaganda hisoblangan ta ’til puli bir yo‘la 
xarajat hisobvaraqlarida olib boriladi.
Xo‘jaliklarda xodimlarning asosiy va qo‘shimcha mehnat 
haqlari va boshqa haqlar (ro‘yxatda bo‘lmaganlar, tarif uchun 
qo‘shimcha va boshqa) mehnat haqi fondini tashkil etadi.
Mehnat haqi fondining tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
— mehnatga haq to ‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq 
hisoblangan mehnat haqi;
— mehnat haqi hisobiga berilgan mahsulot qiymati;
— tarif stavkalari va maoshlariga qo‘shimchalar;
— mukofotlar;
— xo‘jalikiar shtatida bo‘lmagan xodimlar mehnat haqi;
— ta’til bo‘yicha mehnat haqi va boshqalar.
Ishlab chiqarish rejasining bajarilishiga muvofiq mehnat haqi 
fondi ustidan doimiy nazorat bevosita korxona xodimlari tom o­
nidan amalga oshiriladi. Bu ish va xizmat normalari, maosh va 
rassenkalar, ustamalar, mukofotlardan to ‘g‘ri va asosli foyda­
lanish quyidagi nazoratlarda ko‘rinadi.
Ish haqi fondi nazoratini yuqori tashkilotlar ularga topshiri- 
ladigan hisobot va boshqa ma’lumotlar orqali nazorat qiladi.
Korxona rahbari va bosh buxgalteri mehnat haqi fondidan 
ishlab chiqarish hajmiga mutanosib foydalanishni ta ’minlashga 
mas’ul hisoblanadi.
Shuning bilan birga ular xodimlarga mehnat haqining o ‘z 
vaqtida to ‘lanishini ham ta ’minlashi lozim. Bu borada Vazirlar 
Mahkamasining 2002-yil 19-martidagi «Ish haqi o ‘z vaqtida to ‘la- 
nishiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to ‘g‘risida»gi qarori ham 
katta ahamiyatga ega.
Shu kabi 0 ‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik protsessual Kodek- 
sining 2417-, 24111-m oddalariga k o ‘ra xo‘jalik yurituvchi 
subyektlaiga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to ‘lovlami 
to ‘lash uchun pul mablag‘lari berishni banklaming mansabdor
51


shaxslari, boshqa xizm atchilari tom onidan asossiz ravishda 
kechiktirganlik uchun EKIXning 7 barobaridan 10 barobarigacha 
jarima solish belgilangan (Soliq solish va buxgalteriya hisobi jumali 
2015-y. 12-son. 12-bet).
3 .7 . 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin