D xolboyev, U. N. Ibragimov moliyaviy hisob


Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/152
tarix14.12.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#179633
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   152
Moliyaviy hisob [@iqtisodchi kutubxonasi]

Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik 
va 
tug‘ish ta’tillari bo‘yicha nafaqalarni hisoblash
hamda ularni toiash tartibi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining barcha tabaqalari uchun 
farovonlik va ijtimoiy nafaqalaming yuqori darajada ta'minlanishi 
muhim hisoblanadi.
Ushbu vazifaning boshqarilishida ijtimoiy nafaqalar mihim 
o ‘rinni egallaydi.
Mamlakatimizda ijtimoiy nafaqalaming quyidagi turlari mavjud:
— bolalar uchun nafaqa;
— vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik uchun nafaqa;
— homiladorlik va tug‘ish uchun nafaqa;
— bola tugilganligi uchun nafaqa;
— qo‘shimcha dam olish kuni nafaqasi;
— dafn marosimi nafaqasi.
Yuqoridagi holatlar mamlakatimizda onalik va bolalikni himoya 
qilishda muhim ahamiyatga egaligidandir. Bu 0 ‘zbekiston Respub- 
likasining Oila kodeksidagi « 0 ‘zbekiston Respublikasida oila, 
onalik va bolalik davlat himoyasidadir. Ona va bola manfaatlarini 
muhofaza qilish ayollarning mehnati va sogiigini saqlashga doir 
maxsus tadbirlar ko‘rish, mehnatni onalik bilan bogiab qo‘s‘nib 
olib borish uchun ayollarga sharoit yaratish, onalik va bolalikni 
huquqiy himoya qilish, moddiy va m a’naviy jihatdan qo‘llab- 
quwatlash yo‘li bilan ta ’minlanadi» deyilgan so‘zlar bilan qonuniy 
holda mustahkamlangan.
«Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va 
toiash tartibi to ‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda ta’yinlanadi:
— vaqtincha m ehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan b o g iiq
kasallikda (shikastlanishda);
52


— tibbiyot muassasalarining yoilanmasi bilan sihatgohlarda 
davolanganda;
— kasallangan oila a ’zosini parvarishlash zamr bo‘lganda;
— karantinda;
— sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o ‘tka- 
zilganda;
— m ehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a ’zo (protez) 
qo‘ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yetkazilganda.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun 
faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqat- 
sizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos boladi.
V aqtincha m ehnatga qobiliyatsizlik b o ‘yicha nafaqa m eh­
nat qobiliyati yo‘qolgan birinchi kundan to u tiklangunga 
qadar yoki tibbiy m ehnat ekspertiza komissiyasi (TM EK) 
tom onidan nogironlik belgilanganga qadar, hatto bu davrda 
xodim bilan m ehnat shartnom asi bekor qilingan hollarda 
ham beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to ‘g'ri 
kelganda nafaqa to ‘lanmaydi:
— ish haqi saqlanmagan ta’til;
— bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til;
— ish vaqtincha to'xtatilganda;
— xodim ishdan (lavozimidan) chetlashtirilib, ish haqi to lash
to ‘xtatilib qo‘yilganligi sababli ishlamagan;
— harbiy o‘quv yoki tekshiruv yig‘ini;
— ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o ‘quv yurtlarida tahsil 
olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til.
Ushbu davrlardan boshlanib, davom etayotgan mehnatga 
qobiliyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) 
lozim boMgan kundan boshlab beriladi.
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda 
berilmaydi:
— ishdan yoki boshqa vazifalardan bo‘yin tovlash maqsadida 
o‘z salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yoki o ‘zini kasallikka 
solganda;
53


— giyohvandlik va mastlik bilan bogiiq harakatlar oqibatida, 
shuningdek spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish 
natijasida, kasallikka chalinganda (jarohatlanganda);
— jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;
— sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda 
(ruhiy kasalliklardan tashqari);
— hibsda boigan davrda.
Nizomning 26-moddasiga binoan vaqtincha mehnatga qobi­
liyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar ish 
haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga toianadi:
— ishlayotgan Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari;
— baynalmilal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa 
shaxslarga;
— qaramogida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan 
uch yoki undan ortiq bolalari boigan xodimlarga;
— Chemobil AES dagi avariya oqibatiarini tugatishda qatnash- 
gan xodimlar;
— Chemobil AES dagi avariya natijalarida reaktiv ifloslanish 
natijasida evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan qon hosii qiluvchi 
organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, 
rak) va xavfli o ‘smalar bilan bogiiq kasalliklarga chalingan xo­
dimlarga;
— mehnatda mayib boiish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsiz boigan xodimlarga.
Nizomning 27-moddasiga binoan ijtimoiy ahamiyatga ega 
boigan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari, yangidan 
paydo boiadigan xatarli o‘simtalar, jinsiy y o i bilan o ‘tadigan 
kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo‘yi- 
cha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy 
sugiirta badali toiagan davrning (umumiy ish stajining) davo- 
miyligiga bogiiq ravishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 
nafaqasi quyidagi miqdorda toianadi:
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq boigan xodimlarga
— ish haqining 100 foizi miqdorida;
b) umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha boigan xodimlarga
— ish haqining 80 foizi miqdorida;
54


c)um um iy ish staji 5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga — ish 
haqining 60 foizi miqdorida.
Nizomning 26- va 27-bandlarida nazarda tutilgan xodimlardan 
tashqari xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha 
nafaqa quyidagi miqdorlarda to ‘lanadi:
a)umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga 
ham da 21 yoshga yetmagan chin (sag‘ir) yetimlarga — ish 
haqining 80 foizi miqdorida;
b)umum iy ish staji 8 yilgacha boMgan xodimlarga — ish 
haqining 60 foizi miqdorida.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik va homiladorlik hamda 
tug‘ish bo‘yicha nafaqalar:
— byudjet tashkilotlari tomonidan — mehnat haqi fondiga 
ajratiladigan byudjet mablag‘lari doirasida;
— xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan — foyda soligMni 
hisoblashda mazkur xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan 
chiqarilib tashlangan holda shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga 
oshiriladi.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa (shu jumladan homila 
tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida 
ko‘rsatilgan barcha davr uchun to ‘lanadi.
Ushbu nafaqa ishlovchi ayollarga jami 126 kunga (tug‘ish- 
gacha 70, bola tug‘ilgandan keyin 56 kun), tug‘ish qiyin kechgan 
yoki ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda 140 kun 
muddatga beriladi.
Ish haqi to ‘xtatilib, ishdan (lavozim dan) chetlashtirish 
oqibatida ayol ishlamagan davrda, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha 
ta ’til uchun mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi berilgan holda 
nafaqa to ‘lanmaydi.
Agar homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta ’til ishga qo‘yilgandan 
keyin ham davom etadigan bo‘lsa, nafaqa u ishga chiqishi lozim 
bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa ish haqining 100 
foizi miqdorida beriladi.
Ushbu nafaqalar hisoblanganda 9430 — «Boshqa operatsion 
natijalar» hisobi debitlanib, 6710 hisobi kreditlanadi.
55



Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin