Mavzu 9: Tarmoq texnologiyasi
-
Kompyuter tarmoqlari tushunchasi.
-
Tarmoqlarning yaratilish tarixi.
-
Kompyuter tarmoqlarining texnik va dasturiy ta’minoti
LOKAL KOMPYUTER
TARMOQLARINING TASNIFLANISHI
Hozirda kompyuterlami qo‘llashda ko'pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmog4i hisoblanmish Internet misolida yaqqol ko‘rish mumkin.
Uzatish kanallari orqali o‘zaro bog'langan ShKlar majmuiga kompyuterlar tarmog‘i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilami axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog4 i resurslaridan jamoa bo‘lib foydalanishni ta’minlaydi (9.1 - rasm).
Kompyuterlaming tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob-uskunalar - katta hajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma’lumotlarga ega bo'lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi ShKning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib axborot tarqatish va qabul qilish jarayonlarini butunlay o‘zgartirib yubordi. Xizmat ko4rsatishning eng keng tarqalgan tarmog‘i — elektron pochta orqali axborot almashuvni amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli kirishini ta’minlash va ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoyalangan holda axborotlardan jamoa bo‘lib foydalanishni tashkil etish. Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o‘rtasida ma’lumotlarni uzatishning qulay va ishonchli vositasini ta’minlash. Axborotlashtirish davrida katta hajmdagi axborotlar lokal va global kompyuter tarmoqlarida saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchilar ishlashi uchun ma’lumotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi. Global tarmoqlarda yagona ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi.
Ma’lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirishda, umumiy ma’lumotlarni markazlashtirishda, ma’lumotlarni ma’lum masofaga uzatishda va ulami taqsimlab qayta ishlash borasida ko'pgina vazifalar mavjud. Bularga bir qancha misollar keltirish mumkin: bank va boshqa moliyaviy tuzilmalar;
bozoming ahvolini aks ettiruvchi tijorat tizimi; ijtimoiy ta’minot tizimi; soliq xizmati; oraliq masofadan turib kompyuter ta’limi; aviachip-talami zaxira qilib qo‘yish tizimi; uzoqdan turib tibbiy tashxislash; saylov tizimi. Ko‘rsatilgan ushbu barcha qo‘shimcha ma’lumotlar to'planishi, saqlanishi va undan foydalana olish noto‘g‘ri ma’lumotlar bo‘lishidan va ruxsat berilmagan kirishdan himoyalangan bo‘lishi kerak. Ilm, xizmat, ta’lim, ijtimoiy va madaniy hayot sohasidan tashqari global tarmoq millionlab kishilar uchun yangi xil dam olish mashg‘ulotini yaratdi. Tarmoq kundalik ishni va turli sohadagi kishilaming dam olishini tashkil etish quroliga aylandi.
9.1 - rasm. Oddiy kompyuter tarmog'i.
Dostları ilə paylaş: |