D05336f92130a92d5b144021a0557fa0 Informatika va axborot texnologiyalari pdf



Yüklə 143,21 Kb.
səhifə7/20
tarix15.04.2023
ölçüsü143,21 Kb.
#98610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Ma\'ruza 9. Tarmoq texnologiyasi

Kompyuter tarmog’i — bu ma’lumotlarni taqsimlab qayta ishlash talablarini qondiruvchi yagona tizimga aloqa kanali yordamida ulangan ShKlar va terminallar jamlanmasidir.

9.7 - rasm. Ma’lumotlami taqsimlangan holda qayta ishlash chizmasi.

Kompyuter tarmog‘ining umumlashgan tuzilmasi
Kompyuter tarmog‘i ko‘p mashinali assotsiatsiyaning oliy shakli sanaladi. Kompyuter tarmog‘ining ko‘p mashinali hisoblash kompleksidan asosiy farqini ko'rsatamiz.
Birinchi farq — hajm, o‘lcham Ko‘p mashinali hisoblash kompleksi tarkibiga odatda bitta binoda joylashgan ikkita, ko‘pi bilan uchta ShK kiradi. Hisoblash tarmog‘i bir-biridan bir necha metrdan tortib o‘n, yuz va hatto ming kilometr uzoqda joylashgan o‘nlab, yuzlab ShKdan iborat bo’lishi mumkin.
Ikkinchi farq — vazifalaming ShKlar o‘rtasida bo‘linishi. Agar ko‘p mashinali hisoblash kompleksida ma’lumotlami qayta ishlash, ulami uzatish va tizimni boshqarish bitta ShKda bajarilgan bo‘lsa, hisoblash tarmog‘ida bu vazifa turli ShKlar o‘rtasida taqsimlangan.
Uchinchi farq — tarmoqda hisoblami marshrutlashtirish vazifasini hal etish zarurligi. Tarmoqda xabar bir ShKdan boshqasiga ShKni bir-biri bilan bog‘lovchi aloqa kanallarining ahvoliga qarab uzatilishi mumkin.
Tarmoq abonentlari—tarmoqda axborotlami yuzaga keltiruvchi yoki iste’mol qiluvchi obyektlar.
Hisoblash texnikasini, aloqa apparaturalari va ma’lumotlami uzatish kanallarini bitta kompleksga birlashtirish ko‘p mashinali assotsiatsiyaning
har bir elementi tomonidan o‘ziga xos talablar so'raydi, shuningdek, maxsus atamalaming shakllanishini talab qiladi.
«Stansiya»—axborotlar uzatish va qabul qilish bilan bog'liq vazifalami
bajaruvchi apparaturadir.
Alohida ShKlar, EHM komplekslari, terminallar, sanoat ishlari, raqamli dastur orqali boshqariladigan stanoklar va hokazo abonent bo‘lishi mumkin. Har qanday abonent tarmog‘i stansiyaga ulangan.

9.8 - rasm. Kompyuter tarmog'ining umumlashgan tuzilmasi.
Abonent va stansiya majmuini abonent tizimi deb atash qabul qilingan. Abonentlarning o‘zaro aloqasini tashkil etish uchun uzatuvchi moddiy vosita kerak.
Uzatuvchi moddiy muhit — bu aloqa tarmog‘i yoki elektr signallari tarqatiladigan kenglik va ma’lumotlami uzatish apparaturasidir.
Bunday yondashuv har qanday ShK tarmog4ini abonentlar tizimi va kommunikatsiya tarmog‘ining majmui sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi. Kompyuter tarmog'ining umumlashtirilgan tuzilmasi 9.8-rasmda ko‘rsatilgan.

Yüklə 143,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin