Tarmoqlar tasnifi Kompyuter tarmoqlarini ko‘pgina belgilar, xususan hududiy taqsimla- nishi jihatidan tasniflash mumkin. Bunga ko'ra global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi (9.2 - rasm).
Global tarmoqlar butun dunyo bo'yicha tarmoqdan foydalanuvchilami qamrab oladi va ko‘pincha bir-biridan 10—15 ming kilometr uzoqlikdagi ShK va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yoTdosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi.
Mintaqaviy tarmoqlaruncha katta boTmagan mamlakat shaharlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilami birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko‘pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10—1000 kilometmi tashkil etadi.
ShKning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlami bog‘laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80—90% axborot o‘sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari har qanday tizilmaga ega bo‘lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi ShKlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog'langan bo‘ladi. Barcha ShKlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining boTishi — lokal tarmoqning ajralib turuvchi
xususiyatidir. Optik kanalda yorug‘lik o‘tkazgich inson sochi tolasi qalinligida yasalgan. Bu o‘ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel.
9.2 - rasm. Uzellari orasidagi masofa bo'yicha tarmoqlaming tasniflanishi.
Lokal tarmoqda ShKlar orasidagi masofa uncha katta emas — 10 km.gacha, radiokanal aloqasidan foydalanilsa —20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki hisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi. Yuqorida keltirilgan uch darajali axborot tarmoqlarini o'zaro bog‘liqligi quyidagi 9.3 - rasmda keltirilgan.
Tarmoqning dasturiy ta’minoti Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko‘rsatadigan xizmati bilan o‘lchanadi. Tarmoqning har bir xizmat turi hamda unga kirish uchun dasturiy ta’minoti ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko’plab foydalanuvchilar foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Hozirda shunday dasturiy ta’minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.