D05336f92130a92d5b144021a0557fa0 Informatika va axborot texnologiyalari pdf



Yüklə 143,21 Kb.
səhifə3/20
tarix15.04.2023
ölçüsü143,21 Kb.
#98610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Ma\'ruza 9. Tarmoq texnologiyasi

Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta’minoti ko'pgina foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin bo’lgan tarmoqning bosh kompyuteri resurslarini taqdim etishga mo'ljallangan. U «fayl-server» deb yuritiladi. Bosh kompyuteming asosiy resursi fayllar bo‘lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma’lumotlarga ega fayllar bo‘lishi mumkin. Fayl-server — bu serveming eng umumiy turi. Shunisi qiziqki, fayl-serveming disk hajmi odatdagi ShKdan ko‘p bo’lishi kerak, chunki undan ko‘pgina kompyuterlar foydalaniladi.
Tarmoqda bir qancha fayl-serverlar bo’lishi mumkin. Tarmoqdan foydalanuvchilaming birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan fayl- serveming boshqa tur serverlarini sanab o'tish mumkin. Masalan, printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko'pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq ta’rriinoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stansiyada faqat resurs va fayl- server orasidan murojaat qilinadigan dasturlar oralig‘idagi interfeys rolini bajaruvchi uncha katta bo’lmagan qobiq joylashtiriladi.
Ushbu tamoyil doirasida ishlashga mo'ljallangan dastur tizimlari foy- dalanuvchiga fayl-serverdan foydalanish imkonini beradi. Qoida bo‘yicha ushbu dasturli tizimlar faylli serverda saqlanishi va barcha foydalanuv- chilar tomonidan bir vaqtda foydalanilishi mumkin. Lekin bu dasturlaming modullarini bajarish uchun zarur bo‘lganda foydalanuvchi ShKga, ya’ni ishchi stansiyaga o‘tkaziladi va kerakli ishni bajaradi. Bunda barcha ma’lumotlami qayta ishlash foydalanuvchining ShKda amalga oshiriladi. Shubhasiz, buning uchun ma’lumotlar saqlangan fayllar foydalanuvchining ShKga ko’chirilishi kerak.
Ikkinchi tamoyil «klient-server» arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy ta’minoti resurslardan jamoa bo'lib foydalanishgagina mo’ljallanib qolmay, balki ulami qayta ishlash va foydalanuvchi talabiga ko‘ra resurslami joylashtirishga mo’ljallangan. «Klient-server» arxitekturalar dastur tizimi ikkita bo‘linmadan iborat: serveming dasturiy ta’minot va foydalanuvchi — mijozning dastur ta’minoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar foydalanuvchining ShKda bajariladi va umumiy kirish ShKda ishlaydigan dastur-serverga so’rov jo’natiladi. Ma’lumotlaming asosiy qismini qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi kompyuteriga faqat bajarilgan so‘rov natijalari yuboriladi. Ma’lumotlar bazasi serverlari katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashga mo’ljallangan va ko‘p sonli foydalanuvchilar yuqori unumli ishlab chiqarishni, ishonch va himoyalanganlikni ta’minlaydi. Global tarmoqlari ilovalarida klient-server arxitekturasi (ma’lum ma’noda) asosiy sanaladi. Katta matnli sahifalami saqlash va qayta ishlashni ta’minlovchi mashhur Web serverlar, FTR serverlar, elektron pochta serverlari va boshqalar ma’lum. Sanab o‘tilgan xizmat turlarining mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmat olish va ulardan javob olish uchun so'rash imkonini beradi. Shu bilan birgalikda axborotlar tarmoqlar o‘rtasida ikki usulda amalga oshirilishi mumkin (9.4 - rasm).

9.4 - rasm. Axborotlami uzatish usuli bo'yicha tarmoqlaming tasniflanishi.

Taqsimlanadigan resursga ega har qanday ShK. tarmog'i server deb yuritilishi mumkin. Chunki boshqa ShKdan foydalanishga ruxsat bo'lgan bo‘linuvchi modemli kompyuter modem yoki kommunikatsiyali serverdir. Shu bilan birgalikda axborotlami uzatish bo‘yicha tarmoqlar quyidagicha tasniflanadi (9.5 - rasm).



9.5 - rasm. Axborotlami uzatish bo'yicha tarmoqlaming tasniflanishi.

ShKning lokal tarmog‘i keng tarqalgan. Dunyodagi ko‘pgina ShKlar shu tarmoqlarda ishlaydi. Lokal tarmoqlar bir-biridan uncha uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan ShKni bog'lab turadi. Odatda ular bir necha yaqin joylashgan korxona, muassasa va ofislar ShKni birlashtiradi. Lokal tarmoqlaming asosiy farqlanuvchi xususiyati barcha uchun yagona ShKning ma’lumot uzatish tezkor kanali va kommunikatsiya asbob-uskunalarida xatolik yuzaga kelish ehtimolining deyarli yo‘qligidir.



Yüklə 143,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin