Daminov t. A., Xalmatova b. T. Boboyeva u. R


Gipotrofiya darajalarining ta'rifi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə12/26
tarix23.02.2017
ölçüsü1,57 Mb.
#9543
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26

Gipotrofiya darajalarining ta'rifi

Klinik belgilari

Gipotrofiya darajalari

Ι

ΙΙ

ΙΙΙ

MNS holati

qo’zgalish tormozla nish bilan almashi nadi

Tormozlanish, rivojlanishda qis man orqada qolish

Yaqqol tormoz lanish, konikma larni yo’qolishi, rivojla nishda yaqqol orqada qolishi

Ishtaha

Boshida yuqori, keyin birmuncha pasaygan

Pasaygan

anoreksiya

Ozuqa fermentlari faolligi

Nisbatan pasaygan

Pasaygan

Yaqqol pasaygan

Najas

Normada

O'zgaruvchan

Suyuq ("och qolish najasi")

Teri

Oqimtir

Oqimtir, quruq, elastikligi pasaygan

Burmalar bilan osilib turadi

Teri osti yog qavati

qorinda yo’qolgan

oyoglarida yogolgan

hamma joyda, yuzida xam bo’lmaydi

Toqimalar turgori

Pasaygan

Yaqqol pasaygan

Butunlay yo’qolgan

Tana vazni tanqisligi 10

20% 20

30% 30%dan yuqori

Tana vazni tanqisligi 10

Tana vaznining ortishi ("vazn qiyshiqligi")

Sekinlashgan

Yaqqol sekinlashgan


Kuzatilmaydi. Tana vaznini yo’qotilishi


Immunitet

O'zgarmagan

Pasaygan

Yaqqol pasaygan


PARATROFIYa

Paratrofiya - bolani ko'krak suti, quruq sut aralashmalari, shirin sharbatlar bilan normaga nisbatan ko'p oziqlantirilganda, shuningdek, balanslanmagan, tarkibida ko'p uglevodlar va oqsil kam bo’lgan (masalan, bo'tqalar ko'p berilsa) mahsulotlar bilan oziqlantirilgan, ekssudativ - kataral diatez, limfatiko-gipoplastik diatezi bor, kam harakatlanadigan bolalarda rivojlanadi. Uzoq muddatli ko'p ovqatlantirish yo’ki doimiy gipodinamiya semizlikka olib kelishi mumkin. Paratrofiyaning klinik ko'rinishi gipotrofiyaga o'xshash, lekin tana vazni tanqisligi bunda bo’lmaydi. Bolada emosional tonusning nomutanosibligi aniqlanadi, bola bezovta yoki lanj, adinamiya kuzatiladi.

Katta yoshdagi bolalar hansirash, tez charchash, bosh og’rishidan shikoyat qiladi. Bolada tanlangan ishtaha aniqlanadi, ko'p xollarda ishtaha pasayadi.

Teri qoplamlari oqimtir, bir oz kerikkan, elastikligi pasaygan. Teri osti yo’g’ qatlamining yaxshi rivojlanganligiga qaramasdan toqimalar turgori va mushak tonusi pasaygan. Yog qavati bir tekisda tarqalmagan, son va qorinda yaqqol rivojlangan. Tana vazni va bo’yi yosh parametriga mos keladi yo’ki undan yuqori, tana tuzilishi disproporsional. Gipotrofiyaga o'xshab, oqsil, suv-tuz, vitamin va moddalar almashinuvi boshqa turlarining buzilishi yaqqol rivojlangan. Asidozyuzaga keladi. Ba'zida ichki organlarning funksional va morfologik o'zgarishlari, immunologic himoyaning pasayishi, nafas yo’llarida tez-tez shamollash kasalliklari, otitlar, siydik yo’llari infeksiyalari kuzatiladi. Najas ko'pikli, suyuq, nordon xidli bo´ladi.



Distrofiyaning tashqisoti. Distrofiya tashhisiga xarakterli klinik belgilarga asoslanadi, toqimalar turgori pasayadi, qorinda, qo'l-oyo’qlarda va yuzida, keyinchalik teri osti yog' qavatining yo’qolishi yoki qalinligining pasayishi (yo’ki xaddan tashqari va notekis to’planishi), tana vaznining bo'yiga nisbatan orqada qolishi, yuqumli kasalliklar va tashqi muhitning turli xil ta'siriga qarshiligi pasayadi. Diagnostikasida distrofiya turi ko’rsatiladi va uning yuzaga kelish vaqti tuhilgan vaqtiga nisbatan (prenatal, postnatal) kelib chiqishi aniqlanadi. Gipotrofiyada uning darajasi, etiologiyasi va rivojlanish davri (boshlang'ich, progressivlangan, rekonvalessensiya) ko’rsatiladi.

Qiyosiy tashqisi. Birlamchi distrofiya oshqozon - ichak trakti tug'ma nuqsonlari va boshqa organlarning nuqsonlari natijasida kelib chiqqan, irsiy patologiya, MNSning organik zararlanishi, endokrin kasalliklar natijasida yuzaga kelgan ikkilamchi distrofiya bilan taqqoslanadi.

Odatdagi terapiyadan davolanmaydigan oqir gipotrofiya holatlarida, shuningdek, paratrofiya va semizlikda, psixomotor rivojlanishdan orqada qolish bilan birga kelganda distrofiya ko’pincha ikkilamchi bo´ladi.

Gipostaturani jismoniy rivojlanishdan keskin orqada qoladigan kasalliklar bilan taqqoslanadi, birinchi navbatda nanizm, konstitusional bo'yi pastlik.


  • Xondrodistrofiya, suyaklarning tug'ma mortligi yo’ki tubulopatiya tufayli rivojlangan noproporsional nanizm gipostaturadan skeletning qopol patologiyasi bilan farqlanadi, uni raxit bilan tushuntirib bo’lmaydi, ba'zida distrofiya bilan kechadi. Suyak rentgenogrammasi va fosfor-kalsiy almashinuvi ko’rsatgichi bu kasallikni iste'sno etadi.

  • Proporsional nanizm gipofizning zararlanishi (gipofizar nanizm) yo’ki nafas va yurak-qon tomir tizimining tugma patologiyasi tufayli rivojlanadi. Tug'ilganda kamdan-kam uchraydi, odatda kech rivojlanadi. Nanizm bilan taqqoslash qiyin, organizm to'qimalarining STGga sezgirligini yo’qolishi bilan bog’liq. Bolalarda bu kasallikda tuhilgan vaqtda tana vazni va bo’yining past ko’rsatgichlari aniqlanadi, keyinchalik tana vazni va bo'yiga qo’sqilishi yaqqol bilinmaydi. Lekin distrofiyaning klinik va laborator belgilari kuzatilmaydi.

Distrofiyaning davosi

Davolash tadbirlari distrofiya turi va og’irlik darajasiga bogliq. Birinchi navbatda u etiologik omillarni bartaraf qilishni o'z ichiga oladi, kun tartibini tashkil qilish va bola uchun optimal atrof-muhit sharoitini yaratish. Dietoterapiya birinchi darajali gipotrofiyada ahamiyatga ega. Surunkali infeksiya o'choqlarini sanasiya qilish, yo'ldosh kasalliklarni davolash, ikkilamchi infeksiyalarni oldini olish, gipodinamiyaga qarshi kurashish muhim axamiyatga ega.

Parvarishni tashkil qilish.

I darajali gipotrofiyasi bor bolalar ularni yoshiga mos odatdagi kun tartibini o'zgartirmagan holda mahalla shifokori kuzatuvida uyda davolanadi.

II va III darajali gipotrofiya bilan og'rigan bolalarni davolash shifoxonada olib boriladi, engil kun tartibiga rioya qilinadi: bolani barcha ortiqcha qo'zg'atuvchilardan (yoruglik, ovoz va boshqalar) chegaralash tavsiya etiladi. Bolani alohida boksda, optimal mikroklimat sharoitida (havo temperaturasi 27-30 S°, namligi 60-70%, xona tez-tez shamollatib turiladi); onasi bola bilan birga gospitalizasiya qilinadi. Sayr vaqtida bolani holda ko’tarish lozim, oyog' - qo'llari issiq bo’lishigani kuzatish kerak (isitgich, paypoq, qo'lqop ishlatiladi). Bemorning emosional tonusini oshirish uchun u bilan mayin, yumshoq muomalada bo’lishi kerak, massaj va gimnastikani qollash zarur.

III darajali gipotrofiyada, asosan mushak gipertonusida, massajni nihoyatda extiyotkorlik bilan o'tkazish lozim va faqat silash turi tavsiya qilinadi.

Dietoterapiya Parhez distrofiyada rasional davoning asosini tashkil qiladi (birinchi navbatda gipotrofiya).


Dietoterapiyani ikki bosqichga ajratish mumkin:

  • Turli xil ovqatlarni qabul hila olish;

  • Ovqat miqdorini asta-sekin ko’paytirib borish va uning sifatini fiziologik yosh me'yoriga etguncha korreksiya qilish.

Birinchi bosqich 3-4 kundan 10-12 kungacha davom etadi, ikkinchi bosqich to bola soqaygunicha davom etadi.

Distrofiyani davolashda dietoterapiyaning umumiy tamoyillari:



  • Parhezni "yoshartirish"- kichik yoshdagi bolalarga moljallangan ozuqa maxsulotlarini qo'llash (ko'krak suti, asosida oqsil gidrolizatlari bo'lgan, nordon sutli adaptirlangan aralashmalar);

  • Bolani tez-tez emizish (masalan, III darajali gipotrofiyada sutkada 10 marta) bitta qabuldagi ovqat miqdorini kamaytirish bilan olib boriladi;

  • haftalik ozuqa yuklamasini hisoblash, oqsil, yog va uglevodlarni tana vaznining ortishini hisobga olib korreksiya qilish;

  • Davoni o'z vaqtida korreksiya qilishni doimiy kuzatish (ozuqa kundaligida ozuqa miqdori, ichilgan suyuqlik, diurez va najas xarakteri ko’rsatiladi; "vazn qiyshiqligini" tuzish, ko’prologik tekshirish va boshqalar).

I darajali gipotrofiyada ovqatlanishni hisoblash bolani bo’lishiga kerak bo’lgan tana vazniga (yoshiga mos kelgan holda), bolaning asosiy ozuqa komponentlari, mikroelementlar va vitaminlarga bo’lgan talabini toliq qoniqtirgan holda o’tkaziladi.

II va III darajali gipotrofiyada birinchi 2-3 kunda kerakli tana vazni uchun zarur bo’lgan ovqat xajmi 1/3-1/2 gacha chegaralanadi. Keyinchalik u asta-sekin sog'lom bola sutkalik rasionining 2/3-3/5 qismigacha kotariladi. Yetishmagan ovqat xajmi suyuqliklar - meva va sabzavot sharbatlari, 5%li glyukoza eritmasi bilan toldiriladi. Yoshiga mos keladigan ovqat xajmiga yetgandan keyin oqsil va uglevodlar miqdori bo’lishiga kerak bo'lgan tana vazniga, yog'lar esa hozirgi tana vazniga hisoblanadi. Agar bolada ovqat miqdorini ko'paytirish jarayonida dispepsiya bo'lmasa, tana vazni ortsa (odatda bu davoning 1-12 kunidan keyin boshlanadi), asta sekin ovqatlanishni sifatli korreksiyasi o'tkaziladi, hamma ingredientlar bo’lishiga kerak bo’lgan tana vazniga hisoblanadi (oqsil va yoglar - 4-4,5 g/kg, uglevodlar - 13-16 g/kg).


Medikamentoz terapiya

Ovqat yuklamasini ko’paytirish va organizmning o'z fermentlarini ishlab chiqarishi pasayganligini e'tiborga olib gipotrofiyaning barcha darajalarida fermentativ preparatlar buyurtiriladi. Fermentlar uzoq vaqt davomida beriladi, dorilar o'zgartiriladi: fermentlar (abomin), pankreatin + o’t komponentlari + gemisellyuloza (festal), ko’programmada neytral yog'lar va yog' kislotalarning ko’pligida - pankreatin, panzinorm. Davoga vitaminlarni qo'shish patogenetik asoslangan hisoblanadi, asosan birinchi navbatda askorbin kislota, piridoksin va tiamin. Stimullovchi terapiya apilak, pentoksil, jenshen va boshqa dorilar kursi bilan almashtirib turiladi. Yuqumli kasalliklar rivojlanganda Ig yuboriladi.


Distrofiyalarning profilaktikasi

Profilaktika antenatal va postnatal turlarga bo’linadi.



  • Antenatal profilaktika oilani rejalashtirishni, ota-onalar o’rtasitda sanitariya - targ'ibot ishlari olib borish, abortga qarshi kurashish, bo'lajak onalar kasalligini, asosan jinsiy organlar patologiyasini vaqtida, homiladorlar sog'ligini saqlash (rasional ovqatlantirish, kun tartibiga rioya qilish, toza xavoda sayr qilish, yengil ishga o’tkazish (noqulay ish sharoitida), chekish va boshqa zararli odatlarni man etish).

  • Postnatal profilaktikasi bu - o'z vaqtida korreksiya qilingan tabiiy ovqatlantirish, kun tartibi va bolani to'g'ri parvarishlashga rioya qilish, to'g'ri tarbiyalash, yuqumli va interkurrent kasalliklarni oldini olish va davolash, tana vaznini har oyda tortish (1 yoshgacha) va tana uzunligini o’lchashni o'z ichiga oluvchi dispanser kuzatuvni olib borishdir.


Qqibati birinchi navbatda distrofiyaga olib kelgan sababni bartaraf hila olish, shuningdek yo'ldosh kasalliklarni davolay olishga bog’liq. Birlamchi alimentar va infeksion - alimentar distrofiya oqibati yaxshi tugaydi.
Marazm - maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda och qolish natijasida rivojlangan distrofiya bo’lib, bunda yosh standartiga nisbatan tana vazni tanqisligi 60%ni tashkil qiladi.

Marazm sababi ijtimoiy - iqtisodiy yoki kasallik tufayli och qolish, uzoq muddatli anoreksiya, qayd qilish (kuyishdan keyingi qizilongach strikturasi, kardiospazm, oshqozon boshlanish joyining stenozi). Barcha moddalar almashinuvi buziladi, bola jismoniy va ruhiy rivojlanishdan keskin orqada qoladi. Marazmning birlamchi va ikkilamchi shakllari ajratiladi, og'irlik darajasi va davri ko’rsatiladi.

Marazm klinikasiga xarakterli belgilar: teri rangi oqarishi va follikulyar giperkeratoz bilan kechuvchi quruqligi, depigmentasiya, notekis ranglanishi ("bayroq simptomi") va sochlarni to'kilishi, qarilarga xos yuz tuzilishi, qovoqlarining yalliglanishi va xeyloz, mushaklar va teri osti yog' qavatining susayishi. Ko'rik vaqtida kardiomegaliya, gepatomegaliya, gemorragik belgilar aniqlanadi. Bo’yi o'sishdan orqada qoladi, bolalar qo’zgaluvchan, yigloq, ruhiy rivojlanishdan orqada qoladi, bilish faolligi pasaygan, xotira va ish faoliyati susaygan.Tashqis kliniko-anamnestik va antropometrik ma'lumotlarga asoslanadi.

Qiyosiy tashqis ozish bilan kechadigan kasalliklar orasida o’tkaziladi: MNSning organik patologiyasi, malabsorbsiya va moddalar almashinuvining irsiy nuqsonlari va boshqalar. og'ir holatlarda marazm davosi somatik shifoxonalarda boshlanadi - parenteral ovqatlantirish va ornini bosuvchi terapiya o’tkaziladi. Unchalik og’ir bo’lmagan holatlarda ambulator davo o’tkazish mumkin: parhez, o’rindosh terapiya (vitaminlar, minerallar, ovqat fermentlari), stimullovchi davo (adaptogenlar, immunomodulyatorlar), psixoterapiya, davolash-fizkulturasi kursi. Marazmning ikkilamchi shaklida asosiy kasallikning davosi o’tkaziladi. Sosial-iqtisodiy muhitni yaxshilash, bola bilan psixologik-pedagogik ishlarni olib borish muhim profilaktik ahamiyatga ega.



BOLALARDA KONSTITUSIYa ANOMALIYaLARI.

DIATEZLAR

Diatezlar (diatheses: grek tilidan diatesis biror narsaga moyillik) - konstitusiya anomaliyalari, ba'zi bir kasalliklarga moyillik va odatdagi qo’zgalishlarga ma'lum bir tiplarning noadekvat reaksiyalari bilan xarakterlanadi.

Asrlar o’tishi bilan "konstitusiya" atamasining moqiyati o’zgardi. Gippokrat "yaxshi konstitusiya" atamasida organizmning to’rt suyuqlik garmoniyasini tushungan; Galen "pnevmaning" turli xil holati haqida aytgan; Paraselz sog’lom odam tanasida tuzlar, oltingugurt yoki simobning ustunligi bilan tushuntirgan.

Keyinchalik kasallik tananing alohida tuzilishi yoki tarkibi bilan bog’liq degan fikrlar aytilgan. XVII asrda konstitusiya - temperament haqidagi bilimlar, keyinchalik konstitusiyani tana tuzilishining tashqi xususiyatlari bilan ham boqlashgan. XIX asr o’rtalarigacha odam patologiyasi haqidagi fanlarda gumoral yonalish (qon, limfa, sharbatlar o’zgarishi) saqlangan. Konstitusiya to’g’risidagi noilmiy tasavvurlar ko’p yillar davomida saqlangan. 1846 yilda Rokitanskiy tomonidan (o’ha vaqtlarda tibbiyotda tan olingan mualliflardan) "Patologik anatomiya" kitobi chop etilgan, unda kasallikning patologo - anatomik tomonlari korsatilishi bilan birga, qon tarkibining buzilishi hisobiga kasallikning paydo bo’lishi teoriyasi kelib chiqadi degan fikr kiritilgan. Virxov ishlaridan keyin kasalliklarning yuzaga kelishi qon tarkibidagi o’zgarishlardan paydo bo´ladi degan fikr inkor qilindi, kasallikka esa hujayra patologiyasi deb qarala boshlandi.

Pediatrlarni konstitusiya va diatezlarning umumiy tibbiy va klinik tushunchalari bilan Mixail Stepanovich Maslov tanishtirdi. M.S. Maslov pediatriya tarixiga ko’p vaqti va ishlarini bolalardagi konstitusiya anomaliyalari va diatezlarni organishga ba?ishlagan olim sifatida kirdi.

Hozirgi vaqtda diatez tushunchasi deganda, bola organizmining nasldan-naslga o'tadigan alohida xususiyatga ega holati, kasalliklarni yengilroq yoki og’ir kechishini aniqlaydigan, odatdagi muhit ta'siriga organizmning noadekvat javobi tushuniladi.

Diatez tushunchasidan korinib turibdiki, bu holatlarga hech qachon kasallik deb qarash kerak emas. Aniqroqi diatezlarni noqulay tashqi va ichki ta'sirlar natijasida (bolaning norasional kun tartibi, ovqatdagi o’zgarishlar, parvarish nuqsonlari, surunkali yuqumli kasallik va emosional stresslar) kasallikka olib keluvchi odam konstitusiyasining anomaliyalari yoki adaptasiyaning buzilishi deb qarash mumkin.

Diatezlarning rivojlanish mexanizmi vegetativ nerv tizimi va ichki sekresiya bilan bog’liq. Tashqi muhit sharoiti o’zgarganda (ovqatlanish, kun tartibining buzilishi, organizm kasalliklari), markaziy yo’ki vegetativ nerv tizimining funksional buzilishlarida nerv-regulyator mexanizmlar organlar va moddalar almashinuvining to'g'ri funksiyasini ta'minlay olmaydi, buning natijasida organizmning tashqi muhitga moslanishi susayadi, reaktivligi ozgaradi, aniq bir kasalliklarga moyillik yuzaga keladi. Diatezlarda hattoki fiziologik qo’zgatuvchilar va odatdagi hayot sharoiti patologik reaksiyalarni chaqirishi va kasallikka olib kelishi mumkin. Kasalliklarga moyillikni pasaytirish yo’ki ba'zida bartaraf qilish mumkin.

Konstitusiya anomaliyalari bor bolalar o’tkir respirator infeksiyalar bilan tez kasallanadi, ularda kislota - asos balansining buzilishi, oqir toksikozlar, talvasa sindromi, septik va yalliglanish jarayonlar rivojlanishiga moyillik bo´ladi. Diatezlarning alohida shakllari keyinchalik teri, oshqozon-ichak trakti, siydik chiqarish yo’llari va suyak-bo'g’im tizimining surunkali patologiyasiga aylanishi mumkin.Ekssudativ-kataral (ekssudativli) diatez - erta yoshdagi bolalarga xos konstitusiya anomaliyasi bo’lib, teri va shilliq qavatlarning qaytalanuvchi deskvamativ zararlanishi, allergik reaksiyalar rivojlanishi va yalliglanish jarayonining choziluvchan kechishi, shuningdek, suv-tuz almashinuvi buzilishi va limfoid giperplaziyaga moyillik bilan xarakterlanadi. 30-53% erta yoshdagi bolalarda ekssudativ - kataral diatezning qisqa vaqtli belgilari aniqlanadi. Ko’pgina bolalarda ekssudativ - kataral diatez patogenezida oshqozon-ichak traktining yuqori o’tkazuvchanligi, semiz hujayralar membranalarining yetarli bo’lmagan stabilligi, biogen aminlar va oqsillarni parchalaydigan fermentlar aktivligining pastligi muhim ahamiyatga ega.

Ekssudativ-kataral diatezning asosiy xususiyati shundan iboratki uning boshlanish vaqti ona (bolani ko’krak suti bilan emizganda) yo’ki bola ovqatida gistamin va gistamin liberatorlari ko’p bo’lgan maxsulotlar - qulupnay, yer yonqoq, sitruslilar, shokolad, baliq, pishloq, kolbasa, tomatlar, karam iste'mol qilinishi bilan bog’liq; bunda yuzaga keladigan allergik reaksiyalar immun mexanizmlar ishtirokisiz paydo bo´ladi.

Ekssudativ-kataral diatezli bolalarga xarakterli bo’lgan belgilarga quyidagilar kiradi: tana vaznining ortiqligi, kerikish, hayotining birinchi oyidan boshlab bicqilish, gneys (boshining soch qismida yogli seboreyali tangachalar), terining quruqligi va oqarishi, sutli strup – yo’noq terisi va jag’ning qizarishi, keyinchalik qipiqlanish. Ko’p ho’llarda terida eritematoz-papulezva eritematoz-vezikulez qichishadigan toshmalar, tirnalganda ikkilamchi infisirlanishi mumkin bo’lgan toshmalar paydo bo´ladi. "Geografik til", ozgaruvchan najas, choziluvchan kon'yuktivitlar, rinitlar, obstruktiv bronxitlar, ko’p ho’llarda kamqonlik, raxit aniqlanadi.

Organizmda suv, natriy, kaliy va xloridlar ushlanib qolishi kuzatiladi, lekin interkurrent kasalliklarda suvsizlik tez rivojlanadi. Moddalar almashinuvining xususiyati metabo’lik asidoz, erkin-radikal lipidlarning qayta oksidlanishi, gipoproteinemiya, giperglikemiya va giperlipidemiyaga moyillik, jigar funksiyasi buzilishi hisoblanadi. 3-4 yoshda ekssudativ-kataral diatez vujudga kelishi asta-sekin yo’qoladi.

Diagnoz anamnestik va klinik ma'lumotlarga asoslangan. Differensial tashxis allergik diatezlar bilan o’tkaziladi. Agar teri va boshqa allergik ko'rinishlar oddiy allergen ta'sirlar natijasida yuzaga chiqsa, davolashga qaramasdan kuchayib borsa va bolaning ota-onasi allergik kasalliklar bilan kasallangan bo’lsa, bemorda allergik diatez va aniq allergikkasallik (masalan, atopik dermatit) tashxisi qo’yiladi.

Ekssudativ-kataral diatezi bor bolalar pediatr dispanser kuzatuvi ostida bo’lishiga kerak. Kerak bo’lganda allergolog, dermatolog va boshqa mutaxasislar konsultasiyasi o’tkaziladi. Bola va onasiga ko’krak suti bilan emizish vaqtida, rasional ovqatlanishni uyushtirish muxim axamiyatga ega. Allergiya chaqiradigan maxsulotlarni, yengil hazm bo´ladigan uglevodlarni chegaralash lozim. Bir yoshgacha bolalarni sun'iy ovqatlantirilganda nordon aralashmalar tavsiya qilinadi. Allergenlarni topishda anamnez, "ovqat kundaligini" tuzish va maxsus allergolik tekshirish yordam beradi. Uyda gipoallergenli muhit yaratish zarur, eng ko’p tarqalgan allergik vositalarni man etish (penisillin, asetilsalisil kislota, vitamin V1, biologik dori vositalari). Profilaktik emlash haqidagi savollar individual yecqiladi, ular medikamentoz tayyo’rlashdan keyin (giposensibilizasiya, antigistamin dori vositalari) ekssudativ-kataral diatez qaytalangandan keyin, 1-oydan kam bo’lmagan vaqtda o’tkaziladi.

Allergik zararlanishda V6, A, Ye, V5 vitaminlari yoshiga mos davo dozasida asta-sekin qollaniladi, antigistamin dori vositalari (masalan, suprastin, tavegil, dimedrol, ketotifen, zaditen) qo’llaniladi. Teri zararlanishi bo’lgan bolalarga moychechak, moychechak damlamasi bilan vannalar, 1%li indometasin moyi buyuriladi.

Ekssudativ-kataral diatezning birlamchi profilaktikasi perinatal davrda olib boriladi va homilador ayollar va ko’krak yoshidagi bolalarni rasional ovqatlanishi, obligat allergenlar bilan muloqotni bartaraf qilishni o’z ichiga oladi.

Allergik diatez - allergik kasalliklarga moyillik bilan xarakterlanadigan konstitusiya anomaliyasi. Yu.E.Veltishev (1984 y) va I.M.Voronsov (1985 y) immunologik reaksiyalar xususiyatlariga bog’liq holda allergik diatezni quyidagi shakllarini ajratishni taklif qiladi: atopik, autoimmun, infeksion-allergik.

Allergik diatez poligen irsiylanishga ega. Turli oilalarda allergik reaksiyalarga yuqori moyillik turli omillarga bog’liq: IgYe ning yuqori sintezi, immun tanqislik, nafas yo’llari va ichak epiteliyalari gliko’proteinlari, bakteriyalar, zamburug’lar va boshqalar bilan o’xshashligi bilan xarakterlanadi. Allergik kasalliklar allergenlarni parchalanmagan holda tabiiy barer orqali o'tishi natijasida va atrof-muxit omillari, infeksiya ham qo’zg’atuvchi rolni o'ynaydi, gipovitaminozlar, shilliq qavatlarning to’siq xususiyati buzilishi natijasida yuzaga kelgan anemiya ta'sirida rivojlanadi.

Allergik diatezlarda bola hayotining birinchi yilida ekssudativ-kataral diatezga oxshash terining zararlanishi bo’lishiga mumkin, shuningdek, ekzema, maktabgacha yoshda nafas yollari allergik kasalliklari, immun-kompleks kasalliklar (masalan, biriktiruvchi to’qimaning diffuz kasalliklari), maktab yoshida asosan ekzema, atopik dermatit, teri va nafas organlarining bir vaqtdagi allergik kasalliklari, autoimmun va immunokompleks kasalliklar kuzatiladi.

Allergik diatez diagnozi genealogik anamnezga asoslanadi, agar allergik kasallik o’rtasida bo’lsa 30% bolalarda bu diatez rivojlanadi, agar allergik kasallik onasida bo’lsa bolada 50% holda, agar allergiya ikkala ota-onasida diagnostika qilingan bo’lsa 75% bolalarda diatez rivojlanadi. Bolada allergik zararlanishni yuzaga kelishi tashqisni asoslaydi, uning rivojlanishida immun mexanizmlar qatnashadi (ekssudativ-kataral diatezdan farqi); oxirgi tashqis allergologik tekshiruvdan so’ng qo’yiladi.

Allergik zararlanishning davosi mutaxasislar tomonidan o’tkaziladi (masalan, allergolog, dermatolog).

Limfatiko-gipoplastik (limfatik) diatez - bola hayotining birinchi 7 yoshigacha bo’lgan davrdagi konstitusiya anomaliyasi, limfa tugunlari va ayrisimon bezning generalizasiyalashgan kattalashishi, endokrin tizimning disfunksiyasi (buyrak usti bezining, simpatik-adrenal tizimning gipofunksiyasi), atrof muhitga bo’lgan o’zgarishning pasayishi, yuqumli va allergik kasalliklarga moyillikning ustunligi bilan xarakterlanadi. Bu diatezning yuzaga kelishida homila ichi davrida va homiladan tashqari hayotining birinchi haftasida toksik-infeksion va uzoq muddatli gipoksiya rol oynaydi.

Limfatiko-gipoplastik diatezli bolalar uchun kichik mushak og’irligiga qaramasdan, tana vazninig ortiqligi, kerikish, kalta bo’yin, suyaklarning qo’polligi, periferik limfa tugunlarining kattalashishi, tanglay va tomoq bodomcha bezlarining kattalashishi xarakterlidir. Bolalar apatik, lanj, tez charchaydi. Tomoq bodomcha bezlarining osishi bilan burundan nafas olish buziladi, bolalar og'iz orqali nafas oladi, yomon uxlaydi. Yuqumli kasalliklar choziluvchan, to’lqinsimon kechadi, uzoq subfebrilitet qoldiradi. Qon tekshirilganda kamqonlik, limfositoz, EChT ko’tarilishi aniqlanadi.

Limfatiko-gipoplastik diatezning yaqqol ko’rinishi maktabgacha yoshga to’g'ri keladi, keyinchalik u yo’qoladi.

Tashqis qo'yish anamnestik va klinik ma'lumotlarga asoslanadi.

Differensial tashqis irsiy immunotanqislik holatlar va homila ichi infeksiyalari bilan o’tkaziladi. Limfatiko-gipoplastik diatez bilan og’rigan bolalar pediatr dispanser kuzatuvida bo’lishiga kerak. Rejali chiniqtirish, massaj va gimnastika, tabiiy ovqatlantirish va uni rasional kengaytirish, yo'ldosh kasalliklarni erta aniqlash va kompleks davolash (gipovitaminozlar, kamqonlik, yuqumli kasalliklar). Profilaktik emlash individual jadval asosida olib boriladi. Immunitetni stimullash uchun A, Ye, V5, V6, V12, V15 vitaminlari, organizmning nospesifik himoya kuchini ko’taradigan dori vositalari (masalan, dibazol, pentoksil, metasil, nukleinat natriy), dorivor adaptogenlar (eleuterokokk damlamasi, jenshen), buyrak usti bezi glyukokortikoid funksiyasini stimulyatorlari (glisiram, etimizol, askorbin kislotasining katta dozasi) buyurtiriladi.

Limfatiko-gipoplastik diatezning profilaktikasi ayollarda homiladorlikgacha surunkali infeksiya o’choqlarini bartaraf qilish, homilaning to'g'ri rivojlanishini ta'minlash, uning rivojlanishdan orqada qolishini va gipoksiyani erta aniqlash, davolashni o’z ichiga oladi.



Nerv - artritik diatez - semizlik, qandli diabet, podagra va moddalar almashinuvi buzilishiga moyillik tug’diruvchi konstitusiya anomaliyasi bo’lib, organizmda asosan siydik kislotasi va purinlar almashinuvining buzilishi, kam miqdorda lipid va uglevod almashinuvi buzilishiga moyilligi bilan xarakterlanadi. Nerv-artritik diatezning poligen irsiylanishi isbotlangan.

Bolalarda bir yoshdan keyin ishtaha yomon bo’lishiga, uyqu buzilishi kuzatiladi. Ba'zida kechki enurez, xar qanday virusli yoki bakterial kasalliklar fonida talvasa kuzatiladi. Tana tuzilishiga ko'ra bolalar ozg’in, keyinchalik tez vazniga qo'shiladi. Ularni qabziyat, jigar kattalashishi, asetonemik qusish davriy xurujlari (siklik asetonemik qusish sindromi deyiladi) bezovta qiladi. Artritik organizmda purin moddalarining to’planishi natijasida, aseton hidli davriy qusish xurujlari paydo bo´ladi, peshobda va qonda vrachlar keton tanalari miqdorining yuqoriligi aniqlanadi. Shuning uchun bu bolalarda qusish asetonemik deb yuritiladi, ya'ni qonda aseton miqdorining yuqoriligi bilan kechadi. Ba'zi tekshiruvchilar fikriga kora, erta yoshda bu xolatlar keyinchalik migrenning birinchi belgisi hisoblanadi. Ba'zida qusish xurujlari to’liq va qisman och qolganda ovqatlanishning buzilishi yoki ovqatda past miqdorda uglevodlar ishlatilganda, lekin hayvon yog'lari ko’pligi, shuningdek, turli xil kasalliklar, go’daklarda esa qo’rquvlar bilan birga kechadi.

Qusishning yuzaga chiqishida asosiy sabab gormonal va metabo’lik buzilishlar, insulin miqdori yuqoriligi sababli qonda glyukoza miqdorini kamayishidir. Artritik bolalar qonida glyukozaning kamayishi jigar disfunksiyadan dalolat beradi. Bu nerv-artritik diatezning xususiyati hisoblanadi. Asetonemik qusish godaklarda stasionar davolashni talab etadi.

Ko’pgina xollarda qonda siydik kislotasi miqdori uning sintezi oshishi sababli ko’tariladi, buning natijasida uraturiya (siydik-nordon diatezi) vujudga keladi. qorinda og’riq xurujlari, bosh og’rishi paydo bo’lishiga mumkin.

Noqulay sharoitda yosh o’tishi bilan podagra, modda almashinuvi buzilishi natijasidagi artritlar, qandli diabet, peshobda siydik kislotasining miqdori yuqori bo’lganligi sababli pielonefrit, siydik tosh kasalligi rivojlanadi. Kasalliklarning zo'rayishi quyidagi omillarga bog’liq - psixoemosional zo’riqish, purinlarga boy mahsulotlarni ko’p qo’llash (misol, go’sht, jigar, pashtet, sardinlar, seledka, shokolad, kakao, donlilar).

Nerv - artritik diatezli bolalar pediatr kuzatuvida bo’lishiga kerak. Kun tartibiga rioya qilish katta ahamiyatga ega, ovqat tarkibida puringa boy mahsulotlarni (og’ir holatlarda umuman olib tashlash) chegaralash buyuriladi. Jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish, chiniqish zarur. Ishqoriy mineral suvlar juda foydali hisoblanadi. Vaqti-vaqti bilan purin almashinuviga ta'sir qiladigan dori vositalarini qo'llash zarur - kalsiy pantotenat, sitrat aralashmasi, etamid, allopurinol.

Tashqis genealogik anamnez (qarindoshlarida nevrologik va moddalar almashinuvi buzilishi bilan kechadigan kasalliklarning topilishi), klinik belgilari, siydikda uratlar miqdorining ko’payganligiga asoslanadi.

Differensial tashqis nevrozlar, ensefalopatiyalar, Lesh-Nayxen sindromi bilan o’tkaziladi.


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin