Daminov t. A., Xalmatova b. T. Boboyeva u. R


BOLALARNI RASIONAL OVQATLANTIRISh



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə10/26
tarix23.02.2017
ölçüsü1,57 Mb.
#9543
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26

BOLALARNI RASIONAL OVQATLANTIRISh

Tabiiy - ko'krak suti bilan ovqatlantirish. Bu bola tuhilgandan 1-1,5 yil ichida adekvat ovqatlantirishning tabiiy shakli hisoblanadi. Ko'krak suti bilan emizish bola hayotining birinchi 6-oyligida to'g'ri ovqatlantirishning yagona usuli hisoblanadi. Tugruqxonada chaqaloqni birinchi marta ko'krakga qo'yish birinchi muloqot muolojasi bilan olib boriladi.

Vaqtiga yetib tuhilgan chaqaloqda tug'ilgandan so'ng 102-150 min orasida ovqat qidirishning tug'ma dasturiga asosan ko'krakni emish uchun imkoniyatlar bor: ona ko’kragiga emaklab borish, oqzini katta ochgan holda qol va ogizning koordinasion xarakati bilan ko'krak uchini qidirish, ko'krakni so'rish va uyqusi kelgunicha emish.

Ko'krak bilan emizishni bola tug’ilgandan keyin birinchi soat davrida boshlash kerak, chunki bu vaqtda bolaning ikkala refleksi (qidiruv va sorish), ko'krak bezi sohasi sezgirligi onaning taktil stimulyasiyasi bu vaqtda yuqori bo´ladi. Tug´ruqdan keyin teri muloqoti yaqinroq bo'lishi kerak, asoratlanmagan tug'ruqdan so'ng, ona qorniga bolani yotqizib qo´yish tavsiya etiladi.


Doimiy ko'krak suti va sigir suti (100 mlda) tarkibi va bola ozuqa aralashmasi tarkibi tog'risida tavsiya




Komponentlar

Ko'krak suti ortacha kiymati

Bola ozuqa aralashmasi

Sigir suti

1

Energiya (kdJ)

280

250-315

276

2

Energiya (kkal)

67

60-75

66

3

Oqsil (g)

1,3

1.2-1,95

3,2

4

Yog (g)

4,2

2,1-4,2

3,9

5

Uglevod (g)

7

4.6-9,1

4,6

6

Natriy (mg)

15

13-39

55

7

Xlor (mg)

43

32,5-81

97

8

Kalsiy (mg)

35

59

120

9

Fosfor (mg)

15

16,3-58,5

92

10

Temir (mg)

76

325-975

60

11

vitA

60

39-117

35

12

Vit S

3,8

5,2

1,8

13

Vit D

0,01

0,65-1,63

0,08

Ona va bola sog'ligi uchun ko’krak suti bilan emizishning afzalliklari


Emizikli bola uchun:

  • Dispeptik kasalliklarning tarqalishi va davomiyligi pasayadi

  • Respirator infeksiyalardan himoyani ta'minlaydi

  • Otit va otit qaytalanishining tarqalishini kamaytiradi

  • Chaqaloqlar nekrotik enterokoliti, bakteremiya, meningit, botulizm va siydik yo’llari infeksiyasidan himoyalaydi

  • Autoimmun kasalliklarga moyillikni kamaytiradi

  • To’satdan o´lim sindromiga moyillikni kamaytiradi

  • Sigir sutiga allergiya rivojlanishi moyilligini pasaytiradi

  • Katta yoshdagi bolalarda semirishga moyillikni kamaytiradi

  • Sut tarkibida yarim to’yinmagan yog’ kislotalarni borligi tufayli psixomotor rivojlanish va ko’rish o'tkirligi oshadi

  • IQ shkalasi boyicha aqliy rivojlanish ko´rsatgichi ortadi, bu sut tarkibidagi omillar yoki yuqori stimulligi bilan bog'liq

  • Jag' nuqsonlari kamayadi


Ona uchun:

  • Bola tuhilgandan keyin ko'krak bilan emizishni erta boshlash, onaning tug'ruqdan keyin kuch tiklashiga, bachadon involyusiyasi tezlashuviga va qon ketishni oldini olishga, shu bilan birga onalar o'limini pasayishiga, onada gemoglobin zahirasini saqlashga, qon ketishini pasayishi hisobiga, uning organizmida temir miqdorini ko'payishiga olib keladi

  • Klimaks oldi yoshi davrida ko'krak bezi saramasiga moyillikni kamaytiradi

  • Tuxumdonlar saramasiga moyillikni pasaytiradi

  • Suyaklar mineralizasiyasini yaxshilaydi va shu orqali klimaks oldi yoshi davrida son suyagi sinishiga moyillikni pasaytiradi.


Chaqaloqlar hayotining birinchi kunlarida og'iz sutining ahamiyati.

Og'iz suti xarakteristikasi

Og'iz suti - sariq yo’ki kulrang-sariq rangdagi yelimsimon, quyuq suyuqlik, homiladorlikning oxirida va tug'ruqdan keyin birinchi 3 kunida ajraladi. Isitilganda yengil eriydi. Og'iz sutida oqsil, vit A, karotin, askorbin kislotasi, vit V12, Ye, tuzlar, doimiy sutga nisbatan ko'p bo´ladi. Albumin va globulin fraksiyalari kazeindan ko'proq. Kazein laktasiyaning 4-kunidan boshlab paydo bo´ladi, uning miqdori asta-sekin ko’payadi. Bolani ko'krakga qo´yishdan oldin og´iz sutida IgA, yog va sut shakari yetuk sutga nisbatan kam bo´ladi. Og'iz suti oqsili bola oqsil zardobiga o´xshashligi sababli o'zgarmagan holda so'riladi. Og'iz suti gemotrof va amniotrof oziqlanish davrlari o’rtasitdagi oraliq shakli va laktotrof oziqlanish boshlanishi hisoblanadi. Birinchi kunlarda og’iz sutining energetik qiymati 1500 kkal/l, 2-kunda - 1100kkal/l, 3 - kunda 800 kkal/lga teng keladi.

Etuk (doimiy) sut - bir necha kundan keyin ishlab chiqiladi, uning miqdori oshadi, ko’krak bezlari to´lishadi, shishadi va og'ir bo´ladi. Bu xolat "sutni otishi" deb ataladi. Erta sut - emizishning boshida ishlab chiqiladi.

Kechki sut - emizishning oxirida ishlab chiqiladi. Rangi oq, erta sutga nisbatan unda yoglar ko'p. Bu yog´ tabiiy ovqatlantirishda asosiy energiya manbai bo'lib hisoblanadi. Erta sut kechki sutga qaraganda, havorang tusda, u ko'p hajmda ajraladi va boshqa komponentlar bilan ta'minlaydi. Birinchi 6 oyligida issiq iqlim bo’lishiga qaramay, qo´shimcha suyuqlik ichirish mumkin emas. Agar bola chanqashni suv bilan qoniqtirsa, ko'krak sutini kam miqdorda emadi.
Ona sutining afzalliklari:

1. Og'iz suti va ona sutida ichak infeksiyasi chakiruvchisiga, esherixiy, shigella, enterovirus, respirator infeksiyaga, virusli kasalliklar qo'zg'atuvchisiga, bakterial infeksiyalarga qarshi antitelolar bor.

2. Og'iz sutida immunoglobulinlarning barcha sinflari, asosan IgA (90%) bor. Laktasiyada uning miqdori kamayadi, lekin sutkalik talabi yuqoriligicha qoladi. Bu immunoglobulin invaziyaga qarshi birinchi himoya vazifasini o'taydi, bakteriyalar adgeziyasini pasaytiradi, viruslarni neytrallaydi, allergizasiyani kamaytiradi.

3. Laktasiyaning birinchi 4-haftasida ona sutida laktoferrin (50-100mg/l) bo´ladi, u fagositozni aktivlashtiradi, ichakda ionizasiyalashgan temirni boqlaydi, bakterial florani yangidan hosil bo´lishini bloklaydi. U sutdagi umumiy oqsilni 15-20%ini tashkil qiladi. Sigir sutida laktoferrin 10-15 marta kam.

4.Og'iz sutida S3 komplement komponentlari (30mg kunda) va S4 (10mg kunida) mavjud.

5.Ona sutida sigir sutiga qaraganda lizosim miqdori 100-300 marta yuqori bo´ladi. Uning ta'siri bakteriya qobig'ini zararlashdan iborat, so'lakda amilazaning hosil bolishini stimullaydi, oshqozon kislotaligini ko´taradi.

6.Ona sutida bifidus-faktor bor, uning aktivligi sigir sutiga nisbatan 100 marta yuqori. Bu uglevod bifidus flora, sut va sirka kislotasi hosil bo’lishini ta'minlaydi, o'z navbatida stafilokokk, salmonella, shigella, esherixiy o’sishiga tosqinlik qiladi. Tabiiy ovqatlantirishda ichakda laktobakterin va boshqa mikroorganizmlarning nisbati 1000:1; sun'iy ovqatlantirishda esa - 10:1ga teng.

7. 1 ml ona suti tarkibida 0,5-1 mln gacha tirik hujayralar, makrofaglar 50-80%, limfositlar - 10-15% Sutdagi makrofaglar interferon, laktoferrin, lizosim, komplement komponentlarini sintezlaydi, ular o'z hususiyatlarini ichak infeksiyalarida ham saqlaydilar.

8. Ona sutiga allergiya aniq emas, bir yoshgacha bo'lgan bolalarda sutli aralashmaga allergiya esa 18%ni tashkil qiladi.

9. Ona suti, asosan og'iz suti, sigir sutidan farqli, o'z tarkibida gipofiz, qalqonsimon bez gormonlarini saqlaydi.

10. Ona sutida 30 ga yaqin ferment bor, ular gidrolizda hatnashadi, bu ona sutining yuqori hazm bolishini ta'minlaydi.

11. Ona sutida oqsil 2 marta kam, lekin uglevodlar (laktoza) xayvon sutiga nisbatan ko'proq. Yog´lar miqdori bir xilda. Uglevodlarning energetik bahosi ona sutida - 45%, sigir sutida - 30%, yog - 50% energetik qiymatini tashkil qiladi.

12. Ona sutida sigir sutiga qaraganda kul kamroq bo´ladi.

13. Zardobdagi laktoalbumin va laktoglobulinlar miqdori kazeinogenga nisbati 3:2 ni tashkil etadi, shuning uchun moslashtirilgan aralashmalar zardobli oqsil bilan to´yingan. Ona sutida proteolitik fermentlar ham bo´ladi.

14. Ko’krak sutida yoglarni asosiy komponentlari - uch gliseridlardir. Bolalardaoshqozon osti bezi lipazasi aktivligi pastligi va konyugasiyalashgan ot tuzlarining past konsentrasiyasi yog´ gidrolizini qiyinlashtiradi. Ko'krak sutida palmitin kislota miqdori past, u yengil gidrolizni ta'minlaydi.

15. Ko'krak sutida sut glyukozasi (laktoza) sigir sutiga nisbatan ko’proq, ko’krak sutida - laktoza, ingichka ichakda sekin hazm bo´ladi va yogon ichakda grammusbat bakterial flora o'sishini ta'minlaydi.

16. Ko'krak sutida kalsiy va fosforning nisbati 2-2,5:1, sigir sutida -1:1, bu ularning sorilishi va hazm bo’lishigaa ta'sir ko’rsatadi. Ko'krak sutida kalsiyning hazm bolish koeffisienti 60%, sigir sutida - jami 20%. Ona suti sigir sutiga qaraganda temir, miss, sink, yogda eriydigan vitaminlarga boy bo´ladi.
Ko’krak yoshidagi bola uchun kerakli sut miqdorini aniqlash usullari

Agar navbatdagi emizishdan keyin godak ko'krakni qo´yib yuborsa, "qoniqqan" ko'rinishga ega bo'lsa, keyingi emizishgacha tinch uxlasa, demak sut unga yetarli bo´ladi. Sut hajmining yetarli ekanligining ob'ektiv belgilariga yosh normasi, tana vazniga qo´shilishi, boshqa antropometrik ko'rsatgichlarning ko’payishi, teri holatining yaxshiligi, yumshoq to´qimalar turgorining saqlanganligi, peshob va axlat ajralishining normal miqdori kiradi.

Bola hayotining birinchi 10-kunida kerakli sut miqdori yetuk tuhilgan bola uchun quyidagi formula bilan aniqlanadi:

N.P.Shabalov formulasi:

bir marta emizilgandagi sut miqdori (ml) = 3ml x hayoti kuni x vazni(kg)
G.I.Zayseva modifikasiyasiga ko´ra, N.F.Filatov formulasi:

Sutkalik sut miqdori (ml)= 2% tana vazni x hayot kuni


Bola hayotining 10-kunidan boshlab, sutkalik sut miqdori ikki xil usul bilan hisoblanadi:
Geybner-Cherni "xajmiy" usuli.

Ovqat hajmi yoshi va tana vazniga bog´liq xolda tavsiya etiladi. Bunda tana vazni o´rtacha yosh normasiga mos kelishi kerak.

Sutkalik sut miqdori 1 litrdan oshmasligi kerak.

10 kundan 1,5 oygacha-faktik tana vaznining 1/5 qismi;

1,5-4 oyda-1/6;

4-6-oyda-1/7;

6-12oyda-1/8 faktik tana vaznining qismlarini tashkil qiladi

M.S.Maslov bo'yicha kaloriyali usul:

Ovqatlanishning energiyali kiymati, bolaning 1 kg tana vazniga ?uyidagicha bolishi kerak:

Yilning birinchi choragida - 120 kkal/kg sutkada

Ikkinchi choragida - 110kkal/kg sutkada

Turtinchi choragida - 100 kkal/kg sutkada

Bir litr ko’krak sutida 700 kkal bor.
Bir martalik emizish xajmini aniqlash uchun= sutkalik ovqat xajmi

umumiy emizish soniga



Bir yoshgacha bo´lgan bola sutka davomida 1000-1100 mldan ortiq ovqat qabul hilmasligi kerak*
Sun'iy va aralash ovqatlantirish

Sun'iy ovqatlantirish - bolani ona suti o'rnini bosuvchi aralashmalar bilan shisha idishdan ovqatlantirish, bunda bolani kuniga bir marta ko'krak suti bilan emizish yo’ki ko'krak suti xajmi 50-100 ml ga teng bolishi ham mumkin.

Sun'iy ovqatlantirish bola uchun fiziologik hisoblanmaydi, bolaning kelgusi hayotidagi biologik xususiyatlarni o'zgarishi va kasallanish spektrini o'zgartiradi. Aralash va sun'iy ovqatlantirish faqatgina hayot ko´rsatmasiga asosan o'tkaziladi, agar onasida adekvat laktasiya bolmasa, bolada surunkali och qolishga yuqori moyillik bo'lsa.

4-10% tuqqan ayollarda adekvat laktasiya bo´lmaydi.

Ona tomonidan tabiiy ovqatlantirishga qarshi ko'rsatmalar:


  • Sil kasalligining basillo ajralishi bilan kechadigan ochiq shakli;

  • VICh infeksiyasi;

  • O´ta xavfli infeksiya (chechak, sibir yarasi), qoqshol;

  • Yurak, buyrak, jigar kasalliklarining dekompensasiya davri;

  • O'tkir ruhiy kasalliklar;

  • Xavfli o´smalar;

Agar onasi quyidagi yuqumli kasalliklar - qizamiq, suv chechak bilan kasallangan bo'lsa, u holda bolaga immunoglobulin yuborilgandan so'ng ko’krak bilan emizilsa bo´ladi. Terlama, surunkali gepatit, ich burug, salmonellezda - ona sutini sog´ib, sterilizasiyadan keyin bolaga berish mumkin. O’RVI, angina, bronxit va pnevmoniyadan keyin onaning tana qarorati tushsa va umumiy ahvoli yaxshilansa bolani emizishga ruxsat beriladi. Bunda niqobdan foydalanish kerak va emizish orasida ona va bola muloqotini chegaralash kerak.

Bolani emizishga jiddiy qarshi ko’rsatma, shuningdek sog'ilgan sut bilan xam boqishga qarshi ko'rsatma bo’lib, onaning davosida ba'zi dori vositalarni ishlatish hisoblanadi.
Tabiiy ovqatlantirilganda dori vositalar (Tatochenko V.K., 2000)


Qarshi korsatma

Ishlatmaslik yoki juda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish

Extiyotlik bilan qabul qilish


Amfetaminlar

Bromkriptin

Dietilstilbestrol

Immunodepressantlar

Tavegil

Meprobamat



Metamizol

Oltin preparatlari

Litiy preparatlari

Yotalga qarshi dorilar

Yod tuzlari

Tetrasiklinlar

Tiourasil

Fenindion

Xloramfenikol

Siklosporin

Simetidin

Ergotamin




Antraxinonlar kuchsizlantiruvchilar (sano, sholg’om, itshumurt po’stlog’i)

Bromidlar

Vitamin D

Metaklopramid

Metronidazol

Narkotiklar

Oral kontraseptivlar

Psixotrop dori vositalari

Rezerpin

Salisilatlar (aspirin)

Fenobarbital

Estrogenlar




Aminazin

Anestetiklar

Antibiotiklar

Antigistaminlar

(tavegildan tashqari, u qarshi korsatilgan)

Antikoagulyantlar

Antitireoid dori vositalari

Vitaminlar

Galoperidol

Gipotenziv dori vositalari

Indometasin

Kodein


Siydik haydovchi dorilar

Mushak relaksantlari

Parasetamol

Prednizolon

Talvasaga qarshi

Yurak glikozidlari

Eufillin






Bola tomonidan ko’krak sutini emishga qarshi ko'rsatmalar:

moddalar almashinuvining irsiy kasalliklari, galaktozemiya, fenilketonuriya, laktaza yetishmovchiligi.

Bugungi kunda aralash va sun'iy ovqatlantirish sanoat ishlab chiqarishiga asoslangan moslangan quruq va suyuq sut aralashmalari bilan olib boriladi. Bola hayotining birinchi yilida sun'iy ovqatlantirish uchun tarkibida soya saqlovchi sutsiz mahsulotlardan foydalaniladi, ularning ozuqa ahamiyati sigir sutidan tayyorlangan aralashmalardan kam emas. Ular asosan allergik kasalliklarga moyilligi bo'lgan bolalarda ishlatiladi.
Sun'iy ovqatlantirish texnikasi

Aralash ovqatlantirilganda faqat bitta aralashmani ishlatish, sun'iy ovqatlantirilganda ikkitadan ortiq bo’lmagan aralashmani qo'llash qulaydir. Nordonroq aralashmalarni shirin yoki chuchuk bilan berish mumkin, u sutkalik ovqat hajmining 1/3-1/2 qismini tashkil qiladi. Agar nisbatan erta aralash ovqatlantirishga o'tkazish zaruriyati bo’lsa (3-5 oylardan oldin) laktasiyani qo'zgatish uchun emizish sonini ko’paytirish kerak, keyin bir necha hafta davomida aralashmalar bilan to'liq bo’lmagan ustama ovqatlantirish beriladi, so'ng to'liq qo'shimcha ovqat bilan emizish sonini oldingi holatiga qaytiladi. Agar laktasiya bir me'yorda bo'lsa (200-400 ml) aralash ovqatlantirishda bolani avval ko'krakka tutish, so'ngra sutli bo'tqani berish kerak bo´ladi.

Aralash va sun'iy ovqatlantirishda ikki pog'onali ovqatlantirish tizimidan foydalanish ma'qul: sut miqdorini aniqlash va aralashmani tanlash.
Bir yoshgacha bo'lgan bolalarni sun'iy ovqatlantirish

Yoshi

Amerika va Ovrupa maktablari

Rossiya maktabi

Kun davomida emizishlar soni

Haoytining 1-haftaligi

6 – 10

7 – 8

1 haftalik - 1 oylik

6 – 8

7 – 8

1 - 3 oylari

5 – 6

7 – 6

3 - 7 oylari

4 – 5

6 – 5

4 - 9 oylari

3 – 4

6 – 5

8 - 12 oylari

3

5


Bir martalik emizishda aralashmalar hajmi, ml

birinchi 2 haftaligi 60

90

70

3 haftalikdan

2 oygacha 120

150 100

2- 3 oylari

150

180 120

3 - 4 oylari

180 – 210

160

5 - 12 haftaliklari

210 - 240

200

Aralashmalar bolaning tuz va vitaminlarga extiyojini qondiradi. Sun'iy aralashmalarning osmolyarligi baland bo'lgani uchun ko'p suyuqlikni talab etadi. Buni qondirish uchun bolani ovqatlantirishdan so’ng yoki oralig'ida qaynagan suv berish kerak. Sun'iy ovqatlantirishdagi eng asosiy muammo bu bola organizmiga zarar yetkazmaydigan, optimal adaptirlangan sut aralashmalarini tanlash hisoblanadi. Bugungi kunda O'zbekiston xududida "Nestle" (Shveysariya) kompaniyasi tomonidan tavsiya etilgan sut-qatiq mahsulotlari keng qo'llanib kelinmoqda. Bir yoshgacha bo'lgan bolalarga zamonaviy moslashtirilgan sut-qatiq aralashmasi zarur. Yangi "NAN Kislomolochniy" 1 va 2 aralashmalari ichak mikroflorasi tarkibini yaxshilash, immunitetni mustahkamlash, o'tkir ichak infeksiyalari rivojlanish xavfini pasayishi, oqsilning oson hazm bo’lishi va singishi, mikroelementlarning mukammal tarzda singishi va yaxshi hazm qilinishi bilan boshqa sut aralashmalaridan tubdan farq qiladi. "NAN nordon sutli " 1va 2 aralashmalari ona suti bo'lmaganda yoki yetishmaganda beriladi.Ba'zi qollarda adaptirlangan aralashmalar "kazeinli formula" deb ataladi. Ularni tayyo’rlashda sigir sutidan foydalaniladi, uning asosini oqsil komponenti kazeini tashkil etadi.

"Kazeinli" formulalarga uyidagilar kiradi "Similac" (SShA), "Nestogen" (Shveysariya), "Malyutka" va "Malish" (Rossiya).

OPTI PRO ajoyib oqsil komponenti - oqsilning oson hazm bolishi va singishiga yo’rdam beradi.

Birlamchi va ikkilamchi laktaza yetishmovchiligi bor bolalarga yangi "NAN Bezlaktozniy" aralashmasi tavsiya etiladi. Uning afzalliklari: laktoza va saxarozaga ega emasligi, nukleotidlar bilan boyitilganligi, uzun zanjirli politoyinmagan yog kislotalari mavjudligi va optimallashtirilgan oqsil tarkibi.

Ovqat allergiyasi, atopik dermatit, ekzemasi bor bolalarga Nestle kompaniyasining "Alfare" gipoallergen aralashmasi tavsiya etiladi. Adaptirlanmagan sutli aralashmalarni (sigir suti yo’ki boshqa xayvon suti) 9 oydan oldin bolalarga berib bo'lmaydi.

Aralash ovqatlanish asosan onada gipogalaktiya bo нордон сутли lganda tavsiya etiladi. Gipogalaktiyaga shubha bo'lsa bolada tekshiruv emizish o'tkaziladi va qo'shimcha sut miqdori topiladi.

Aralash va sun'iy ovqatlantirishda ham sutkalik sut miqdori tabiiy ovqatlantirish singari aniqlanadi.



Gipogalaktiya - laktasiya vaqtida sut bezlari ajratish funksiyasining kamayishiga aytiladi. Ko'pincha onada gipogalaktiya emizish texnikasi buzilganda, ovqatlantirishda yo нордон сутли l qo'yiladigan xatoliklarda, onaning surunkali kasalliklarida, emosional zo'riqishda, xolsizlikda, yaxshi uxlamaslikda, emizishga onada va uning oila a'zolarida xoxish bolmaganda kelib chiqadi.Gipogalaktiyaning erta (tugruqdan keyingi birinchi 10 kun) va kechgi turi bor.

Bolaning sutkalik ehtiyo’jiga kora sut defisitiga bog’liq holda gipogalaktiyaning 4 darajasi ajratiladi:

I - tanhislik 25% gacha;

II - 50%;

III - 75%;

IV - 75% yuqori

Gipogalaktiyaga shubxa bo'lganda bola emib olgan sut miqdorini aniqlash uchun tekshiruv emizishini kamida uch marotaba o'tkazish kerak.

Laktasiyani ushlab turish usullari

1. Kun tartibiga rioya qilish: uyqu - kuniga 10 soat, toza havoda aylanish - kamida 2 soat;

2. Ko'p suyuqlik iste'mol qilish (kuniga 1,5-2 l)

3. Bolani tez - tez ko’krakka tutish, tungi emizishni cheklamaslik.

4. R.I.Zeyts bo'yicha dush va massaj qabul qilish: bolani emizgandan so'ng va sutni sog'ib bo'lgandan so'ng ko'krak beziga issiq suv qo'yish (45° S) bilan bir mahalda massaj (yuqoridan pastga so'rgichdan periferiyaga) o'tkaziladi, shu vaqtda sut soqiladi. Davomiyligi 5-10 daqiqa, muolaja kuniga ikki mahal o'ng va chap ko'krak uchun o'tkaziladi.

5. Emizishdan 30 daqiqa oldin sutli choy ichiladi.

6. Emiziklik onaga polivitaminlar buyuriladi.


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin