Daosizm ta’limoti asoslari va mohiyati



Yüklə 7,21 Mb.
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü7,21 Mb.
#183671
  1   2
Portfolio Showcase by SlidesAI

Daosizm ta’limoti asoslari va mohiyati


Mavzu:
Gurux: ITS 23-19
Tayyorladi: Abdumannonov Muzaffar

Reja:

  • Reja:

1. Daosizm kelib chiqishi 2. Daosizm ta’limoti 3. Daosizm ta’limoti asoslari 4. Daosizm ta’limoti mohiyati
1. Daosizm ta’limoti 2. Daoizmdagi taniqli shaxslar 3. Daosizmda ibodat 4. Daosizmda bayramlar
Хitoyda keng tarqalgan daosizm falsafiy ta’limot sifatida mil. av. birinchi ming yillikning o’rtalarida konfutsiychilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo’ldi. Bu ta’limot dastavval bir muncha mavhum xarakterga ega bo’lib, din bilan hech qanday aloqasi bo’lmagan. Ushbu ta’limot tarafdorlari ham konfutsiychilar kabi o’z zamonalaridagi harakatlarga qarshi bo’lganlar. Daosizm targ’ibotchilari ham hukmdorlar orasidagi tinimsiz urushlarni qoralar edilar. Ular ham boshqa bir qator falsafiy ta’limotlar qatori orqaga – «Oltin asr»ga – qaytishga chaqirar edilar.
Daosizmda mil. av. IV-III asrlarga kelib nazariy asarlar paydo bo’la boshladi. Bunday asarlarda ijtimoiy-siyosiy va axloq masalalari daosizm uchun unchalik muhim sanalmadi. Biroq daosizm vakillari ilk bor borliq, tabiat, koinot haqidagi tushunchalarni ishlab chiqa boshladilar. Хitoydagi Szis faylasuflar akademiyasida daosizm nazariyotchilari: Тyan Pen, Sun Szyan, In Ven, Shen Dao, Хuan Yuan va boshqalar to’plangan bo’lib, ular inson va uni o’rab turgan borliq xususida beto’xtov munozaralar olib bordilar va risolalar yozdilar. Bunday asarlar hozirgi kungacha saqlanmagan, biroq daosizmning asosiy manbasi sanaladigan «Daodetszin» risolasida o’z aksini topgan. Mazkur risola muallifi Lao-Szi hisoblanadi. Uning hayoti haqidagi ma’lumotlar kam, borlari ham noaniq. Afsonalarga qaraganda, Lao-Szi onasining qornida bir necha o’n yillar yashab, keksa donishmand holida dunyoga kelgan. Shuning uchun uni «Lao-Szi» – «Keksa donishmand», «Qari bola» deb atadilar. LaoSzi mil. av. VII da tug’ilgan, Konfutsiyning zamondoshi hisoblanadi. Qadimgi Хitoy yodgorliklarida Konfutsiyning Lao-Szi bilan uchrashganligi, uning donoligidan hayratga tushgani va uni ajdaho deb atagani haqida rivoyat keltiriladi.
Lao-Szi ta’limotiga ko’ra, tabiat, jamiyat va butun borliqning asosi «Ulug’ Dao» hisoblanadi (dao, tao «yo’l», «haqiqat», «tartib» demakdir). Dao haqidagi ta’limot konfutsiychilikda bo’lgan. Chunki dao to’g’risidagi fikrlar konfutsiychilik va daosizm shakllanishidan ancha oldin mavjud edi, shuning uchun ham har ikki ta’limotning o’xshash jihatlari ko’p. Konfutsiy daoni jamiyatda muayyan tartiblarni yaratuvchi samoviy qonunlar tajassumi deb hisoblagan.

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin