Daosizm ta’limoti asoslari va mohiyati



Yüklə 7,21 Mb.
səhifə2/2
tarix16.12.2023
ölçüsü7,21 Mb.
#183671
1   2
Portfolio Showcase by SlidesAI

DAO – ijtimoiy me’yorlar, intizom va axloqning yig’indisidir. DAO umumiy tabiat qonuni va ibtido intihoning o’zagidir. DAO ni hech kim yaratmagan, barcha narsalar daodan kelib chiqqan va unga qaytadi. DAO hech kimga ko’rinmaydi, sezgi a’zolari uni ilg’ay olmaydi. Nimani ko’rish, eshitish, sezish, anglash mumkin bo’lsa, u dao emas. Umumiy mazmunda dao – butun borliq demakdir.

  • Xuang Di - afsonaviy Xitoy hukmdori va qahramoni, Daoizm asoschisi hisoblanadi.
  • Lao Tzu - eramizdan avvalgi 6-5 asrlarda qadimgi Xitoy faylasufi. Daosizm asoschilaridan biri.
  • Chjan Daolin - Xan davridagi birinchi barqaror taoist tashkilotining asoschisi (Besh guruch lampasi).
  • Ge Xuan - afsonaviy Daoist, Linbao an'analariga asoslanib ishlagan.
  • Ge Xong - Xitoy daoist olimi va kimyogari, Ge Xuanning jiyani, u Baopu Tzuning tashqi alximiya bo'yicha entsiklopedik asarini yozgan.
  • Ge Chaofu - Ge Xunning katta jiyani, Lingbao maktabining asoschisi.
  • Kou Tsianji - samoviy murabbiylar maktabining islohotchisi, birinchi bo'lib taoizmni davlat dini deb
  • e'lon qilishga erishgan.
  • Yang Xi - Daoist, Shangqing maktabining asoschisi.
  • Tao Xongqing - Shanqing maktabini kuchaytiruvchi Taoist entsiklopedisti. Lu Dongbin - afsonaviy patriarx, Sakkiz abadiy hayotga kiritilgan.
  • Chen Tuan - Xitoyning jamoat fikriga ta'sir ko'rsatgan Vudang tog'idagi mashhur taoist.
  • Vang Chongyang - Quanzhen maktabining asoschisi.
  • Chang Sanfeng - bir necha gimnastika tizimlari, shu jumladan Taijiquan asoschisi hisoblangan Vudang Shanning taoisti.

Ma’lumki, har qanday dinning asosiy ruknlari tizimida ibodat masalasi alohida o‘rin egallaydi.
Daochilikda ibodat (xitoycha – “gunke”), dastavval, kundalik uch marta amalga oshirilgan bo‘lsa, xozirgi kunda
ular ikkitaga – tonggi (“szaotan gunke”) va tunggi (“vantan gunke”) ibodatlaridan iborat. Tonggi ibodat insonning
qalbida xotirjamlik va taskin berish uchun, tunggi ibodat esa, o‘zga dunyoga rihlat qilgan ajdodlarga minnatdorchilik izhori sifatida amalga oshiriladi. Ibodatlarni
bajarishda, barcha uchun ma’lum kanon matnlari aniq belgilab qo‘yilgan.
Kundalik ibodatlardan tashqari, daochilikka e’tiqod
qiluvchi har bir inson uchun ro‘za (chjay) tutish alohida ahamiyat kasb etadi. Bayramlarda, o‘tib ketgan ajdodlarni xotirlash kunlarida, muqaddas joylarga ziyoratga borganlarida, shuningdek, hayotdagi biror bir qiyin muammodan xalos bo‘lgan vaqtlarda ro‘za tutiladi. Inson ro‘za tutgan vaqtida daochilikdagi muqaddas kitoblarni o‘qishi, yaxshilik ishlarni ko‘proq amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Ro‘zani tutishdan asosiy maqsad esa, inson tanasini ham aqlan, ham jisman tozalashdir. Daochilik ta’limotiga ko‘ra, ro‘zani doimiy tutib borishlik – uzoq umr ko‘rish va baxtga erishishning asosiy yo‘llaridan biridir.
Daochilikda bayramlar juda ko‘p bo‘lib, xattoki, o‘tib ketgan ulug‘ insonlarning tug‘ilgan kunlari ham bayram sifatida nishonlanib kelinadi. Bayramlar Xitoy milliy taqvimiga ko‘ra nishonlanadi. Daochilikda “Sanyuan”, “Ikkita to‘qqizlik”, “Besh La”, “Nefrit imperatori” (Yuyxuan), “Daochilik ta’limoti
asoschisi Lao Szi tavalludi” va shu kabi o‘nlab bayramlar mavjud.
“Sanyuan” (xitoycha – “Uch ibtido”). Daochilik ta’limotida, Lao Szi vafotidan so‘ng, bir necha marotaba insonlarga ko‘rinib turgan va o‘z ta’limotini yetkazgan, deb hisoblanadi. Rivoyatlarga ko‘ra, u o‘zining mana shunday paydo bo‘lishlarining birida, Chjan Daolinga borliq uch: syuan (xitoycha – “sir tutilgan”), yuan (“azaliy”) va shi (xitoycha – ibtido) unsurga asoslanishini aytgan. Bular asosida uch osmon xizmatchilari boshqarib turadigan osmon, suv va Yer paydo bo‘lgan.
  • “Ikkita to‘qqizlik” nafaqat daochilar, balki xitoy xalqi tomonidan hosil bayrami sifatida nishonlanadi. Bayram 9–oyning 9–kunida o‘tkaziladi.
  • Yuqoridagilardan tashqari, daochilikdagi oqimlar tomonidan nishonlanadigan bayramlar bo‘lib, ular boshqa oqimvakillari tomonidan e’tirof etilmaydi.
  • Har bir bayram ishlab chiqilgan maxsus qonun–qoidalar asosida ibodatxonalarda amalga oshiriladi

E’tiboringiz uchun Raxmat!!!


Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin