Darhaqiqat, 2002- yil 12-dekabrda qabul qilingan bu qonunda


Axborotni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi



Yüklə 178,63 Kb.
səhifə5/19
tarix24.05.2022
ölçüsü178,63 Kb.
#59281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
O\'g\'iloy diplom ishi

Axborotni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi
va uning zamonaviy konsepsiyasi
Har qanday taraqqiy etgan jamiyat hayotida axborotning ahamiyati
uzluksiz ortib bormoqda. Uzoq o‘tmishdan davlatning harbiy-strategik
ahamiyatiga molik bo‘lgan ma’lumotlar qat’iy sir tutilgan va
himoyalangan. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish texnologiyalariga va
mahsulotlarni sotishga tegishli axborot tovar ko‘rinishiga ega bo‘lib, ichki va tashqi bozorda unga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Axborot
texnologiyalari avtomatlashtirish va axborotni muhofaza qilish
yo‘nalishlarida muntazam mukammallashib bormoqda.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti sanoat shpionaji,
kompyuter jinoyatchiligi, konfedensial ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish,
o‘zgartirish, yo‘qotish kabi salbiy hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda.
Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi hisoblanadi. O‘zbekistonda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi yaratilishida va
axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirishda o‘z ifodasini
topmoqda. «Axborotlashtirish to‘g‘risida», «Davlat sirlarini saqlash
to‘g‘risida», «Elektron hisoblash mashinalari dasturlari va ma’lumotlar
bazalarini huquqiy himoya qilish to‘g‘risida» va boshqa qonunlar hamda
bir qator Hukumat qarorlari qabul qilindi va amalga tatbiq etildi.
Axborotni muhofaza qilish axborotni ixtiyoriy ko‘rinishda yo‘qotishda
(o‘g‘irlash, buzish, qalbakilashtirish) ko‘riladigan zararning oldini olishni
ta’minlashi lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot
xavfsizligiga oid amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlar asosida va
axborotdan foydalanuvchilarning manfaatlariga ko‘ra tashkil etilishi zarur. Yuqori darajada axborotni muhofaza qilishni kafolatlash uchun muntazam ravishda murakkab ilmiy-texnik vazifalarni hal etish va himoya vositalarini takomillashtirish talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida1
axborot va uning turlari to‘g‘risida quyidagi ta’riflar keltirilgan:
axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar,
predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar; axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlikka
tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora
tadbirlari; ommaviy axborot – cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun
mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar;
hujjatlashtirilgan axborot – identifikatsiya qilish imkonini beruvchi
rekvizitlari qo‘yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot;
maxfiy axborot – foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab
qo‘yiladigan hujjatlashtirilgan axborot. Ushbu ta’rif O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2011-yil 8-iyuldagi PQ–1572-son
qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi 2011-yil 7-noyabr 296- sonli qarorida quyidagicha ifodalangan: maxfiy axborot – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud bo‘lmagan hujjatlashtirilgan axborot2 .
Konfedensial axborot – hujjatlashtirilgan axborot, undan foydalanish
qonun hujjatlariga muvofiq chegaralanadi3 .
Saqlash, o‘zgartirish, uzatish va ma’lum maqsadlar uchun foydalanish
obyekti bo‘lgan tevarak olam haqidagi ma’lumotlarni, keng ma’noda
axborot deb tushunish mumkin. Bu tushunchaga ko‘ra inson, uning hayot tarziga va harakatlariga ta’sir etuvchi doimiy o‘zgaruvchi axborot maydoni ta’sirida bo‘ladi. Axborot o‘z tavsifiga ko‘ra siyosiy, harbiy, iqtisodiy,ilmiy-texnik, ishlab chiqarishga yoki tijoratga oid hamda maxfiy, konfedensial yoki nomaxfiy bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 848-XII-sonli
«Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida»gi qonunning1 1-moddasida davlat
sirlari tushunchasi berilgan:
«Davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va maxsus ro‘yxatlar bilan
chegaralab qo‘yiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy
harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o‘zga xil ma’lumotlar
O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari hisoblanadi».
Mazkur qonunning 3-moddasida davlat sirlarining toifalari keltirilgan:
«O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari – davlat, harbiy va
xizmat sirlarini qamrab oladi.
Oshkor etilishi respublika harbiy-iqtisodiy imkoniyatlarining sifat
holatiga salbiy ta’sir etishi yoki O‘zbekiston Respublikasining mudofaa
qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar davlat sirini tashkil etadi.
Oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati,
davlat xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun og‘ir oqibatlar keltirib
chiqarishi mumkin bo‘lgan harbiy xususiyatga ega ma’lumotlar harbiy
sirni tashkil etadi.
Oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar
yetkazishi mumkin bo‘lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv
sohasiga doir ma’lumotlar xizmat sirini tashkil etadi».
Axborot xavfsizligi tushunchasi, uning tashkil etuvchilari tavsifi.
Axborot xavfsizligi deganda tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki
qasddan qilingan ta’sirlardan axborot va uni qo‘llab-quvvatlab turuvchi
infrastukturaning himoyalanganligi tushuniladi. Bunday tа’sirlar ахbоrоt
sоhаsidаgi munоsаbаtlarga, jumladan, axborot egalariga, axborotdan
foydalanuvchilarga va axborotni muhofaza qilishni qo‘llab quvvatlovchi
infrastrukturaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida2
axborot xavfsizligi axborot borasidagi xavfsizlik deb belgilangan va uaxborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holatini anglatadi. Axborot sohasida shaxs manfaatlari fuqarolarning axborotdan foydalanishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshishida, qonunda taqiqlanmagan faoliyat bilan shug‘ullanishida hamda jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlanishda axborotlardan foydalanishlarida, shaxsiy xavfsizlikni ta’minlovchi axborot himoyasida namoyon bo‘ladi. Axborot sohasida jamiyat manfaatlari bu sohada shaxs manfaatlarini ta’minlashda, demokratiyani mustahkamlashda, ijtimoiy huquqiy davlatni qurishda, ijtimoiy hamjihatlikni qo‘llab-quvvatlashda o‘z aksini topadi.



Yüklə 178,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin