Dars sanasi:
Sinf: 1-“_____”
Fan nomi: Alifbo
Dars mavzusi: F tovush va F f harflarini mustahkamlash. “Futbol” matni. Sinfdan tashqari o’qish.
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, F tovushi va F f harflari haqida bilim va ko’nikma hosil qilish
b)
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning vatanga bo’lgan muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash
c)
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning o’qishga va yozishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish
Dars turi: aralash
Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash
Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, harf xaltasi, kesma harflar, „Alifbe“ varag’iga moslab ishlangan
ko’rgazmali qurol
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shundan bilursankim ilm bepoyon.
Dars jarayoni va texnologik xaritasi
Ishning nomi
Bajariladigan ishning mazmuni
Metod
Vaqt
1-bosqich
Tashkiliy qism
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini
aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi
Suhbat
2 minut
2-bosqich
Ehtiyojlarni aniqlash
O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid
tushunchalar beriladi.
Savol-javob
3 minut
3-bosqich
Yangi
mavzu bayoni
O’quvchilarning maktabga moslashuvini aniqlash
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
F tovushi va F f harflari haqida tushuncha berish
“Futbol” matnini o’qish
Tushuntirish,
izlanish
Og’zaki savol-javob
31 minut
4-bosqich
Mustahkamlash
F harfi bilan boshlanadigan so’zlarni aytish va rasm
asosida tushuntirish
F tovushini talaffuz qildirish
Muammoli izlanish
6 minut
5-bosqich
rag’batlantirish
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib
rag’batlantiriladi
3 minut
Darsning borishi:
1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi
O’tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi:
-
O’tgan darsimizda qaysi tovushni o’rgangan edingiz?
-
fasl so’zi necha bo’g’inli?
-
Mukofot, farzand so’zlarini bo’g’inlarga ajratib yozib bering
-
f harfini talaffuz qiling (Birgalikda talaffuz qilinadi)
-
Odob haqida maqollardan ayting
Takrorlash orqali o’quvchilar bilimini mustahkamlash.
Harflar lentasidagi harflar bir boshdan o’qib takrorlanadi.
3.
Yangi mavzuni tushuntirish
O’quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Yangi mavzu e’lon qilinadi.
F tovushining hosil bo’lish o’rni va undosh tovush ekanligi o’quvchilarda so’raladi. O’rganilgan f tovushining
talaffuzi, bu tovushning yozuvdagi ifodasi o’quvchilarga yozib ko’rsatiladi. F harfi bilan boshlanadigan so’zlardan aytiladi. f
tovushi talaffuz qildiriladi.
Berilgan so’zlar bo’g’inlarga bo’lib o’qiladi:
Fur-qat
Fe-ru-za
Fo-rish
Far-hod
Fa-zi-lat
Far-g’o-na
Fo-zl
Ni-lu-far
Za-raf-shon
Darslikda berilgan rasm asosida kichik hikoya tuzish mustaqil ish qilib beriladi. O’quvchilar tuzgan hikoyalarini o’qib
beradilar.
Matn ifodali o’qib beriladi.
FUTBOL
Fozil, Zafar, Afzal maktabda to’p o’ynaydilar. Fozil to’p tepishni sevadi. U darvozaga uzoq masofadan to’p tepa oladi.
Kelajakda ular futbolchi bo’lmoqchilar.
O’quvchilarga matn o’qitiladi. Matn yuzasidan suhbat o’tkaziladi.
-
Siz ham futbol o’ynashni bilasizmi?
-
Futbolda ha guruhda nechtadan kishi o’ynaydi?
-
Qanday futbol jamoalarini bilasiz?
4. Dam olish daqiqasi
Maqol: Sog’ tanda – sog’olm aql.
Maqolning ma’nosi izohlanadi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
F harfi va uning elementlari daftarga yoziladi. Fozil, Fayoz so’zlari ham bir qatordan yoziladi
V
. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: |