Dars ishlanmasi (konspekt)



Yüklə 54,2 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.06.2023
ölçüsü54,2 Kb.
#122982
dars ishlanma (8)



Dars sanasi:
Sinf: 1-“_____” 
Fan nomi: Alifbo 
Dars mavzusi: F tovush va F f harflarini mustahkamlash. “Futbol” matni. Sinfdan tashqari o’qish. 
Dars maqsadi: 
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, F tovushi va F f harflari haqida bilim va ko’nikma hosil qilish 
b) 
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning vatanga bo’lgan muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash
 
c)
 
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning o’qishga va yozishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish 
Dars turi: aralash 
Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash 
Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, harf xaltasi, kesma harflar, „Alifbe“ varag’iga moslab ishlangan 
ko’rgazmali qurol 
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, 
Shundan bilursankim ilm bepoyon. 
Dars jarayoni va texnologik xaritasi 
Ishning nomi 
Bajariladigan ishning mazmuni 
Metod 
Vaqt 
1-bosqich 
Tashkiliy qism 
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini 
aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi 
Suhbat 
2 minut 
2-bosqich 
Ehtiyojlarni aniqlash 
O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid 
tushunchalar beriladi.
Savol-javob 
3 minut 
3-bosqich 
Yangi 
mavzu bayoni 
O’quvchilarning maktabga moslashuvini aniqlash 
O’tilgan mavzuni mustahkamlash 
F tovushi va F f harflari haqida tushuncha berish 
“Futbol” matnini o’qish 
Tushuntirish, 
izlanish 
Og’zaki savol-javob 
31 minut 
4-bosqich 
Mustahkamlash 
F harfi bilan boshlanadigan so’zlarni aytish va rasm 
asosida tushuntirish 
F tovushini talaffuz qildirish 
Muammoli izlanish 
6 minut 
5-bosqich 
rag’batlantirish 
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib 
rag’batlantiriladi 
3 minut 
Darsning borishi: 
1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi 
O’tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi: 

O’tgan darsimizda qaysi tovushni o’rgangan edingiz?

fasl so’zi necha bo’g’inli? 

Mukofot, farzand so’zlarini bo’g’inlarga ajratib yozib bering 

f harfini talaffuz qiling (Birgalikda talaffuz qilinadi) 

Odob haqida maqollardan ayting 
Takrorlash orqali o’quvchilar bilimini mustahkamlash.
Harflar lentasidagi harflar bir boshdan o’qib takrorlanadi.
3. 
Yangi mavzuni tushuntirish 
O’quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Yangi mavzu e’lon qilinadi.
F tovushining hosil bo’lish o’rni va undosh tovush ekanligi o’quvchilarda so’raladi. O’rganilgan f tovushining 
talaffuzi, bu tovushning yozuvdagi ifodasi o’quvchilarga yozib ko’rsatiladi. F harfi bilan boshlanadigan so’zlardan aytiladi. f 
tovushi talaffuz qildiriladi.
Berilgan so’zlar bo’g’inlarga bo’lib o’qiladi: 
Fur-qat
Fe-ru-za 
Fo-rish 
Far-hod
Fa-zi-lat 
Far-g’o-na 
Fo-zl 
Ni-lu-far 
Za-raf-shon 
Darslikda berilgan rasm asosida kichik hikoya tuzish mustaqil ish qilib beriladi. O’quvchilar tuzgan hikoyalarini o’qib 
beradilar. 
Matn ifodali o’qib beriladi.
FUTBOL 
Fozil, Zafar, Afzal maktabda to’p o’ynaydilar. Fozil to’p tepishni sevadi. U darvozaga uzoq masofadan to’p tepa oladi. 
Kelajakda ular futbolchi bo’lmoqchilar.
O’quvchilarga matn o’qitiladi. Matn yuzasidan suhbat o’tkaziladi. 

Siz ham futbol o’ynashni bilasizmi? 

Futbolda ha guruhda nechtadan kishi o’ynaydi? 

Qanday futbol jamoalarini bilasiz? 
4. Dam olish daqiqasi 
Maqol: Sog’ tanda – sog’olm aql.
Maqolning ma’nosi izohlanadi. 
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
F harfi va uning elementlari daftarga yoziladi. Fozil, Fayoz so’zlari ham bir qatordan yoziladi
V
. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi. 

Yüklə 54,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin