Mavzu: Ch tovushi va Ch ch harflari. Mavzuga oid tayanch tushunchalar:Ch tovushi, Ch ch harfi. Soatlar soni: 1 soat Mavzuning qisqacha ta’rifi: Ch tovushini talaffuz qilish va Ch ch harflarini o’rgatish. O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari. Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun. Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar. Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi. Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi. Darsning maqsadi Maqsadlar: Ta’limiy: O‘quvchilarni Ch tovushiva sh harflari bilan tanishtirish . O‘quvchilarni
Ch tovushini so‘z tarkibida to‘g‘ri talaffuz qilishga , ch harfli bo‘g‘in , so‘zlarni
o‘qishga o‘rgatish.
Tarbiyaviy: Tabiatdagi hasharotlarning foydali tomonlarini aytish , ularga zarar
yetkazmaslikka da‘vat etish , mehnatsevarlik fazilatini tarbiyalash .
Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmasini o‘stirish. Lug‘at so‘zlari
bilan boyitish, bog‘lanishli nutqini o‘stirish.
Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi. Darsning texnologik xaritasi