I. Tashkiliy qism.
- Salomlashish.
-
Sinfni darsga hozirlash.
-
Navbatchi axboroti.
II . O’tilgan mavzularni takrorlash.
O‘tgan darsda o‘tilgan Sh tovushi va harflari asosida savol- javob qilish.
―Charxpalak‖ texnologiyasi bilan bilimlari tekshiriladi. O‘quvchilar guruhlarga
bo‘linadi va bo‘g‘inlar beriladi, shu bo‘g‘inlardan so‘zlar hosil qilinadi.
Sho – li sha – kar
Shash - ka
shash – lik
Ku – rash tush
III. Yangi mavzu ustida ishlash.
Ekranda to‘q qizil rangdagi poyezd chiqib keladi. Chiqib kelayotgan poyezd 4 ta
vagondan iborat. Birinchi vagon oynalarining tagidagi kataklar orqasida pa , pi ,
pu kabi bo‘g‘inlar yozilgan bo‘lib, kataklarni bosganda ular paydo bo‘ladi.
Ikkinchi vagon oynalarining kataklari orqasida op ,ep ,ap kabi bo‘g‘inlari yozilgan,
uchinchi vagon oynalarining kataklari orqasida pil , la kabi bo‘g‘inlari yozilgan, .
to‘rtinchi vagon oynalarining kataklari orqasida esa ka , pa, lak kabi bo‘g‘inlari
yozilgan. Ochilgan bo‘g‘inlardan so‘z tuziladi. Har bir bo‘g‘in va so‘zga ovoz
berilgan.
Pp tovushining talaffuzi mashq qildiriladi. Suhbat yordamida p tovushining
xususiyatlari aniqlashtiriladi.
Undosh tovushlar sirasiga kirishi aniqlanib, kungaboqarga yopishtiriladi. 46-
betdagi bo‘g‘in, so‘z va Kapalak va asalari matni o‘qib beriladi, izohlanadi.
Pa, pe, pi, po, pu, po‘, ap, ep, op, o‘p
Pul ka- pa - lak poy – ga par – ta
Pil –la pi – yo – la pos – bon par - da
Kapalak va asalari
Asalari asal to‘plab kelayotgan edi. Yo‘lda kapalakni ko‘rdi. Kapalak asalarini
turtib :
--- Nari tur , kiyimim kir bo‘ladi ! – dedi.
Asalari kapalakka yo‘l berdi. Kapalak o‘tib ketdi. Asalari yana ko‘p asal to‘pladi.
Oldin o‘yla , keyin so‘yla.
Dostları ilə paylaş: