Lug‘at ishi: Buyuk ipak yo‘li - savdo karvoni yo‘li
meros-vorisga qoldiriladigan mulk
metro-yerosti temiryo‘li
fusunkor-chiroyli, go‘zal
Dam olish daqiqasi «Vatan» haqidagi qo‘shiqlardan foydalanib tashkil qilinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash: «Ichda o‘qish» usuli. Matnni o‘quvchilar ichida o‘qiydi. ‒ Bolajonlar, matn necha qismdan iborat ekan? Guruh a’zolari matn qismlariga sarlavha topadilar. Darslikda berilgan savollarga javob berish. Matndan Toshkent haqida nimalarni bilib oldingiz?
Toshkentdagi bog‘lar haqida so‘zlab bering.
Toshkentdagi bunyodkorlik ishlari, hashamatli binolar, so‘lim go‘shalar aks ettirilgan videolavha namoyish qilinadi.Guruh a’zolari videolavhalar asosida matnni qayta hikoya qiladilar.
Vatan haqida qanday maqol va topishmoqlar bilasiz? (O'quvchilar bilgan maqollarini aytadilar.)
«Davomini top» o‘yini o‘tkaziladi. Maqollarning bir qismi bir ustunda, ikkinchi qismi ikkinchi ustunda berilgan. Mosini topib maqollarni tuzadilar va o‘qiydilar. Vatan qadrini bilmagan oltin beshiging Ona yurting o‘z qadrini bilmas Vatanga falokat baxti bor Vatani borning o‘zingga halokat Shu yerda o‘qituvchi guruhlar hududida yaratilgan gulzorlarga e’tibor beradi. Qaysi guruhda gullar ko‘p bo‘lsa, shu guruhlar rag‘batlantiriladi. ‒ Gullar yanada yashnashi uchun ularga nimalar kerak? ‒ Quyosh, yomg‘ir. O‘qituvchi chiroyli chizilgan quyosh rasmini xattaxtaning bir chetiga ilib qo‘yadi. Darsga yakun yasash vabaholash.
O‘quvchilarning yangi mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi: ‒ Darsimizda nimalarni bilib oldingiz? ‒ Toshkent shahrining qayerlarida sayohatda bo‘ldik? ‒ Qaysi guruhning gulzorida gullar ko‘p? Guruhlar ishini yakunlashda maktab, uyimiz, shahrimizni obodonlashtirishga qanday hissa qo‘shishimiz haqida ham tushuncha berish mumkin. O‘quvchilar darsda faol ishtirok etishlariga ko‘ra baholanadi.