Dars muqaddas” tadbirini amalda qo`llash



Yüklə 130,11 Kb.
səhifə1/11
tarix23.03.2023
ölçüsü130,11 Kb.
#89320
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
“DARS MUQADDAS” TADBIRINI AMALDA QO`LLASH

o`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi Samarqand viloyat xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti







Dars muqaddas” tadbirini amalda qo`llash

(umumta`lim maktablarining boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun uslubiy ko`rsatma)

Samarqand-2015


“Dars muqaddas” tadbirini amalda qo`llash(Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun uslubiy tavsiyanoma) Samarqand VPKQTMOI. 2015-yil. 20 bet.

Tuzuvchi: O.To`xtayev – VPKQTMOI maktabgacha va


boshlang‘ich ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi
Taqrizchilar: G‘. Yaxshiboyev – Sam.DAQI dotsenti
D.Rabbanayeva – VPKQTMOI maktabgacha va
boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
Tavsiyanoma institut Ilmiy kengashining 2015-yil -noyabr -sonli yig‘ilishi qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.

Ushbu tavsiyanomada boshlang‘ich sinflarda darslarni noan’anaviy tarzda, texnologik xaritalar asosida zamonaviy tashkil etish yuzasidan uslubiy tavsiyalar, dars ishlanmalari berilgan bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga metodik yordam bo‘ladi.



Samarqand viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, 2015-yil.

"DARS - MUQADDAS"
Umumta`lim maktablarida o`quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish bo`yicha tavsiyalar
Ta'lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o`sib kelayotgan yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, kґnikma va malakalarni o`zlashtirgan hamda jamiyatda o`z munosib o`rnini egallashga qodir bo`lgan - komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir.
Xalqimizning shunday ezgu maqsadlarini ro`yobga chiqarish yo`lida mustaqillik yillarida Yurtboshimiz rahnamoligida ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini zamon talablari darajasiga ko`tarish davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylandi. Buning uchun davlat umummilliy dasturi doirasida barcha sharoitlar yaratildi. Jumladan, 2004-2009 yillarda 8501 ta maktablar yangidan qurildi, rekonstruksiya qilindi, mukammal ta'mirlandi. Ular zamonaviy o`quv mebellari, kompyuter sinflari hamda laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlandi. Joriy 2011 yilda ham 45ta maktab yangi qurildi, 121 ta maktab rekonstruksiya va 151ta maktab kapital ta'mirlandi. Pedagoglarning oylik maoshlari ham yildan yilga oshirib borilmoqda.
Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur'atlarda jadallik bilan rivojlanishi barcha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko`tarishni talab etmoqda. Bu o`z o`rnida har bir tizim xodimi, ayniqsa, o`qituvchilar zimmasiga yanada yuksak mas'uliyat va vazifalarni yuklaydi. Negaki, rad qilib bo`lmaydigan bir haqiqat bor - qilingan barcha sa'y-harakatlar oxir-oqibat o`qituvchi mehnati orqali o`z natijasini namoyon etadi. Shunday ekan, pedagoglardan vijdonan mehnat qilish, yorug` kelajagimiz oldidagi mas'uliyatlilik, ko`rsatilayotgan yuksak e'tiborga munosib javob berish talab etiladi. Bu esa farzandlarimizning chuqur bilim egallashlarida asosiy rol o`ynaydigan sifatli darsda namoyon bo`ladi.
Bugun har bir o`qituvchi o`ziga ishonib topshirilgan har bir soat darsni muqaddas deb bilishi va unga zarracha xiyonat qilib bo`lmasligini his etishi lozim. Ana shu maqsadda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, ta'lim jarayoniga tatbiq etilayotgan "Dars - muqaddas" deb nomlangan, umumta'lim maktablarida o`quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda o`qituvchilarga yordam beradigan tavsiyalar majmui e'tiboringizga havola etilmoqda. O`ylaymizki, ushbu tavsiyalarga fidoyi o`qituvchilarimiz ijodkorlik bilan yondashgan holda, ularni o`zlarining yangidan-yangi tajribalari bilan boyitadi. Masalan, Farg`ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasining viloyatdagi barcha o`qituvchi-murabbiylar, o`quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida mazkur tavsiyalarni jarayonga tatbiq etish yuzasidan choratadbirlar rejasini tuzib olganligi, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasining "Bugunning darsi o`qituvchi nigohida" shiori ostida o`tkazilgan festivallar kabi darsning sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslari ana shunday o`ziga xos yondashuvga misol bo`ladi.
Muhtaram ustozlar, sizlardan ham bu borada yangiliklar, tashabbuslar va farzandlarimizni yuksak intellektual bilimli qilib tarbiyalash yo`lidagi muvaffaqiyatlaringizni kutib qolamiz.

Yüklə 130,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin