1-bosqich: Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt (soat) aniqlashtirib olinadi.
2-bosqich: DTS va o`quv dasturidan o`tilayotgan mavzu yuzasidan o`quvchida qanday tushunchalar (bilim, ko`nikma va malakalar) shakllantirilishi lozimligi aniqlashtirilib, shu asosida dars maqsadlari belgilab olinadi.
3-bosqich: Mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar, elektron manbalar, slaydlar, ko`rgazmali va didaktik materiallar, adabiyotlar o`rganib chiqiladi hamda dars ishlanmasi (konspekti) yoziladi.
Dars ishlanmasi (konspekt)ning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Sana, sinf (parallel sinflar uchun bitta mavzu bo`yicha alohida-alohida dars ishlanmasi(konspekt)ni yozish shart emas, bitta mavzuga bitta dars ishlanmasi yozilsa kifoya. 5-"A", "B" sinflar deb ko`rsatiladi), fan nomi yoziladi.
Darsning mavzusi (taqvim-mavzu reja asosida).
Dars maqsadi (darsga qo`yilgan maqsad 45 daqiqa davomida bajariladigan (erishiladigan), aniq, hayotiy (real) va dars yakunida baholanadigan(o`lchamli) bo`lishi maqsadga muvofiq):
a) ta'limiy maqsad - dars jarayonida o`quvchilarda shakllantiriladigan bilim, ko`nikma va malakalar asosida belgilanadi;
b) tarbiyaviy maqsad - dars jarayonida o`quvchilarda qaysi axloqiy sifatlar shakllantirilishi asosida belgilanadi;
s) rivojlantiruvchi maqsad - dars natijasida o`quvchilarda qaysi bilimlar va axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi asosida belgilanadi.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi; o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantiruvchi; umumlashtiruvchi; o`quvchilar egallagan bilim, ko`nikma va malakalarni tahlil, nazorat qiluvchi kabi dars turlari bo`lishi mumkin.
Darsda foydalaniladigan metodlar: bunda an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlardan o`tilayotgan mavzuning o`quvchilar tomonidan samarali o`zlashtirilishiga xizmat qiladiganini oqilona tanlash lozim.